1-MODUL . Andragogik ta’lim diagnostikasi
1-mavzu. Pedagogik diagnostikaning predmeti va tarixiy rivoji
Reja:
1.Pedagogik diagnostikaning mazmuni va mohiyati.
2. Fanning maqsadi hamda vazifalari.
3.Redagogik diagnostika quyidagi funksiyalarni
Asosiy tushunchalar: pedagogik diagnostika, pedagogik jarayon, o’qitishni jadallashtirish, o’z-o’zini diagnostikalash, diagnostikaning funksiyalari, pedagogik faoliyat, pedagogik diagnostikaning oboektivligi, qiyinchiliklarni o’rganish.
Professional Ta’lim yo’nalishi bo’yicha magistrlar o’zining pedagogik faoliyatida pedagogik diagnostika bilan shug’ullanishlari lozimligi bugungi kun talablaridan biridir. Har qanday faoliyat zamirida amalga oshirilgan ishlarning pirovard maqsadi, vazifalari va kutilgan natijalari bo’ladi. Faoliyat natijalarini sarhisob qilish, amaliy xulosalar chiqarish – bo’sh yoki muvaffaqiyatli urinishlarni belgilab olish, faoliyatning keyingi bosqichlarida uni hisobga olish diagnostika deyiladi.pedagogik diagnostika o’quvchi-talabaning o’zlashtirishi, o’qishdagi qiyinchiliklarini, uning o’qishiga taosir qilayotgan ijtimoiy, oilaviy omillarni o’rganishga yo’naltirilgan. Diagnostika natijalari esa Ta’lim-tarbiya jarayonini to’g’ri rejalashtirish, yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatish, psixologik-pedagogik’rofilaktika ishlarini olib borish imkonini beradi.
Bu muqaddas zaminda yashayotgan har qaysi inson o’z farzandining baxt-u saodati, fazl-u kamolini ko’rish uchun butun hayoti davomida kurashadi, mehnat qiladi, o’zini ayamaydi. Bola tug’ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos anoanalar, qadriyatlar, urf-odatlar bola shakllanishida asosiy o’rin egallaydi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi.
O’zbek oilasi mustabidlik zamonida ham o’zining tarixan shakllangan qiyofasini yo’qotmadi. Ulug’ adibimiz Abdulla Qodiriy qahramonlaridan birining: “Bu xonadondan hech kim norizo bo’lib ketgan emas”, deya aytgan ga’larida elimizga xos katta hayotiy tajriba mujassam. SHu sababli ham mustaqillik yillarida oilaning mustahkamligi, uning jamiyatda tutgan o’rniga alohida eotibor berib kelinmoqda. Xususan, 2012-yil “Mustahkam oila yili”, 2013-yilning “Obod turmush yili” deb nomlanishida juda chuqur maono va mazmun mujassamlashgan.
Kelgusida farzandlarimizni sog’lom, jismonan baquvvat, ruhan tetik, maonan yetuk shaxs qilib tarbiyalashga, tabiatni, vatanni sevib ardoqlashga o’rgatishga alohida eotibor qaratilmoqda. Sir emaski, barkamol avlodning savodxon bo’lishi, o’quv-biluv jarayoniga intilishi, qiziqishi uchun Ta’lim jarayonida mustahkam bilim olishga ishtiyoq, asosan, boshlang’ich Ta’limdan boshlanadi. SHu sababdan ham “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning so’ngi bosqichi – sifat va samaradorlik bosqichi, qabul qilindi. Bu bosqich birinci prezidentimiz I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, ijobiy maonodagi “‘ortlash effekti” bosqichidir. Bu bosqichdapedagog kadrlarni yuksak salohiyatli, ijodkor, raqobatbardosh, komponentli yangi avlodni tayyorlashga qadam qo’yildi. Bu vazifani amalga oshirish uchun Oliy Ta’lim muassasasi pedagoglari, bo’lg’usi pedagog-talabalar ham o’z faoliyatlarini innovatsion pedagogika asosida qayta ko’rib chiqishlari darkor. Ya’ni ularning o’zlari ijodkorlik, faollik, tashabbuskorlik, masouliyatni his etishlik sari intilishlari zarur.
O’quv-tarbiya jarayoni ilg’or pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar, innovatsiyalar asosida va bular o’quvchi-talabaning shaxsiy faol ishtirokida olib borilishini taqozo etmoqda.
Olib borilayotgan mashg’ulotlarning pirovard natijalarini tahlil qilish, o’rganish, kamchilik va xatolarini aniqlash, ularni tuzatish yoki oldini olish uchunpedagogik diagnostika o’tkazish zaruriyati tug’ilmoqda. SHu munosabat bilan diagnostika fani vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |