1 Меҳнат ҳуқуқининг услублари


)Меҳнат низоларининг судга тааллуқлиги



Download 102,51 Kb.
bet42/44
Sana25.02.2022
Hajmi102,51 Kb.
#268118
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
2 5247237897156824174

126)Меҳнат низоларининг судга тааллуқлиги Mehnat kodeksi 269-moddasining 1-qismida sanab o‘tilgan mehnat nizolaridan boshqa nizolar ham xodimning xohishiga ko‘ra bevosita tumanlararo va tuman (shahar) sudlarida ko‘riladi. Qonunlar mehnat nizosi mehnat nizolari komissiyasida ko‘rilmagan degan vaj bilan xodimning arizasini ko‘rib chiqishni sudda rad etilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Mehnat nizolarini tumanlararo, tuman (shahar) sudlarida ko‘rish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat va Fuqarolikprotsessual kodekslari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining «Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanishi haqida»gi 1998 yil 17 aprel qarorida belgilab berilgan. Da’vo arizasini qabul qilishni rad etish va mehnat ishi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ishning bekor qilinishi FPKning 152 va 160-moddalarida nazarda tutilgan barcha asoslar bo‘yicha amalga oshiriladi. Da’vo arizasi FPKning 145-moddasida ko‘rsatilganidek, javobgarning yashab turgan joyidagi sudga beriladi. Xodimlar mehnat haqini undirish va mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan davlat daromadlariga sud xarajatlarini hamda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadilar. Bunday talablar qanoatlantirilganida, sud xarajatlari da’voning qanoatlantirilgan qismiga nisbatan javobgardan undiriladi. Agar da’vo talablari rad etilsa, sud xarajatlari davlat hisobiga o‘tkaziladi. Bu mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlarga xos xususiyatlardir. 127)Меҳнат низосини кўришни сўраб судга мурожаат қилиш. Sudga, avvalo, mehnat nizolarini ko‘rish komissiyasida ko‘rilgan nizo bo‘yicha ariza tushsa, unda sud bu masala bo‘yicha mehnat nizolarini ko‘rish komissiyasi majlisi bayonnomasining ko‘chirmasi topshirilishini talab qilishi lozim. Mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizoli ishlarning protsessual xususiyatlaridan biri unda boshqa fuqarolik ishlariga nisbatan qisqa muddat belgilanganidir. Mehnat nizosini hal qilishni so‘rab sudga yoki mehnat nizolari komissiyasiga murojaat qilish uchun muddatlar quyidagicha belgilanadi: – ishga tiklash nizolari bo‘yicha – xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab bir oy; – xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to‘lash haqidagi nizolar bo‘yicha – zarar yetkazilganligi ish beruvchiga ma’lum bo‘lgan kundan boshlab bir yil; – boshqa mehnat nizolari bo‘yicha – xodim o‘z huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab uch oy; – xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga doir nizolar bo‘yicha sudga murojaat qilish uchun muddat belgilanmaydi. Mehnat nizolari komissiyasi yoki sudning qarori bilan xodim g‘ayriqonuniy asosda ishdan bo‘shatilgan taqdirda, u darhol ishga qayta tiklanishi lozim.
Download 102,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish