1-mavzu. Turk tilida ot so’z turkumi (TÜRKÇede iSİM) Tayanch so’z va iboralar



Download 136,79 Kb.
bet76/85
Sana01.01.2022
Hajmi136,79 Kb.
#295262
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   85
Bog'liq
Gramer konuları

Qiyoslovchi bog’lovchilar (karşılaştırma bağlaçları)

Qiyoslovchi bog’lovchilar turk tilida karşılaştırma bağlaçları yoki yinelenen bağlaçlar («ikkilangan bog’lovchilar») deb yuritiladi. Ular ikki yoki undan ortiq so’z, gap bo’lagi yoki sodda gapni, xususan, qarama-qarshi ma’nodagi bo’laklarni bir-biriga bog’lab, gap ichida juft-juft bo’lib qo’llanadi. Qiyoslovchi bog’lovchilar quyidagilardir: ya … ya (ya … ya…ya), ya … ya da, hem … hem (hem … hem… hem de), ne … ne (ne … ne… ne de), da … da (de), gerek… gerek (gerekse), ister…ister (isterse), olsun… olsun: Ya gelecek, ya gelmeyecek. Ya bu deveyi güderiz, ya da bu diyardan gideriz. Hem okuyor, hem yazıyor (Hem okuyor, hem yazıyor, hem de dinliyor). O ne okuyor, ne çalışıyor, evde oturuyor. Seni de beni de insan saymıyor, Gerek uçakla, gerek(se) otobüsle olsun, o yolculuğu çok severdi. İster inan, ister inanma. Zengin olsun, fakir olsun, hepimizi aynı Tanrı yaratmıştır kabi.

Qiyoslovchi bog’lovchilar takrorlanib kelganda, undan keyin da (de) kelishi ham mumkin: … ya da, …hem de, …ne de va hok.

Shuningdek, qiyoslovchi bog’lovchilar sirasiga quyidagi shakllarni ham kiritish mumkin: bir … bir, ha … ha, bazı … bazı, kimi … kimi, diler … diler, bazen … bazen kabi. Masalan: Kadın bir güler bir ağlardı. Bazen getirir, bazen de geri götürürdü. Güneş kah bulutlar arasından görünür, kah kaybolur kabi. O kah bizden yana, kah başkalarından yana olur va hok.

Qiyoslovchi bog’lovchilarning turk tilidagi yana bir nomi almashuv bog’lovchilari (almaşma bağlaçları) dir.

Ta’kidlash kerakki, ne … ne bog’lovchisi bo’lishsizlik ifoda etgani uchun u bilan birga qo’llangan fe’l, asosan, bo’lishli bo’ladi: ne beni ne seni düşünüyor, ne Türkçe biliyor, ne Özbekçe kabi.




Download 136,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish