1-mavzu. Turk tilida ot so’z turkumi (TÜRKÇede iSİM) Tayanch so’z va iboralar


-MAVZU. ANIQ VA MAVHUM OTLAR. (SOMUT VE SOYUT İSİMLER)



Download 136,79 Kb.
bet2/85
Sana01.01.2022
Hajmi136,79 Kb.
#295262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
Gramer konuları

2-MAVZU. ANIQ VA MAVHUM OTLAR. (SOMUT VE SOYUT İSİMLER)
Aniq otlar (somut adlar). Turk tilining grammatika kitoblarida otlarga quyidagicha ta’rif beriladi: «Voqelikda yoki tasavvurda bir borliqning ism (nom)i bo’lgan so’zlarga ot deyiladi”1. Masalan: Turgut, Ayşe, taş, kavak, güvercin, şeref, aşk, nefret, düşünce, akıl va h. Bulardan bir guruhi aniq (konkret) narsalarning nomlari bo’lib, ularni ko’z bilan ko’rib, qo’l bilan tutish mumkin. Bular aniq (konkret) otlar (somut adlar) dir: taş, kavak, güvercin, çiçek, sandalye va h.

Mavhum otlar (soyut adlar). Insonning ongida mavjud bo’lgan, qo’l bilan tutib, ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan tushunchalarni bildiruvchi so’zlarni mavhum (abstrakt) otlar deymiz. Ular turk tilshunosligida soyut adlar deyiladi. Turk tili grammatikasiga oid ba’zi kitoblarida mavhum otlar yalın adlar deb nomlanadi. Bular turk tilidagi duygu (tuyg’u), akıl (akıl), şeref (shon-sharaf), aşk (ishq, sevgi, muhabbat), nefret (nafrat), düşünce (fikr, tushuncha), düşmanlık (dushmanlik), süphe (shubha) kabi so’zlardir.

Ma’lumki, otlar o’z (asosiy) ma’nosidan tashqari ko’chma ma’nolarda ham qo’llanadi. Masalan, “stolning oyog’i”, “kemaning burni” kabi. Agar “odamning oyog’i” birikmasini olsak, “stolning oyog’i” birikmasidagi “oyoq” so’zining ma’nosi paydo qilingan, ya’ni yasama ma’no bo’ladi. Demakki, ma’no kengayishi yo’li bilan, ko’pincha, aniq ot mavhum ma’no kasb etishi mumkin. Masalan, turkcha yürek so’zi o’z ma’nosida qo’llanganda inson tanasining muhim a’zosini bildiruvchi aniq ot bo’lsa, ko’chma ma’noda jasorat, qahramonlik, qo’rqmaslikni ifodalab, mavhum otga aylanadi.

Otlar asl va ko’chma ma’nolaridan tashqari munosabat va o’xshashlik yo’li bilan bir tushunchani anglatgan holda, majoziy ma’no tashishi mumkin. Masalan, turkcha yuva so’zi “uya”(qush uyasi) va “uy”(insonlar yashaydigan joy, makon) ma’nosida, ekmek so’zi “non” (inson ozig’i) va “kun kechirish uchun ishlab topiladigan mablag’”, yoki koltuk – “o’tiradigan uy jihozi” (mebel turi) va “lavozim”, “mansab” ma’nosida qo’llanadi. Bu misollardagi majoziy ma’no to’g’ridan-to’g’ri predmetning nomini bildirmaydi, nutqda ifodaviylikni oshirish, ma’noni kuchaytirish, rangbaranglashtirish (uslubiy) maqsadida qo’llanadi.

Aniq (konkret) otlardan bir guruhi faqatgina bir borliq yoki muayyan bir guruhni ko’rsatishga xizmat qiladi: Turgut, Sarman (mushukning oti), Adana, İstanbul, Rize va h. Bular atoqli otlar (özel adlar) dir.




Download 136,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish