Kim va ne olmoshlarining ko’plik shakllari ham mavjud: kimler geldi? Neler oldu? kabi.
Asl so’roq olmoshlari bo’lgan kim va ne dan boshqa so’roq sifatlarining egalik shakllari ham so’roq olmoshi sifatida qo’llanishlari mumkin: hangisi, kaçı, kaçıncısı kabi.
-ki qo’shimchasi olgan so’roq sifatlari ham yakka holda so’roq olmoshlari bo’ladi: neredeki, kimdeki, nedeki, kiminki, neyinki kabi.
Gumon olmoshlari (Belirsizlik zamirleri)
Gumon olmoshlari predmetlarni noaniq shaklda ko’rsatuvchi ko’rinishdir. Asl gumon olmoshlarining hozirgi zamon turk tilidagi miqdori juda kam: kimse, herkes.
Gumon ma’nosi turk tilida gumon olmoshi kabi qo’llanayotgan egalik shakllari orqali ifodalanadi: biri, başkası, hepsi, bazısı, kimi, kimisi, birisi, hepimiz, bir kaçı, bir çoğu, her biri, hiç biri, bir çoğumuz kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |