Ko’rsatish olmoshlarining yordamchi so’zlarga bog’lanishi
Ko’rsatish olmoshlari ham ile, için, gibi kabi yordamchi so’zlarga qaratqich kelishigi qo’shimchasi yordamida bog’lanadi:
Bununla (bunun ile), şununla, onunla, bunlarla, şunlarla, onlarla
Ko’rsatish olmoshlari ile, için, gibi kabi yordamchi so’zlarga faqat qaratqich kelishigi qo’shimchasi yordamida bog’lanadi:
Bunun için, şunun için, onun için, bunlar için, şunlar için, onlar için.
Bunun gibi, şunun gibi, onun gibi, bunlar gibi, şunlar gibi, onlar gibi
Shuningdek, nutqda bu gibi, şu gibi, o gibi singari qaratqich kelishigi qo’shimchasi olmagan shakllar ham keng qo’llanadi. Faqat bunday shakllar böyle, şöyle so’zlarining o’rnida va biroz farqli ma’noda qo’llanadi. Ko’rsatish olmoshlari kadar so’ziga ikki shaklda bog’lanadi: bunun kadar, şunun kadar, onun kadar yoki bu kadar, şu kadar, o kadar kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |