Ne olmoshining jo’nalish kelishigi shakli neye dir. Uning asosida yuzaga kelgan niye so’zi esa yordamchi so’z, bir so’roq ravishidir. Ushbu so’roq olmoshining chiqish kelishigi shakli neden dir. Uning neden (niçin) shakliga ega bo’lgan ikkinchi ko’rinishi so’roq olmoshi emas, yordamchi so’zdir.
Ne olmoshi yuqorida ko’rilgani kabi so’roq sifati o’laroq bir qancha qo’shma shakllar yasaydi: ne kadar, niçin (ne için) nasıl (ne asıl) kabi. Bu olmosh o’zidan keyin keluvchi fe’llarning yonida ham nasıl ravishi kabi qo’llanadi: ne yapayım kabi. Undan tashqari, unli tovush bilan boshlangan so’zlar bilan ham oson birlashadi: niçin, nolur, nideyim kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |