O’rin ravishlari (yer, yön zarfları)
O’rin ravishlari joy, makonni ifodalovchi so’zlar bo’lib, ko’pincha fe’llarning yo’nalishini ko’rsatadi. Boshqacha aytganda, o’rin ravishlari fe’llarga makon, yo’nalish ma’nosida ta’sir etib, ish-harakat, holatning makon ichidagi o’rnini bildiradi va nerede? (qaerda?), nereye? (qaerga?, qayoqqa?), nereden? (qaerdan?, qayoqdan?), neresi? (qaer?, qayoq?) so’roqlariga javob beradi.
Ravishlarning ko’pchiligi eski va yangi jo’nalish, o’rin-payt va chiqish kelishigi shaklida bo’lgan ba’zi (soni unchalik ko’p bo’lmagan) otlar, olmosh va ravishdoshlardir: ileri, geri, aşağı, yukarı, beri, içeri, dışarı, öte, alt, üst, yan, karşı, uzak, yakın, ön, arka, sağ, sol, bura, şura, ora kabi.
Bularning ichida eng faol qo’llanadiganlari: ileri, geri, aşağı, yukarı, beri, içeri, dışarı ravishlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |