1-mavzu. Turk tilida ot so’z turkumi (TÜRKÇede iSİM) Tayanch so’z va iboralar



Download 136,79 Kb.
bet15/85
Sana01.01.2022
Hajmi136,79 Kb.
#295262
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   85
Bog'liq
Gramer konuları

8-MAVZU. ASLIY VA NISBIY SIFAT.

(NİTELENDİRME VE BELİRTME SIFATI)
Asl sifatlar turk tilshunosligida vasıflandırma sıfatları yoki vasıflama sıfatları deyiladi. Asl sifatlar predmetning ichki belgi (xususiyat) larini ko’rsatadi, shu sababdan ularning soni ko’pchilikni tashkil etadi: beyaz (elbise), altın (yüzük), doğru (söz), aç (hayvan), eski (halı), çetin (ceviz), geçen (ay), demir (kapı) sayısız (fayda) va hok.

Asl sifatlar ikkiga ajratiladi: predmetning belgisini ko’rsatuvi sifatlar va harakatning belgisini ko’rsatuvchi sifatlar.

Predmetning belgilari doimiydir: beyaz, eski, paslı, doğru.

Harakat belgilari doimiy emas (hızlı, yavaş). Ular predmetlarning vaqtinchalik harakat belgisini ifodalaydi. Harakatni ifoda etuvchi boshqa so’zlar (ravishlar) ham bor (çabuk, koşucu). Ular doimiy asl sifatlardir.

Harakat sifatlari turk tilshunosligida partisip ham deyiladi.

Kuchaytiruv sifatlari turk tilshunosligida berkitme sıfatları yoki pekiştirme sıfatları deyiladi. Shaxs, predmet yoki voqea – hodisaning belgisini yuqori darajada ko’rsatuvchi sifatlarga kuchaytiruv sifati deyiladi. Turk tilshunosligida sifatning bunday shakli ‘o’xshash bo’g’in ishtiroki’ da (benzer hece katkısı) yasaladi. Bunday sifatlar so’zning birinchi bogini olinib, bo’g’inning oxiriga m, p, s, r undoshlaridan biri qoshilib, sozning boshiga keltirish yo’li bilan yasaladi:

açık = a+p+açık (apaçık – lang ochiq);

kara = ka+p+kara (kapkara - qopqora);

temiz = te+r+temiz (tertemiz - toptoza);

yeşil = ye+m+yeşil (yemyeşil - yamyashil);

katı = ka+s+katı (kaskatı – juda qattiq) kabi.

Shu tarzda birinchi boginda old tovushlarning takrorlanishi taminlanadiki, natijada bir old qoshimcha paydo bolib, sifatning kuchaytiruv shakli yuzaga keladi. Bunday shakllarning yuzaga kelishiga takroriy kuchaytiruv (kara kara, diri diri) va qoshma kuchaytiruv (kara kuru, deli dolu) shakllarining asos bolganligi ham turk tili grammatikasiga oid kitoblarda takidlanadi.

Bazi sifatlarda esa yasalgan old qoshimchadan keyin tovush oqishini taminlovchi bir tekis, ochiq unli paydo qilinib, ikkinchi bogin yasalganini ham ko’rish mumkin: dűbedűz (tep-tekis), sapasağlam (soppa-sog’), yapayalnız (o’ta yolg’iz), gűpegundűz (kuppa-kunduz) kabi. Kuchaytiruv shakllarining hammasida urgu birinchi boginga tushadi.

Sifatlarni tola takrorlash yoli bilan ham kuchaytirish mumkin. Bunday shakllar sifatning manosini kuchaytirib, otlar bilan birikadi: kara kara gözler, kűçűk kűçűk odalar, mahmur mahmur bakışlar, iri iri meyveler kabi.

Shuningdek, kuchaytiruv sifatlari otlarni takrorlash yoli bilan ham yasaladi: takım takım elbiseler, kucak kucak hediyeler, çeşit çeşit yolcular, öbek öbek çalılar, yer yer lekeler kabi. Bunday shakllar kopincha ravish ornida ham ishlatilib, fellardan oldin kelishi mumkin: adım adım izlemek, karış karış gezmek kabi.

Kuchaytiruv sifatlari ot kesimli gaplarda (isim cűmleleri) kesim vazifasini bajaradi: Ovalar yemyeşildi. Eviniz tertemiz. Çicekler kıpkırmızıydı kabi.

Nisbiy sifatlar turk tilshunosligida belirtme sıfatları deyiladı. Ba’zi grammatika kitoblarida ular niteleme (nitelendirme) sıfatları deb ham beriladi. Nisbiy sifatlar qo’llanishiga ko’ra asl sifatlarga juda o’xshasa-da, kelib chiqish nuqtai nazaridan ulardan farq qiladi. Nisbiy sifatlar predmetlarning ichki belgisini emas, faqat uning tashqi xossasini bildiradi.

Predmetlarning tashqi belgilari ularning joyi, soni, so’roq shakllari, noaniqlik holatlaridir. Nisbiy sifatlar, asosan, uchga bo’linadi: korsatish sifatlari (işaret sıfatları, gösterme sıfatları), so’roq sifatlari (soru sıfatları), noaniq sifatlar (belirsiz sıfatlar). Turk tilshunosligida nisbiy sifatlarning to’rtinchi guruhi hisoblanadigan sayı sifatları (sonlar) bizning kitobimizda o’zbek tilshunosligi prinsiplariga ko’ra alohida so’z turkumi sifatida beriladi.




Download 136,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish