1-mavzu: Temir yo’l transporti xodimlarining umumiy vazifalari. Reja: Xarakat xafsizligi


-Mavzu: Peregonda poyezdning majburiy to’xtashidagi hatti-harakatlar tartibi



Download 133,63 Kb.
bet20/21
Sana21.05.2022
Hajmi133,63 Kb.
#605518
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
1-mavzu

17-Mavzu: Peregonda poyezdning majburiy to’xtashidagi hatti-harakatlar tartibi.
Reja:

  1. Poezdning peregonda majburiy to’xtashi.

  2. Mashinistning bajarishi kerak bo’lgan talablar.

Poezdning peregonda majburiy to’xtashida mashinist quyidagilarni bajarishi kerak:


shoshilinch to’xtash talab etilmasa, poezdni iloji boricha yo’lning tekis uchastkasida va maydonchada to’xtatish;
poezdning avtotormozlarini va lokomotivning yordamchi tormozini ish holatiga keltirish;
peregon bo’ylab harakatlanuvchi lokomotiv va motorvagon poezdlar mashinistlariga, peregonni chegaralovchi stansiya navbatchilariga to’xtash xaqida radio aloqa orqali xabar berishi kerak. Stansiya navbatchilari bu xaqda poezd dispetcheriga etkazishlari kerak. SHuningdek, yo’lovchi poezdi boshlig’iga (mexanik-brigadirga) UQT-diapazonli radio aloqa orqali bildirishi kerak;
agar to’xtash svetoforning man etuvchi ko’rsatkichi bilan bog’liq bo’lmasa, uning sabablarini va yo’lni davom ettirish mumkinligini aniqlash;
agar poezd harakati 20 va undan ortiq daqiqa ichida amalga oshmasa va poezdni bir erda avtotormoz bilan ushlab turishga imkon bo’lmasa, lokomotiv qo’l tormozi ishga tushiriladi va tarkibda mavjud bo’lgan qo’l tormozlarini (yo’lovchi vagon kuzatuvchilari, konduktorlar, xo’jalik poezdida ish rahbari tomonidan) ishga tushirish uchun signal beriladi. Bunday xodimlar mavjud bo’lmagan poezdlarda mashinist yordamchisi lokomotivda bor bo’lgan tormoz boshmoqlarini g’ildiraklar ostiga qo’yib chiqishi, ularning etishmovchiligida esa, AJ boshgaruvi raisi belgilagan tartibda vagonlarning qo’l tormozlarini ishga tushirishi;
poezd radio aloqasi orqali stansiya navbatchisi yoki poezd dispetcheriga to’xtash sabablari va harakatga to’sqinlik qiluvchi vaziyatni bartaraf qilish choralari xaqida ko’shimcha ma’lumot berish. Poezd radio aloqasi nosozligida xabarni telefon aloqasi bor eng yaqin punktdan (mashinist yordamchisi, konduktor, yo’lovchi vagon kuzatuvchisi, xo’jalik poezdida ish boshqaruvchi tomonidan) stansiya navbatchisi yoki poezd dispetcheriga etkazish;
poezdga xizmat ko’rsatuvchi barcha xodimlar bilan birgalikda harakatga to’sqinlik qiluvchi vaziyatni bartaraf etish uchun choralar ko’rish, kerak paytda poezd va qo’shni yo’lni to’sib qo’yishni ta’minlash.
Peregonda to’xtagan poezdni to’sib qo’yish quyidagicha bajariladi:
yo’lovchi poezdini - tiklash va o’t o’chirish poezdi, shuningdek, yordamchi lokomotiv talab qilinganda, zudlik bilan, chaqiriqdan so’ng;
agar poezd barcha signalizatsiya va aloqa vositalarining tanaffus paytida jo’natilgan bo’lsa - darhol poezd to’xtaganidan keyin.
Har bir holda ikki yo’lli va ko’p yo’lli peregonning qo’shni yo’llari poezdlar harakati uchun to’sqinlik qiluvchi joy, birinchi navbatda poezd kutilayotgan tarafdan zudlik bilan to’silishi kerak.
To’sib qo’yish tartibi O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida signalizatsiya bo’yicha yo’riqnoma tomonidan, xodimlarning hatti harakat tartiblari - poezdlar harakati va manevr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada o‘rnatiladi.
Avtoblokirovkali uchastkalarda yo’lovchi poezdning peregonda to’xtab qolganida oxirgi vagon kuzatuvchisi poezd siganallarining yaxshi ko’rinayotganini tekshirishi, peregonni sinchkovlik bilan kuzatishi va ketidan poezd kelayotganida, uni to’xtatish choralarini ko’rishi kerak.
Agar poezd yuqorilikka ko’tarilishda to’xtab qolgan bo’lsa va oxirida suruvchi lokomotivi bo’lmasa, mashinist, kerak bo’lsa, poezdni o’sha peregonning engilroq profiliga tisarib qo’yishi mumkin.
Bu holda tisarilayotgan poezdning oldida lokomotiv brigada xodimi, bosh konduktor yoki xo’jalik poezdida ishlar rahbari bo’lishi kerak. Tisarilayotgan poezdning tezligi 5 km/soat dan oshmasligi kerak.
Quyidagi hollarda tisarishga ruxsat berilmaydi:
yo’lovchi poezdlarni;
avtoblokirovka yoki avtomatik lokomotiv signalizatsiya bilan uskunalangan peregonlarda;
signallarni ko’rish qiyin bo’lgan tuman, bo’ron yoki boshqa noqulay sharoitlarda;
agarda to’xtab qolgan poezd barcha aloqa va signalizatsiya vositalarining tanaffus paytida jo’natilgan bo’lsa.
Yuqorilikka ko’tarilishda to’xtab qolgan poezdning og’irligi shu yuqorilikning joydan qo’zg’alish me’yorlaridan oshsa va uni tisarishga ruxsat etilmasa, mashinist darhol yordamchi lokomotiv talab qilishi kerak. Bunday joylar ro’yxati va og’irlik me’yorlari AJ boshgaruvi raisining buyrug’i bilan o‘rnatiladi.
Poezdning peregondan orqaga, jo’natish stansiyasiga qaytishi, faqat shu stansiya navbatchisining farmoyishi bilan poezdlar harakati va manevr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Agarda poezd to’xtab qolganidan so’ng mustaqil harakatlana olmasa, poezdlar harakati va manevr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada belgilangan tartibda peregondan yordamchi lokomotiv bilan chiqariladi. Ushbu Yo’riqnomada lokomotiv brigadalarning poezd uzilib ketishidagi harakat tartiblari ham o‘rnatiladi.
Avtoblokirovka va poezd radio aloqasi bilan jihozlangan uchastkalarda peregonda to’xtab qolgan poezdga yordam berish uchun ketidan kelayotgan yuk poezdining lokomotivi ishlatilishi mumkin, kamdan-kam hollarda me’yordagi og’irligi va uzunlikdagi ketidan kelayotgan poezd yordamida surishga ruxsat beriladi.
Peregonda motorvagon poezdning majburiy to’xtashida va uning keyingi mustaqil harakatlana olmasligida unga ketidan kelayotgan motorvagon poezdni ulash va ikkilangan tarkibda stansiyaga chiqarishga ruxsat etiladi.
Agar tiklash, o’t o’chirish poezdi yoki yordamchi lokomotiv talab qilingan bo’lsa, to’xtab qolgan poezd talab qilingan yordam kelmaguncha yoki harakat uchun tegishli ruxsat berilmaguncha harakatini davom ettirishi mumkin emas.
Tiklash va yong’inga qarshi kurash poezdlarni yoki yordamchi lokomotivlarni talab qilish, belgilash va harakat qilish tartibi, shuningdek, peregonlarda ikkita motorvagon poezdlarni ulash va ularning keyingi harakatlanish tartibi poezdlar harakati va manevr ishlari bo’yicha yo’riqnoma bilan o‘rnatiladi.


Download 133,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish