14-Mavzu: Poyezdlar harakati grafigi va aloxida punkitlar.
Reja:
Poyezdlar harakati grafigi.
Aloxida punkitlar.
Harakat grafigi poezdlar harakatini tashkil etish asosi bo’lib, u barcha bo’linmalarning faoliyatini birlashtiradi va AJ foydalanish ish rejasini ifodalaydi. Poezdlar harakati grafigi temir yo’l transporti xodimlari uchun shubhasiz qonun bo’lib, uni bajarish temir yo’llar ishining eng muhim sifat ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Poezdlar harakat grafigi AJ boshgaruvi raisi yoki uning o’rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Poezdlar harakati grafigiga rioya qilish va uning buzilishini oldini olish poezdlar harakatini tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan har bir xodim uchun asosiy vazifa bo’lishi kerak.
Poezdlarning grafik bo’yicha harakatlanishi stansiya, depo, tortish qo’shimcha stansyalari, texnik xizmat ko’rsatish punktlari va kompaniyaning poezdlar harakati bilan bog’liq boshqa bo’linmalari ishining to’g’ri tashkil etilishi va texnologik jarayonlarning bajarilishi bilan ta’minlanadi.
Poezdlar harakati grafigining buzilishiga yo’l qo’yilmaydi. Favqulotda hollarda texnik vositalar to’xtab qolishi yoki tabiiy ofatlar natijasida poezdlar harakati grafigi buzilsa, AJ xodimlari kechikib kelayotgan yo’lovchi va yuk poezdlarini grafikka kiritish va ularning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash uchun tezkor chora-tadbirlar ko’rishi kerak.
Poezdlar harakat grafigi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
yo’lovchi va yuklarning tashishlardagi talablarini qondirish;
poezdlar harakati xavfsizligi;
uchastkalarning o’tkazish va tashish, stansiyalarning ishlov berish qobiliyatidan samarali foydalanish;
harakat tarkibidan oqilona foydalanish;
lokomotiv brigadalarining to’xtovsiz ishlashining belgilangan davomiyligiga rioya qilish;
yo’l, inshoot, SSB, aloqa va elektr ta’minot qurilmalarini joriy asrash va ta’mirlash bo’yicha ishlarni amalga oshirish imkoniyati.
Poezdlarni tayinlash va bekor qilish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
a) ikki va undan ortiq temir yo’llardan o’tuvchi uzoq yo’nalishdagi, mahalliy va shahar atrofiga qatnaydigan yo’lovchi poezdlar, pochta-bagaj va yuk-yo’lovchi poezdlar–shu temir yo’llar ma’muriyati bilan kelishilgan holda AJ boshgaruvi raisi tomonidan.
AJ chegarasida shahar atrofida qatnaydigan poezdlarni tayinlash va bekor qilish AJ boshgaruvi raisi o’rinbosari ruxsati bilan amalga oshiriladi;
b) ikki va undan ortiq temir yo’llar chegarasida qatnaydigan harbiy, odam tashiydigan, tezlashtirilgan yuk va yuk poezdlarini–MDH davlatlari temir yo’l transporti bo’yicha Kengashi belgilagan tartibda, AJ chegarasida–AJ boshgaruvi raisi tomonidan;
v) harakat grafigida ko’zda tutilmagan tiklash va o’t o’chirish poezdlari, qor tozalagichlar, vagonsiz lokomotivlar, avtomatrisalar va olib qo’yilmaydigan drezinalar, xo’jalik va boshqa poezdlar – YaDM yo’nalish bo’yicha navbatchisi tomonidan.
Harakat grafigida ko’zda tutilmagan poezdni tayinlash, poezdning harakatlanish tartibini ko’rsatgan holda poezd dispetcheri tomonidan e’lon qilinadi.
Har bir poezdga harakat grafigi tomonidan belgilanadigan raqam beriladi. Bir yo’nalishdagi poezdlarga juft raqamlar, bu yo’nalishga qarshi yo’nalishdagi poezdlarga toq raqamlar beriladi.
Raqamdan tashqari, har bir yuk poezdiga uni tuzish stansiyasida, tarqatish stansiyasigacha o’zgarmaydigan indeks beriladi.
Harakat grafigida ko’zda tutilmagan poezdlarga raqamlar ular tayinlanganda beriladi.
Poezdlar quyidagilarga bo’linadi:
A. Navbatdan tashqari poezdlar – normal harakatni tiklash va yong’inni o’chirish uchun tayinlanadigan tiklash, o’t o’chirish poezdlari, qor tozalagichlar, vagonsiz lokomotivlar, avtomatrisalar, olib qo’yilmaydigan drezinalar.
B. Navbatdagi – ustivorlik tartibi bo’yicha:
o’ta tezyurar yo’lovchi poezdlar;
tezyurar yo’lovchi poezdlar;
boshqa nomdagi yo’lovchi poezdlar;
pochta-bagaj, harbiy, yuk-yo’lovchi, odam tashish tezlashtirilgan yuk poezdlari;
yuk (o’tib ketuvchi, uchastka, terma, olib chiqib ketuvchi, uzatuvchi), xo’jalik poezdlar va vagonsiz lokomotivlar.
V. Alohida talablar asosida tayinlanadigan poezdlar, ularning tartibi tayinlash vaqtida belgilanadi.
178. Poezdlar harakati mahalliy vaqt mintaqasi bo’yicha 24 soatli hisobdan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Soatlardagi vaqt ko’rsatkichi AJ barcha xududida bir xil bo’lishi kerak.
Xizmat xonalarida, stansiya yo’l parklarida, yo’lovchi platformalarida va yo’lovchilar uchun xonalarda soatlar o’rnatilgan bo’lishi kerak. Poezdlar harakati va yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan shaxslar ish joylarida o’rnatilgan devor va tashqaridagi elektron soatlarni o’rnatish, ta’mirlash va asrash signalizatsiya va aloqa Markazi xodimlariga yuklatiladi.
Poezdlar harakati, uni alohida punktlarga ajratish bilan amalga oshiriladi.
Stansiyalar, raz’ezdlar, o’zib o’tish punktlari va yo’l postlari, avtoblokirovkaning o’tish svetoforlari alohida punktlar hisoblanadi. Signalizatsiya va aloqaning mustaqil vositasi sifatida qo’llaniladigan avtomatik lokomotiv signalizatsiyasida blok-uchastkalarning chegaralari ham alohida punktdir.
Quyidagilar stansiya chegaralari hisoblanadi:
bir yo’lli uchastkalarda – kirish svetoforlari;
ikki yo’lli uchastkalarda har bir asosiy yo’lga alohida bir tarafdan -kirish svetofori, ikinchi tarafdan-so’nggi chiqish strelka o’tkazgichdan keyin kamida 50 m masofada o’rnatilgan «Stansiya chegarasi» yozuvli signal belgisi.
Ikki taraflama avtoblokirovkalar bilan jihozlangan, shuningdek, noto’g’ri yo’ldan poezdlarni qabul qilish uchun kirish svetoforlari o’rnatilgan ikki yo’lli uchastkalarda har bir alohida asosiy yo’l uchun kirish svetoforlari stansiya chegarasi hisoblanadi.
Har bir alohida punkt, yordamchi post va yo’lovchi to’xtash punkti nomi va raqamiga ega bo’lishi kerak. Nom tashqi tomondan yo’lovchilar binosida, poezdlar keladigan ikki tarafdan, kerak bo’lsa yo’lovchilar platformasining oxirlarida joylashtirilishi kerak.
SHahar atrofida qatnaydigan poezdlarning jadal qatnovchi uchastkalarida joylashgan yo’lovchilar to’xtash punktida punkt nomi, bundan tashqari, yo’lovchi platforma bo’ylab bir necha joylarda ko’rsatilishi kerak.
Temir yo’llar: peregonlardagi asosiy yo’llar, stansiya yo’llari (chunonchi, stansiyalardagi asosiy yo’llar) va maxsus yo’llarga bo’linadi.
AJ boshqa korxona va tashkilotlari tasarrufida bo’lganlaridan tashqari, stansiya xududidagi barcha yo’llar stansiya boshlig’ining ixtiyorida bo’ladi.
Stansiyadagi har bir yo’l, srelkali o’tkazgich, stansiya markazlashtirish posti va strelkali post, peregonlarda esa har bir asosiy yo’l nomerga ega bo’lishi kerak.
Bir stansiya hududida yo’llar, strelkali o’tkazgichlar va postlarga bir xil nomer berish taqiqlanadi. Alohida parkka ega stansiyalarda bir parkning hududida yo’llarni bir xil nomerlash taqiqlanadi.
Yo’llar va strelkali o’tkazgichlarni nomerlash tartibi AJ tomonidan o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |