1-mavzu: Temir yo’l transporti xodimlarining umumiy vazifalari. Reja: Xarakat xafsizligi


Temir yo’l transportining ma’lumot-hisoblash tizimi



Download 133,63 Kb.
bet15/21
Sana21.05.2022
Hajmi133,63 Kb.
#605518
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
1-mavzu

Temir yo’l transportining ma’lumot-hisoblash tizimi
Ma’lumot-hisoblash tizimi: ma’lumotlarni kiritish, uzatish, qayta ishlash va asrash imkoniyatini, belgilangan muddatlarda iste’molchilarga hisob natijalarini berish, temir yo’l transportining barcha sohalarida rejalashtirish, tezkor boshqaruv, hisoblash, statistika masalalarini echish imkonini ta’minlashi kerak.
Texnika va programma vositalari doimo ishga tayyor va faol holatda turishi, talab qilinadigan ishonchlilik va aniqlikni ta’minlashi kerak.
Temir yo’l transporti ma’lumot hisoblash tizimiga terminal va boshqa moslamalarning ulanishi AJ ning signalizatsiya va aloqa Markazi hamda statistika, ma’lumot va hisoblash texnikasi Markazi tomonidan tasdiqlangan hujjatlar asosida amalga oshirilishi kerak.
13-Mavzu: SSB va aloqa qurilmalariga texnikaviy xizmat ko’rsatish.
Reja:

  1. SSB qurilmalariga texnikaviy xizmat ko’rsatish.

  2. aloqa qurilmalariga texnikaviy xizmat ko’rsatish.

Turli hil o’zaro bog’liklarni amalga oshirsa bo’ladigan SSB apparatlari, shuningdek, poezd va stansiya radio aloqa apparatlari yopiq va plombalangan bo’lishi kerak; ularni ochishga signallash va aloqa Markazining vakolatli xodimi tomonidan ushbu qurilmalarni ko’rik jurnalida yozib qo’yish sharti bilan yo’l qo’yiladi. SSB va radio aloqa apparatlarida plombalarning butunligiga ushbu apparatlardan foydalanuvchi navbatchi xodimlar (stansiya navbatchilari, markazlashtirilgan post operatorlari, strelka post navbatchilari, lokomotiv mashinistlari va boshqalar) javob beradi.


Signalizatsiya va aloqa distansiyalari, distansiyada mavjud bo’lgan SSB va aloqa qurilmalari va ular xizmat ko’rsatadigan boshqa qurilmalarning chizmalari va ta’riflari, ularga tegishli me’yor va standartlarga ega bo’lishi kerak. Bu hujjatlarga o’z vaqtida o’zgartirishlar kiritib borilishi kerak.
SSB qurilmalari bo’yicha namunaviy qarorlar AJ ning signallash va aloqa Markazi boshlig’i tomonidan tasdiqlanandi.
SSB qurilmalarida namunaviy bo’lmagan texnik qarorlardan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi.
SSB qurilmalari o’zaro bog’likligida vaqtincha o’zgartirishlarga AJ mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i ruxsati bilan ko’pi bilan 5 sutkaga, undan ko’p vaqt uchun AJ boshgaruvi raisi ruxsati bilan yo’l qo’yiladi.
Belgilangan o’zaro bog’liqlikni buzuvchi yoki ularni vaqtincha to’xtatib qo’yuvchi SSB qurilma va uskunalarini qaytadan jihozlash, boshqa erga o’tkazish, ta’mirlash, sinash va almashtirish, mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan tasdiqlangan rejaviy ishlar jadvalga ko’ra, bu jadvallarni bajarishning eng qisqa muddatini hisobga olib, amalga oshirilishi kerak. Barcha holatlarda stansiya navbatchisining ruxsatisiz va Yo’llar, strelka o’tkazgichlar, SSB, aloqa va kontakt tarmog’i qurilmalarining ko’rik jurnalida oldindan yozib qo’ymasdan bu ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi. Markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida bunday ishlar faqatgina poezd dispetcheri roziligi amalga oshirilishi kerak.
Qurilmalarning stansiya navbatchisi xonasidan ancha uzoqda joylashganida bu qurilmalarni ishga tushirish xaqida yozuv, shuningdek, ularning nosozliklarini yo’qotish uchun vaqtincha o’chirilishi xaqidagi yozuv stansiya navbatchisiga uzatilayotgan va o’sha jurnalda qayd qilinadigan telefonogramma bilan almashtirilishi mumkin. Ishlarga boshchilik qiluvchi keyin bu qaydnomani o’z imzosi bilan tasdiqlab qo’yishi kerak.
Belgilangan o’zaro bog’liqlik buzilmaydigan hollarda SSB ning ayrim qurilma va moslamalarini almashtirish va o’chirish stansiya navbatchisining (markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida – poezd dispetcherining) ruxsati bilan, Ko’rik jurnalida qayd qilinmasdan amalga oshirilishi mumkin. Bunday qurilma va moslamalarni almashtirish va o’chirish bo’yicha ishlar ro’yxati AJ mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi.
SSB ning amaldagi qurilmalarini sinash barcha hollarda stansiya navbatchisining ruxsati va ko’z ostida, markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida esa poezd dispetcherining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Signal moslamalarining yoritilishi signal ko’rsatkichlarining aniq ko’rilishini ta’minlashi kerak.
Yoritilishning o’z vaqtida va to’xtovsiz ta’minlanishi quyidagilarga yuklatiladi:
svetofor va marshrut ko’rsatkichlari – signalizatsiya va aloqa distansiyasi boshliqlariga;
stansiyalarda strelka ko’rsatkichlari, gidravlik kolonkalar va yo’lni berkitish ko’rsatkichlari – stansiya boshliqlariga;
lokomotiv, vagon, yo’l va boshqa xo’jaliklarning signal moslamalari – tegishli bo’linmalarning boshliqlariga.
Stansiya yo’llarida signal moslamalarining yoritish qurilmalarini elektr bilan ta’minlash elektr ta’minoti distansiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Signalizatsiya va aloqa masofasi xodimlari svetofor signallari va marshrut ko’rsatkichlarining doimiy normal ko’rilishini ta’minlashi kerak.
Svetofor ko’rsatkichlarining ko’rinishi svetofor lampalarining har bir almashishidan keyin elektrmexanik tomonidan yo’ldan tekshirilishi kerak.
Peregon va stansiyalarning asosiy yo’llaridagi signallarning ko’rinishi lokomotivdan, katta mexanik tomonidan kamida oyda bir marta, signalizatsiya va aloqa masofasi boshlig’i tomonidan kamida yil choragida bir marta tekshirilishi kerak.
Signalizatsiya va aloqa distansiyasi hamda lokomotiv depo boshliqlari yoki ularning o’rinbosarlari kamida yil choragida bir marta avtomatik lokomotiv signalizatsiya va radio aloqa ishini lokomotivdan turib tekshirishlari kerak.
Avtomatik lokomotiv signalizatsiya va poezd radio aloqasi faoliyati AJ signalizatsiya va aloqa Markazi hamda lokomotivlardan foydalanish Boshqarmasi boshliqlari tomonidan tasdiqlangan jadval bo’yicha natijalarni hujjatlashtirib, qayd qiluvchi vagon-laboratoriya tomonidan davriy tekshirib turiladi.
Tekshirish natijalari signalizatsiya va aloqa hamda lokomotiv-lardan foydalanish Boshqarmasi boshliqlari tomonidan ko’rib chiqiladi.
Yo’l, SSB, elektrta’minoti qurilmalari va harakat tarkibi, elektr rels zanjirining doimiy ishonchli faoliyatini ta’minlashi kerak.
Elektr rels zanjirlarining to’xtovsiz ishlashini ta’minlovchi yo’l, SSB, elektr ta’minoti qurilmalari va harakat tarkibini saqlash me’yorlari va ularga texnik xizmat ko’rsatish tartibi AJ signalizatsiya va aloqa Markazi tomonidan o‘rnatiladi.
SSB va aloqa qurilmalaridan foydalanuvchi xodimlar, ulardan foydalanish tartibiga o’qitilishi va bilimlari tekshirilishi kerak.
Signalizatsiya va aloqa distansiyasi boshlig’i, SSB va aloqa qurilmalaridan foydalanuvchi boshqa xizmat xodimlarini o’qitishni ta’minlaydi.
Ushbu qurilmalarni bilishini davriy tekshirish va o’qitish uchun, har bir boshliq o’z qo’l ostidagilar uchun mas’uldir.

Download 133,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish