Poezdlarning jo’natilishi Stansiya navbatchisiga poezd jo’natilayotgan stansiya navbatchisining ruxsatisiz bir yo’lli uchastkalarga va ikki yo’lli uchastkalarga noto’g’ri yo’l bo’ylab poezdlarni jo’natish man etiladi. Avtoblokirovka bilan jihozlanagan bir yo’lli uchastkalarda to’g’ri yo’nalishdagi poezdlar poezd dispetcherining ko’rsatmasi bo’yicha qo’shni stansiya navbatchisining oldindan roziligisiz birinchi blok-uchastka bo’shaganidan so’ng jo’natiladi.
Ikki yo’lli uchastkalarda yarim avtoblokirovka va elektr-jezl tizimida poezdlarning jo’natilishi avval jo’natilgan poezdning etib borishi xaqida xabar kelgandan so’ng poezdlar to’g’ri yo’ldan jo’natiladigan stansiya navbatchisining ko’rsatmasiga ko’ra amalga oshiriladi, avtoblokirovkada esa birinchi blok-uchastkaning bo’shaganidan so’ng poezd jo’natiladi. Poezd jo’natilayotgan stansiya navbatchisining oldindan roziligi talab etilmaydi.
Markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida poezdlarni jo’natish faqatgina poezd dispetcherining ko’rsatmasi bilan amalga oshiriladi.
Stansiya navbatchisi, markazlashtirilgan dispetcherlik uchaskalarida esa poezd dispetcheri poezdni jo’natishdan avval quyidagilarni bajarishi shart:
peregonning, avtomatik blokirovkada esa birinchi blok-uchastkaning bo’shligiga ishonch hosil qilishi;
poezdni jo’natish marshrutiga chiqish bilan bog’liq bo’lgan manevrlarni to’xtatish;
jo’natish marshrutini tayyorlash;
chiqish svetoforini ochish yoki mashinistga peregonni egallash uchun boshqa ruxsatnoma berish.
Stansiya navbatchilari va poezd dispetcherlarining poezdni jo’natish bilan bog’liq bo’lgan operasiyalarni bajarishdagi hatti-harakatlari poezdlar harakati va manevr ishlari bo’yicha Yo’riqnoma bilan o‘rnatiladi.
Stansiya navbatchisiiing ruxsatisiz poezdni peregonga jo’natish man etiladi.
Chiqish svetoforining ruxsat ko’rsatkichi, uning nosozligi yoki yo’lda chiqish svetoforining mavjud bo’lmaganida, belgilangan shakldagi yozma ruxsatnoma, stansiya navbatchisining radio aloqa orqali yuborilgan buyrug’i yoki jezl, jo’natilayotgan poezd mashinistiga peregonni egallash uchun ruxsatnoma bo’lib xizmat qiladi.
Yo’lovchi, pochta-bagaj poezdi mashinistiga jadvalda ko’rsatilgan vaqtdan ilgari stansiyadan jo’nab ketish, shuningdek, yo’lovchilar chiqishi va tushib qolishi uchun jadvalda ko’rsatilgan stansiyada to’xtamay o’tib ketish taqiqlanadi.
Yo’lovchi va pochta-bagaj poezdlarining to’xtashi texnologik operasiyalarni (uchrashish va o’zib o’tish) bajarish uchun ko’zda tutilgan va yo’lovchilarni chiqarish va tushirib qoldirish, bagaj va pochtani ortish, tushirishga mo’ljallanmagan alohida punktlarda to’xtash vaqti, poezd dispetcheri tomonidan mashinist yoki stansiya navbatchisiga uzatilayotgan ko’rsatmaga binoan qisqartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Poezdlar harakatining xizmat jadvallarida bunday to’xtashlar alohida belgi bilan belgilanadi, yo’lovchilar uchun bosib chiqariladigan e’lon va jadvallarda bu to’xtashlar ko’rsatilmaydi.
Stansiya navbatchisiga, markazlashtirilgan dispetcherlik bilan jihozlangan uchastkalarda esa poezd dispetcheriga poezd jo’natish marshruti tayyorligi, strelkalar yopiqligi, jo’natish marshruta strelkalarida manevrlar to’xtatilgani, tarkibning tijorat ko’rigi va texnik xizmatdan o’tganiga ishonch hosil qilmasdan chiqish svetoforlarini ochish yoki peregonni egallashga boshqa ruxsat berishi taqiqlanadi. Poezdlarni ularni tuzish stansiyalaridan, poezd tarkibiga vagonlar ulangan yoki uzilgan stansiyalardan yoki poezd oxirgi qismini belgilovchi signal disklarini almashtirish ko’zda tutilgan stansiyalardan jo’natilishida stansiya navbatchisi chiqish svetoforni ochishdan yoki lokomotiv, maxsus o’ziyurar tarkib mashinistiga peregonni egallashga ruxsatnoma berishdan avval so’nggi vagonda poezd signalining mavjudligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Chiqish svetofori shaxsan stansiya navbatchisi yoki uning ko’rsatmasiga binoan markazlashtirilgan post operatori tomonidan ochilishi kerak. Markazlashtirilgan dispetcherlik bilan jihozlangan uchastkalarda chiqish svetofori poezd dispetcheri tomonidan ochiladi.
Poezdlar harakat jadvali buzilganda stansiya navbatchisi yo’lovchi, pochta-bagaj, odam tashuvchi yoki yuk-yo’lovchi poezdidan keyin kelayotgan poezdga chiqish sfetoforini ochishdan avval mashinistni yo’lovchi poezdidan keyin kelayottani xaqida ogohlantiradi.
Chiqish sfetofori jo’natilayotgan poezdning birinchi g’ildirak jufti o’tgani zahoti avtomatik tarzda yopilishi kerak, elektr rels zanjirlari bo’lmagan stansiyalarda stansiya navbatchisi, markazlashtirilgan post operatori yoki strelka posti navbatchisi tomonidan jo’nagan poezdning butun tarkibi o’tib ketgandan so’ng yopiladi.
Chiqish svetoforining man etuvchi ko’rsatkichida stansiya yo’llaridan yoki chiqish svetoforlari mavjud bo’lmagan yo’llardan poezdning jo’natilishida etakchi lokomotiv mashinistiga peregonni egallashga ruxsat berilganda radio aloqa orqali uzatilgan stansiya navbatchisining ko’rsatmasisiz, stansiya navbatchisi yoki uning ko’rsatmasiga binoan post, park navbatchisi, markazlashtirilgan post operatori, strelka posti navbatchisi, signalchi yoki bosh konduktor (poezd tuzuvchi) tomonidan uzatilgan jo’natish signalisiz poezdni harakatga keltirish man etiladi. Jo’natish signalini uzatish tartibi AJ mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi.
Poezdni harakatga keltirishdan avval etakchi lokomotiv mashinisti va uning yordamchisi poezddan yoki stansiya xodimlari tomonidan to’xtatish signallari uzatilmayotganiga ahamiyat berishlari kerak.
Yo’lovchi poezdining vagon kuzatuvchilari xavfsiz harakatlanishga qarshi biron-bir to’siqqa duch kelganlarida poezdni to’xtatish uchun zudlik bilan chora ko’rishlari kerak.
Yo’lovchi poezdi (motorvagon poezddan tashqari) stop-kranni qo’llash natijasida yoki o’z-o’zidan peregonda to’xtab qolganida kuzatuvchilar o’zlari xizmat ko’rsatayotgan vagonlarini ko’rib chiqishlari va zarurat tug’ilganda lokomotiv tomonga to’xtatish signalini uzatishlari kerak. Motorvagon poezdning oraliq yo’lda to’xtab qolganida mashinist yordamchisi vaziyatni o’rganib chiqib, mashinistga xabar berishi kerak. Boshqa poezdlarning bunday to’xtab qolishida mashinist yordamchisi poezdni ko’rib chiqib, so’nggi vagon raqami bo’yicha to’liq tarkibdaligini va shu vagondagi poezd signalining mavjudligini tekshirishi kerak.
Yo’lovchi poezdi harakati vagonlarning hamma kuzatuvchilari tomonidan to’xtatish signali olib tashlanganidan keyin, qolgan poezdlar harakati esa mashinist yordamchisining dokladidan keyin davom ettiriladi.
Peregonlarda harakat jadvalida ko’rsatilmagan (yo’lovchilarni chiqarish, tushirish, yuklarni ortish, tushirish) boshqa to’xtashlarda poezdlarni harakatga keltirish poezdlar harakati va manevr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada o‘rnatiladi.
Peregonning chiqish signallari bo’lmagan joyini egallashga, shuningdek, chiqish signalining taqiqlovchi ko’rsatkichida poezdning jo’natilishi uchun ruxsatnoma, etakchi lokomotiv mashinistiga shaxsan stansiya navbatchisi yoki ushbu poezd lokomotiv brigadasining biron xodimi orqali, yo’l, post, park navbatchisi, navbatchi operator, strelka posti navbatchisi, signalchi yoki bosh konduktor (poezd tuzuvchi) orqali topshiriladi.
Mashinist peregonni egallashga qabul qilingan ruxsatnomaning to’g’riligiga ishonch hosil qilipsh kerak.
Lokomotiv mashinistlariga harakat xavfsizligini ta’minlovchi peregonni egallashga ruxsatnoma topshirish tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktlarida belgilanadi.
Agar stansiyaga qabul qilinayotgan poezd tarafdagi yaqinlashish joyi uzoqqa cho’zilgan pasayish bo’lsa va qabul qilinayotgan poezd marshruti jo’natilayotgan poezd marshrutidan (muhofaza berk yo’li yoki qabul va jo’natish yo’llarining o’zaro joylashuvi bilan) chegaralanmagan bo’lsa, bir vaqtning o’zida poezd jo’natish va xuddi shu yo’nalishda stansiyaga poezd qabul qilish man etiladi.
Stansiya navbatchisi har bir jo’natilayotgan yoki to’xtovsiz o’tib ketayotgan poezdning ahvoli, signallarining mavjudligi va to’g’ri ko’rsatishligini tekshirib kuzatadi.
Stansiya navbatchisi poezdning to’liq tarkibda jo’natilishiga signalchi, strelka posti navbatchisi dokladi orqali yoki shaxsan ishonch hosil qiladi.
Poezdlarni jo’natish yo’llari uzoqlashgan yoki mahalliy sharoit tufayli stansiya navbatchisi poezdni kuzata olmaydigan stansiyalarda ularni signalchilar yoki strelka posti navbatchilari kuzatishlari kerak.
Stansiya navbatchilari bo’lmagan markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida hamda elektr izolyasiyalangan yo’l va strelkalarga ega bo’lgan, mahalliy sharoit tufayli stansiya navbatchisi poezdlarni kuzata olmaydigan va boshqa xodimlari (signalchi, strelka posti navbatchilari) bo’lmagan stansiyalarda esa poezdlarning jo’natilishi boshqaruv moslamalarining ko’rsatgichlariga binoan nazorat qilinadi.
Stansiya navbatchilari poezdlarni kuzatmasa bo’ladigan stansiyalar ro’yxati va poezdlarni jo’natishda harakat xavfsizligini ta’minlash sharoitlari AJ mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi.
Poezdni kuzatuvchi xodim poezd yaxshi ahvolda o’tib ketganiga ishonch hosil qilishi kerak.
Poezdda harakat xavfsizligiga xavf tug’diruvchi nosozliklar aniqlanganida, shuningdek, poezd poezd signallarisiz ketayottanini payqagan poezdni kuzatuvchi xodim uni to’xtatish uchun chora-tadbirlar ko’rishi kerak.
Poezdning to’g’ri tuzilishiga stansiya xodimlari javobgardirlar.
Stansiya xodimlari poezdni jo’natishdan avval stansiyaning texnologik ish jarayoni, texnikaviy-boshqaruv aktlari, harakat grafigi va poezdlarni tuzish rejasiga muvofiq ravishda poezdning to’g’ri tuzilganligi, ochiq harakat tarkibida yukning to’g’ri va mahkam o’rnatilgani, bu yuklarning bus-butunligi to’la ta’minlangani, poezd o’rnatilgan signallarga ega ekanligi va kerakli anjomlar bilan ta’minlanganini tekshirishlari kerak.
Yuk va yuk-yo’lovchi poezdlarining oxirini ko’rsatuvchi signal uskunalariga texnik xizmat ko’rsatish, bu poezdlarga signal uskunalarini osish va echib olish vagonlarga texnik xizmat ko’rsatish punktlari xodimlariga yuklatiladi.
Poezdlarni tekshirish tartibi va stansiyaning tegishli xodimlarining mas’uliyatlari mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda AJ tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi.
Poezdlar tuzish stansiyalarida har bir yuk vagonlari va yuk-yo’lovchi poezdlari uchun jo’natilish oldidan etakchi lokomotiv mashinistiga AJ tomonidan belgilangan shaklda natura varag’i va eltish hujjatlari muhrlangan holda topshiriladi. Tarkibida eltish hujjatlari bo’lmagan vagonli poezdlarni jo’natish man qilinadi.
Bosh konduktori (poezd tuzuvchisi) bo’lgan poezdlarda natura varag’i va eltish hujjatlari unga topshiriladi. Bu holda bosh konduktor (poezd tuzuvchisi) natura varag’iga binoan mashinistni jo’natilayottan poezdning tarkibi bilan tanishtirib chiqishi kerak.
Yo’nalish bo’ylab vagonlar ulangani yoki uzilganida poezdning natura varag’iga stansiya xodimlari tomonidan tegishli o’zgarishlar kiritilishi kerak. Barcha yo’lovchi (motorvagon poezlardan tashqari) va pochta-bagaj poezdlari uchun poezd natura varag’i yo’lovchi poezdining boshlig’i (mexanik-brigadiri) ga topshiriladi.
Stansiya navbatchisi har bir poezdning aniq jo’nash yoki o’tib ketish vaqti, zarur hollarda, poezd tarkibini ifodalovchi boshqa ma’lumotlarni poezdlar harakat jurnalida belgilab qo’yishi kerak va poezd jo’natilgan qo’shni stansiya navbatchisiga va poezd dispetcheriga zudlik bilan xabar berishi kerak.