1-мавзу: Тарбиявий ишлар методикаси фанининг



Download 1,25 Mb.
bet18/60
Sana05.07.2022
Hajmi1,25 Mb.
#742910
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   60
Bog'liq
2.03. Tarbiyaviy ishlar metodikasi

Test savollari
Dastlabki pedagogik g‘oyalar nimada ifodalangan?
a) yozma pedagogik adabiyot namunalarida.
*b)xalq tajribasi va og‘zaki ijod namunalarida.
c) davlatning ta’lim –tarbiya haqidagi xujjatlarida.
d) sanhat asarlarida.
3. Noyob yozma pedagogik adabiyot namunasi...
*a) «Baxt saodatga erishuvi haqida»
b) «O‘tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar»
c) «Donishmandnoma»
d) «Avesto»


4-mavzu: Ta’lim tizimida o‘quvchilarning intellektual imkoniyatlarini rivojlantirish. (2 soat amaliy).
REJA:

  1. Turli yosh davrlarda tarbiya jarayonining shakllanishi

  2. Tarbiyada ijtimoiy va genotepik omillarning tahsiri.

Inson umri mahlum davrlarga bo‘linar ekan, uning har bir bosqichi shaxsning o‘zi va yaqinlariga qilgan ezgu ishlarning qadr-qimmatiga ko‘ra baholanadi. SHu bois ham inson shaxsi o‘rganilganda uning tarakkiyotining u yoki bu bosqichidagi yosh xususiyatlarini bilish ta’lim tarbiya jarayonida amaliy ahamiyat kasb etadi.
Odamning hayotiy yo‘lining boshi, uning kamol topishining negizi aslida Olloxning inoyati bilan bola dunyoga kelishi bilan assos solingan dastlabki onlardan boshlanadi. Keyingi taraqqiyot bosqichlari qator ijtimoiy biologik, tabbiy ruhiy, jismoniy omillarga bogliqki ushbu hususiyatlarni psixologiyasining maxsus tarmogi bo‘lgan yosh davrlari psixologiyasi o‘rganadi.
SHunday qilib shaxs indivudial taraqqiyotining muhim omillari-dan biri uning yoshiga bog‘lik bo‘lgan xususiyatlaridir. CHunki tarakkiyot-ning xar bir yoshi boskichi o‘zining rivojlanishi omillariga qonuniyat-lariga yangiliklari va o‘zgarishlariga ega bo‘lib ular shaxsning xarakteri, temperamenti iqtidori bilish jarayonlariga bevosita tahsirini o‘tkazadi.
Yosh tarakkiyotini davrlarining ham sifat ham mikdor o‘zgarish-lariga ega bo‘lgan ko‘rsatkichlari borki, amaliy psixologiya har bir yosh xususiyatlarini ana shu ikkala ko‘rsatkich nuktai nazaridan o‘rganish va shaxs hulkini boshkarish unga ijobiy tahsir ko‘rsatishda ularga tayangani lozim. Har bir bochkichda shaxsning biror bir xususiyatlari o‘zining yetuklik boskichiga erishadi. Masalan, olamni sensor jixatdan yahni sezgi va idrok kilish organlari bilishning yetukligi fazasi 18-25 yoshlarda intelektual ijodiy 35 yoshlarda shaxsning yetukligi 50-60 yoshlarga kelib eng yukori nuktasiga erishadi.
SHu vaktgacha psixologiya ilmida shaxs tarakkiyotining davlarga bo‘lib o‘rganishiga juda katta ehtibor qaratilgan. Lekin shu sohalarida astoydil ijod qilgan har qanday olim o‘zinig davrlarini taklif etavergan. Insonning hayot yo‘li va uning asosiy lahzalari tarixiy tarakkiyot mobaynida o‘zgaradi., bir avloddan ikkinchi bir avlod tarak-kiyotiga o‘tishning o‘zi xam qator o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Davrlarga bo‘lishga qaratilgan klassifikatsiyalarning o‘zi ham ikki turli bo‘ladi: juzhiy aloxida davrlarni yahni ko‘shimcha davrlarga bo‘lish davr ichidagi davrlar va umumiy inson umrinning barcha boskichlarini o‘z ichiga olgan. Masalan juzhiy klassifikatsiyaga intelektning rivojlanishini boskichlari bo‘linishini kiritish mumkin. U bu tarakkiyotning 3 boskichda tasavvur qilgan sensomotor intelekt boskichi (0-2 yosh) Bunda asosan olti boskich farklanadi.:

    • sensometr intelekt boskichi bunda asosan olti boskich farqlanadi.

    • konkret operatsiyalari bajarishga tayyorlash va uni tashkil etish bosqichi (3-11 yoshlar).

    • formal operatsiyalar boskichi (12-15 yoshlar ). Bu davrda bola nafakat bevosita ko‘rib turgan narsasini balki mavhum tushunchalar va so‘zlar vositasida ham fikr yurita oladi.

D.B. Elg‘koning yosh davrlari boskichlarini bo‘lishi E. Eriksonning taraqqiyotning davrlarga bo‘lish tahmoyillarini asoslanadi. Bu klassifikatsiyalarda bolalik, bolalik va o‘smirlash har bir boskichning o‘ziga xos yetakchi faoliyati o‘zgarishlari va rivojlanish shart sharoitlari mavjud bo‘ladi va ularni bilish tarbiyachilar uchun katta amaliy ahamiyatga egadir.
har bir boskichda faoliyat motivlari ham o‘zgaradi, ularning o‘zgarishi shaxs extiyojlari va talablari darajasinning o‘zgarishiga mos tarzda ro‘y beradi.
Inson xayotining barcha davrini yaxlit tarzda qamrab olgan klassifikatsiyalardan bir butun jahon olimlarining qaroriga ko‘ra 1965 yil Xalqaro fanlar Akademiyasining maxsus simpoziumi qabul qilingan sxema hisoblanadi.
U quyidagi keltirilgan 1 jadvalda berilgan U. B.G.Anang‘ev, E.Erikson, va Birrenlar taklif etgan klassivikatsiyaga asoslangan bo‘lib umumlashtirilgan toifalashdir.
SHaxs tarakkiyotini davrlarga bo‘lish ushbu ilova qilingan jadvalda



Yosh davrlari

Erkaklarda

Ayollarda

CHaqaloqlik

1-10 kun

1-10 kun

Emiziklik davri

10 kundan 1 yoshgacha

10 kundan 1 yoshgacha

Ilk bolalik

1-2 yosh

1-2 yosh

Bolalikning 1 davri

3-7 yosh

3-7 yosh

Bolalikning 2 davri

8-12 yosh

8-11 yosh

O‘smirlik davri

13-16 yosh

12-15 yosh

O‘spirinlik davri

17-21 yosh

16-20 yosh

O‘rta yetuklik davri







Birinchi bosqich

22-35 yosh

21-35 yosh

Ikkinchi bosqich

36-60 yosh

36-60 yosh

Keksalik davri

61-75 yosh

56-75 yosh

+arilik davri

76-90 yosh

76-90 yosh

Uzoq umr ko‘ruvchilar

90 yoshdan ortik

90 yoshdan ortik

Taraqqiyoti yosh davrlarga bo‘lishda o‘ziga hos klassifikatsiyalar ham bor. Masalan E.Eriksonda shaxs Mening rivojlanish boskichlariga tayangan klasifikatsiya xam mavjud bo‘lib unda har bir taraqqiyot davrida ham ijobiy ham salbiy ajratilgan.

    1. Bosqich (ishonch-ishonchlilik) bu xayotning 1 yili

    2. Bosqich (mustakillik va kathiyatsizlik) 2-3 yoshlar

    3. Bosqich (tadbirkorlik va gunoh xissi) 4-5 yoshalr

    4. Bosqich (chankonlik va yetishmovchilik) 6-11 yoshlar

    5. (shaxs identifikatsiya va rollarning chalkashligi) 12-18 yoshlar

    6. Bosqich (yakinlik va yolgizlik) yetuklikning boshlanishi

    7. Bosqichi (umuminsoniylik va o‘ziga berilishi) yetuklik davri

    8. Bosqich (yaxlitlik va ishonlilik) keksalik

Erikson klassifikatsiyaning o‘ziga xos qiymati shundaki unda shaxsning o‘zi to‘g‘risidagi tasavvurlarning jamiyat tahsiridagi o‘zgarishi nazararda tutiladi. SHunga o‘xshash boskichlarga bo‘lishlar oxirgi paytlarda yana ko‘plab mualliflar tomonidan taklif etilmokda.
Ularning barchasidagi umumiy mezon shuki, xar bir taraqqiyot davri shaxs rivoji uchun nimani taklif etadigan shaxs unda qanday ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi. Ularni tabbiy o‘zgarishlarda bilim va o‘rganish kerak. CHunki bu siz shaxs tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib bo‘lmaydi. Masalan maktab yoshidagi bolalarga qo‘yilgan talablar katta odamlar jamoasiga to‘g‘ri kelmaydi, yoki bog‘cha yoshidagi bola bilan til topishish bilan talaba bilan til topishish o‘ziga hos pedagog taktikani va o‘sha yosh soxadagi bilimdonlikni talab qiladi.
Ilk yoshlik davri bizning tilimizda bolalik deb ataladi. Bu davr bola taraqqiyotiga juda katta ahamiyatga ega. CHunki aynan o‘sha davrda bola predmetlar va narsalar olami bilan bevosita tanishadi. O‘z ona tilida gapirish malakalarini orttiradi va tenkurlar davrasini topadi. Bolaning tashqi davr olamni bilishga bo‘lagan tabbiy extiyojlari ham ayni shu davrda namoyon bo‘ladi.
SHuning uchun ham hali yoshiga to‘lmagan bolaga rang-barang o‘yinchoklar berilsa, o‘zi yotgan beshikdagi rangli bezaklardan zavklanadi. Bu bola taraqqiyoti va olmani bilishga intilish koniqtirilayotganini darak beradi. O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki ona mehriga yaqinlari ehtiboriga to‘yinganligi bolaning 1 yoshdan keyingi tarakkiyoti ona tilini o‘zlashtirilishini va ruhan tetik bo‘lishi o‘rtasida bevosita bog‘liklik mavjud ekan.
Psixologik kuzatishlarda aniklanishicha qiz bolalardan ko‘ra o‘g‘il bolalarda o‘yiniga ko‘prok ehtibor qaratilar ularga olib boriladigan o‘yinchoklar soni va sifati ham ongi yukori ekan. O‘zbekistonda oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muxofaza qilish “Ona va bola” davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan turli yoshdagi bolalarga ham ma’naviy ham intelektual ham jismoniy rivojlanishi uchun yaratilayotgan sharoitlar onalarning aynan 3 yoshgacha taraqqiyot davrida bolasini parvarish qilish imkoniyatining yaratilganligi bu borada ijobiy samaralar beradi.
Bu davr anhanaviy tarzda bog‘cha yoshi deb yuritiladi. CHunki bu davrda bolalar maktabgacha ta’lim muassasalari xisoblangan bog‘chalarga boradilar, u yerda maxsus dasturlar asosida bilish extiyojlarini qondirib maktabga tayyorgarlik bosqichini o‘taydilar. Demak bu yosh davrning xususiyati shundan iboratki bola qanday sharoitda bo‘lmasin agar uning yonida mehribonlik qiluvchi, to‘gri yo‘l-yo‘rik ko‘rsatuvchi kattalar bo‘lsa u bu davrdagi barcha extiyojlarni qondira oladi. Birinchidan, bu davrlarini yetakchi faoliyati o‘yin faoliyati bo‘lgani bois bola turli o‘yinlar predmetli, rolli syujetli kabi o‘yinlar o‘ynab o‘zidagi ijtimoiy o‘yinlar xayot mehyorlari o‘zlashtirlgan bo‘lsa talabini qondiradi, hamda o‘zini kattalar olamiga tayyorlanishni boshlaydi. Mutaxassislarning tahkidlashlaricha maktabgacha tarakkiyot yoshida bola umri davomida miyasida hosil bo‘ladigan mahlumotlarning deyarli yarmini kabul qilib oladi. Gap bu keyingi taraqqiyot davrida yana shu qabul qilingan mahlumotning necha foizini samarali qo‘llashi va boyita olishda.
Uchinchidan, bu davrda bola o‘zidagi ijtimoiy extiyojlarni qondira boshlaydi. Bu jamoada yashash, jamoada o‘z o‘rniga ega bo‘lish va unda o‘zining «meni» ni tahkidlay olish extiyojidir. Bunday o‘zgarish bola uchun oson kechmaydi, shuning uchun ham uch yoshlilik inqirozi qator qiyinchiliklar injiqliklar agressiv hulq bilan birga nomoyon bo‘ladi. SHuning uchun ham bu davrda bolaga ehtibor uning o‘zgalar bilan normal muloqotda bo‘lishi, tengkurlari va sheriklari davrasida o‘zini yaxshi his qilishi uchun sharoitlar yaratish ruxiy inkirozni tezrok yengish va ijtimoiy extiyojni qondirishga ko‘maklashadi.
Bolalikning davri, yahni maktabda odatda kichik maktab davri yoki boshlangich maktab davriga to‘g‘ri keladi. Bu davring ahamiyatli tomoni shundaki, bolaning bog‘cha yoshi davrida to‘plagan shaxsiy tajribasi, til boyligi bilish imkoniyatlari endi tartibga tusha boshladi, u xam intelektual xam ahloqan ham ijtimoiy tomondan rivojlanib unga boshlaydi. 6-7 yoshdagi bolaning intelektual salohiyatida keskin burilishlar ro‘y beradi. Uning xotirasi ancha yaxshi bo‘lib, mahlum tizimga tartibga tushadi, endi u ko‘proq o‘zi xoxlagan narsalarni esda saqlab qoladigan bo‘ladi. SHuning uchun ham ular ota-onalar bahzan o‘ylab qoladigan mavhum matematik masalalar vazifalarni ham o‘qituvchisi o‘rgatganday tezda yechadigan bo‘lib qoladi. Eng muhimi bu davr ahloqiy qadriyatlarni tushunish o‘zlashtirish va ma’naviy tasavvurlarning shakllanishi uchun o‘ta sezgir va qulay hisoblanadi.
O‘spirinlik va o‘spirinlik davrlarda maktab va boshqa ta’lim maskanlarida o‘qish davrlariga to‘g‘ri keladi. Bu davrdagi yetakchi faoliyat bola bilim olish bilan boglik malaka va ko‘nikmalarni ortirishdan tashkari shaxs sifatida ham muxim o‘zgarishlarni boshdan kechiradi. O‘spirinlik davri eng murakkab va shu bilan birga muhim tarakkiyot boskichidir. Ilk o‘smirlik 11-13 yoshli katta o‘smirlik 14-15yoshlarni o‘z ichiga oladi. Bu davrning eng muhimi shundan iboratki u bolalikdan o‘spirinlik kattalikka yoshlikdan yetuklikka o‘tish davridir. O‘smir jismoniy balog‘at bo‘lib, u nafakat psixik, balki ichki organlarm faoliyatini xam belgilaydi. SHunday fikrlar paydo bo‘ladiki, bola ularning asl sababini ham tushunib yetolmaydi. Psixik taraqqiyot o‘ziga hosligi shundadir.
Ayni shu davrda bola mustaqil ravishda fikrlashga intila beradi. Ayniksa, diqqat xotira, tafakkur jarayonlari rivojlanadi. Buning sababi yana o‘sha kattalikka o‘tish bo‘lib bolada o‘ziga xos kattalik hisi paydo bo‘lib bu narsa o‘zining gapirishi va fikrlashda ham ifodalanadi. SHunga bog‘lik holda o‘smirnig o‘z falsafasi, o‘z siyosati baxt va muhabbat formulasi yaratiladi. Bu o‘ziga hos o‘smirlik egotsentrizmnig shakllanishiga butun olam va uning konuniyatlari unga bo‘ysunushi kerakligini fikrning paydo bo‘lishiga olib keladi. SHunday bo‘lishiga qaramay o‘smirlik yukorida tahkidlanganidek qarama–qarshiliklarga boy davrdir. Uni bahzi olimlar krizislar, tanazullar davri ham deb ataydilar. O‘smir shaxsining takomillashuvi va shakllanishiga turtki bo‘lgan omillardan biri o‘quv faotiyati motivlaridagi sifat o‘zgarishidir. Kichik maktab yoshidagi boladan farkli o‘smir endi faqat bilimlar tizimiga ega bo‘lishi o‘qituvchining maqtovini eshitish va 5 baxolarni ko‘paytirish uchun emas balki tengqurlari orasida ijobiy mavqeini egallash kelajakda yaxshi odam bo‘lishi uchun o‘qish motivlari ustuvor bo‘lib boradi. O‘smirning shaxs sifatida taraqqiyotiga ikki hil holat kuzatiladi. Bir tomondan boshqalar tengkurlar bilan yaqinrok aloqada bo‘lishga intilish guruh meyohrlariga bo‘ysunish ikkinchi tomondan mustakillikning oshishi hisobiga bola ichki ruxiy olamida ayrim kiyinchiliklar kuzatiladi.
O‘smirlar davridagi kiyinchiliklarni oldini olishning eng ishonchli va foydali yo‘li bu uning biror narsaga turg‘un qiziqishiga erishish faoliyat motivlarini mazmundor kilishdir. SHuning uchun ham kattalarga o‘smirlar alohida ehtibor berish, yaxishi sharoit o‘kishi uchun uning shaxsiyatiga xurmat talab qiladi. Ijtimoiy foydali mehnat bilan band qilish o‘qishdagi yutuqlarni vaqtida rag‘batlantirib turish yaxshi ijobiy natijalar beradi.
Yukori sinfga o‘tgan o‘spirin psixologiyasining o‘ziga hosligi shundaki, u xozirgi paytini buguni va ertasini kelajak nuqtai nazaridan, istiqbolga nazar bilan qabul qiladi. Demak, o‘z-o‘zini professional nuqtai nazardan ajratish tasavvur qilish o‘spirinlikning eng muximi yanligikdir. Optatsiya boskichi 11-12 yoshdan 14-18 yoshgacha bo‘lgan taraqqiyot davrini o‘z ichiga oladi. Professional qizikishlar shakllanishinig o‘zi olimlar tomonidan to‘rt birinchi boskichi 12-13 yoshlarga to‘g‘ri keladi. 14-15 yoshlarga to‘g‘ri keladigan ikkinchi bosqichda qizikishlar paydo bo‘ldi. Uchinchi bosqichda 16-17 yoshlarda qizikishlaring shunday integratsiya ro‘y beradigan ular avvalo jinsiy xususiyatlar va shaxsdagi individual xususiyatlar bilan bog‘lik holda rivojlanadi. O‘zining yukori pogonasiga ko‘tarilgan kizikishlar o‘spirining profesional yo‘nalishi va to‘g‘ri kasb– hunarni tanlashga zamin yaratadi.
Ular boladagi individual psixologik xususiyatlar jinsiy farklar bilan boglik bo‘lgani uchun xam o‘gil bolalar ko‘prok texnik va iqtisodiy yo‘nalishlari qizlar esa ijtimoiy gumanitar va badiiy soxalar bilan bog‘lik kasblarni tanlaydilar. Umuman inson hayotida profesional o‘zini o‘zi anglash katta o‘rin tutadi va u juda yoshlik paytidanok shakllana boshlaydi.
Bundan tashqari kasb tanlashga tahsir qiluvchi yana boshqa omillar ham borki ularning hisobga olinishi ham bahzan yoshlarning to‘g‘ri o‘z imkoniyatlari va qobiliyatlariga mos kasb-hunarning tanlamasligiga sabab bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash milliy dasturining 1997 yilda qabul qilinishi Prezidentimiz tahbiri bilan aytganda mustakil fikrlaydigan yuksak malakali kadrlar tayyorlshga xizmat qiladi. Bu tadbirlar yoshlardagi kasb-hunarga bo‘lgan yo‘nalishni adekvat qilish o‘z yashash joyidan uzoq bo‘lmagan sharoitda zarur o‘z layokatiga mos hunar egasi bo‘lib yetishishga yordam beradi.
Yoshlarni tarbiyalash, ishlab chiqarish va o‘quv jamoalaridagi tarbiyachilar, bolalarning turar joylaridagi mikrorayonlar, mahallalar, oiladagi ota-onalar, ommaviy axborot vositalari, adabiyot, sanhat va boshka vositalar orqali amalga oshiriladi. Mazkur tizimda yosh avlodga tarbiyaviy tahsir ko‘rsatishning yetakchi bo‘g‘ini umumta’lim maktablari hisoblanadi. Maktabga ko‘p uzaytirilgan tizim kiritiladi, o‘kuv klublari, oromgox, klublari tashkil qilinadi, darsdan tashqari vaqtlarida o‘quvchilarga maktab kabinetlari, sport zallari va kutubxonalardan keng foydalanish imkoniyati ochiladi. Ularnnig maktab madaniyat muassasalari bilan aloqasi kuchayadi. Malakali pedagogik xodimlarga ega bulgan maktab, oila va korxona va turar joy jamoatchiligi bilan birgalikda muntazam ishni pedagogik jihatdan yo‘naltiradi.
Bolalar tarbiyasi bo‘yicha maktab, oila va jamoatchilikning faoliyatini muvofiklashtirish asosan kuyidagi tashkiliy shakllarda amalga oshiriladi:
1. Maktab pedagogika jamoasi, ota-onalar qo‘mitasi, korxonalar va turar joylari, klublar, kutubxonalar, sport maydonlari bo‘yicha jamoatchilik kengashlari vazifasi aniq taqsimlangan holda tarbiyaviy ish rejalariga muvofiqlashtiriladi.
2. O‘qituvchilarning kuchi bilan ota-onalar va jamoatchilik vakillarini bolalar bilan ishlashning eng samarali pedagogik usullarini muntazam joriy qiladilar.
3. Tarbiyaviy ishlarning borishi na natijalarini sinchkovlik bilan o‘rganish, topilgan kamchilnklarning sabablarini aniqlash va uni bartaraf etish tadbirlari birgalikda amalga oshiriladi.
Xozirgi vaqtda bolalarning oiladagi tarbiyasini yaxshilashga aloxida ehtibor berilmokda.
Maktab ota-onalar bilan asosiy ishni ota-onalar ko‘mitasi orkali olib boradi. Umummaktab va sinf ota-onalar ko‘mitalarining faoliyati, umumta’lim maktablari ota-onalar ko‘mitasi Nizomida belgilangan. Bu qo‘mitalar ota-onalar yigilishida saylanadi. U bolalarga maktab va oila tarbiyaviy tahsirining yaxlitligini tahminlaydi, ilg‘or tajribani tarkib qiladi, umumiy majburiy ta’limni amalga oshirish ishida bolalar kasalligi va xukukbuzarliklarini oldini olish, o‘quvchilarni kasbga yunaltirish kabi tadbirlarida katnashadi, ko‘mitaning ishini rais boshkaradi, yirik maktablarda esa — prezidium, ko‘mitada umumiy majburiy ta’limni amalga oshirish, madaniy oqartuv va sport sog‘lomlashtirish ishlari buyicha doimiy yoki vaqtinchalik komissiyalar tuziladi. Komissiya ota-onalar faollariga keng suyanadi.
Umumiy majburiy ta’lim buyicha komissiya bolalarni maktabga qabul qilishda olti yoshlilar bilan ularni maktabga o‘qishga tayyorlashda, o‘quvchilar kontinentini saqlab qolish maqsadida alohida eg‘tiborni talab qiladigan kasal bolalar bilan ishlashda ishtirok etadi, bolalarning uy sharoitlarini o‘rganadi, yomon uzlashtiruvchilarga yordam uyushtiradi. Ayrim o‘quvchilarning tartibsizligi, uzlashtira olmasliklarinnng sababini aniklaydi va ular bilan ishlashda o‘qituvchilar, ota-onalar va jamoatchilikning faoliyatini -muvofiklashtiradi.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish