Tayanch so‘zlar: tarbiya faoliyat o‘z-o‘zini tarbiyalash qadriyatlar g‘oya tarbiya vositalari tushuntirish va hokazo.
Test savollari:
1. SHaxs shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar?
A) Oila, mahalla, maktab
B)Tashqi muhit, xarakter.
C) Jamoa, do‘stlar, oila.
*D ) irsiyat, muhit , ta’lim-tarbiya, shaxsning individual psixologik xususiyatlari.
2. Pedagogika fanining asoschisi kim?
*A) Ya.A.Komenskiy
B) I.Nyuton
C) Galiley
D) J.Brun
3-mavzu. Intellektual salohiyatli barkamol avlodni shakllantirish.
(2 soat amaliy)
Reja:
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning pedagogik taxlili.
Tarbiyaning milliy va umuminsoniy qadriyatlar qamrovida bo‘lishi.
Tarbiyada milliy urf-odatlar va anhanalar.
Intellekt so‘zi “Pedagogik atamalar lug‘ati”da -1) insonning aqliy qobiliyati; hayotni atrof -muhitni ongda aynan aks ettirish va o‘zgartirish, fikrlash, o‘qish -o‘rganish, dunyoni bilish va ijtimoiy tajribani qabul qilish qobiliyati; 2) turli masalalarni hal qilish, bir qarorga kelish, oqilona ish tutish, voqea- hodisalarni oldindan ko‘ra bilish layoqati; 3) shaxsning aql-idroki, zakovati, tashqi dunyoni idrok etish va ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish darajasi.
Intellektual-aql-zakovat egasiga xos bo‘lgan aqliy, ma’naviy, qobiliyat, salohiyat.
Intellektual mulk-ijodiy, aqliy faoliyat mahsuli.
Intellektuallik koeffitsienti-shaxsning turli test uslublari asosida aniqlanadigan aqliy rivojlanish ko‘rsatkichi, bilim saviyasi.
Intelligent-o‘qimishli, zakovatli, madaniy kishi, zakiy, ziyoli.
Intellekt so‘ziga“Falsafa ensiklopedik lug‘at” kitobida quyidagicha tahrif beriladi -(lot.intellectus-bilish, tushunish, idrok qilish)- insonning aqliy qobiliyati; hayotni atrof -muhitni ongda aynan aks ettirish va o‘zgartirish, fikrlash, o‘qish -o‘rganish, dunyoni bilish va ijtimoiy tajribani qabul qilish qobiliyati; turli masalalarni hal qilish, bir qarorga kelish, oqilona ish tutish, voqea- hodisalarni oldindan ko‘ra bilish layoqati; Intellekt tarkibiga idrok qilish, xotirlash, fikr yuritish, so‘zlash va h.k. psixik jarayonlar kiradi. Intellektning rivojlanishi tug‘ma istehdod, miya imkoniyatlari, jo‘shqin faoliyat, hayotiy tajriba kabi ijtimoiy omillarga bog‘liq. Intellekt saviyasi, darajasi inson faoliyatining natijalariga, shunningdek, psixologik testlarga qarab ham belgilanadi.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi davrida bilimli bo‘lish, intellektual salohiyat har qachongidan ham ahamiyatli bo‘lib qoldi. Dunyoda sodir bo‘layotgan globallashuv va integratsiya jarayonlari, jahon bozorlarida toboro kuchayib borayotgan raqobat, iqtisodiy-moliyaviy beqarorlik bugungi kunda fan va texnologiyalarining eng ilg‘or yutuqlarini tezlik bilan o‘zlashtirishni taqozo etadi.
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti kadrlarning intellektual salohiyati va professianallik darajasiga bog‘liq. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov 2012-yil 17-fevralda Toshkentda kadrlar tayyorlash milliy modelini yaratishda O‘zbekiston tajribasini o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro konfrentsiyaning ochilish marosimidagi nutqida “…faqat milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi zaruratini teran anglaydigan, zamonaviy bilimlarni, intellektual salohiyat va ilg‘or texnologiyalarni egallagan insonlargina o‘z oldimizga qo‘ygan strategik taraqqiyot maqsadlariga erishishi mumkin”,-deb bejizga aytmagan edi.
- Intellektual salohiyat O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida mamalakatni modernizatsiya qilish va rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqishning muhim shartidir.
- Intellektual salohiyat mamlakatda ijtimoiy- iqtisodiy barqarorlikni tahminlashning muhim omilidir.
- Intellektual salohiyat jamiyatda ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda, odamlarni yagona maqsad sari safarbar etishda muhim rol o‘ynaydi.
-Mamlakatda intellektual salohiyatning yuqori bo‘lishi uning xavfsizligini mustahkamlashga hizmat qiladi.
Qadimiy O‘zbekiston zamini ko‘p asrlar davomida fan va mahrifat o‘chog‘i, jahon tsivilizatsiyasi markazlaridan biri bo‘lib kelgan, ilmu mahrifatga intilib yashash esa xalqimiz mentalitetining ajralmas qismiga aylanib ketgan (I.A. Karimov)
Darhaqiqat xalqimizda ilm fanni komil insonni tarbiyalashning asosi deb qarash, yahni mahrifatparvarlik azaliy qadriyat hisoblanadi. Bunga tarixdan ko‘plab misollar keltirish mumkin.
Buyuk mutafakkir allomalarimiz ilm mahrifat asosida boshqariladigan davlatni, yahni bugungi kun tili bilan aytganda intellektual salohiyati yuqori bo‘lgan davlatni ideal davlat deb bilganlar.
Intellekt turlari
Amerikalik psixolog F.Frimen intellect 6 ta tarkibdan iborat, degan g‘oyani ilgari suradi va ularni quyidagicha ko‘rsatadi:
Sonli operatsiyalarga nisbatan qobiliyatlilik.
Lug‘at boyligi.
Geometrik shakllar orasidagi o‘xshaliksh va farqlarni ajrata olish uquvi.
Nutq surhati.
Fikrlashga qobiliyatlilik.
Xotira.
Tarbiya va uni amalga oshirish muammosi barcha zamonlarda ham dolzarb bo‘lib kelgan. chunki jamiyatning qay darajada taraqqiy etganligi shu jamiyatda yashayotgan odamlarning ma’naviy saviyasi bilan o‘lchanadi. Kasb-hunar kolleji, akademik litseylarda talabalar shaxsini kamolga yetkazish, ma’naviy boylikni, axloqiy komillikni, jismoniy mukammallikni o‘zida mujassamlashtirgan, jamiyat hayotida faol ishtirok etuvchi yoshlarni tarbiyalashni taqazo etadi.
Bakalavr pedagoglarni yetishtirib berishda tarbiyaviy ishlar pedagogikasi yuqorida tahkidlab o‘tilgan vazifalar bilan birga quyidagi mqsadlarni ham amalga oshiradi:
Bo‘lajak iqtisodchi pedagoglarda tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishga oid nazariy va amaliy bilimlarni, ko‘nikmalarni, malakalarni tarkib toptirish;
Talabalarni to‘g‘ri tarbiyalashda jamiyatimizda qabul qilingan axlok-odob mezonlariga mos keladigan axlokiy malakalarni shakllantirish.
Bo‘lajak pedagoglar, murabbiylar birinchi navbatda tarbiyachi va jamiyat siyosatini hamda mafkurasini yoshlar ongiga yetkazuvchi asosiy shaxs bo‘lganligi bois, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mohiyatini yana bir bor chuqur taxlil qilish, tasavvur qilish zarur.
1997 yil iyul oyida har ikki mehyoriy hujjat mazmuni o‘rganib chiqilib, umumxalq ehtiboriga havola etildi. Muhokama jarayonida bildirilgan fikr mulohazalar mashul komissiya tomonidan o‘rganildi.
Umumxalq muhokamasidan o‘tkazilgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilindi.
Mazkur hujjat Respublika ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar mazmunini ochib beruvchi muhim hujjatdir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadi – ta’lim soxasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iboratdir.
Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarish quyidagi vazifalar hal etilishini talab etadi:
- ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish va rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashish;
- Kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan tahminlash, pedagog faoliyatining nufuzi va ijtimoiy mavqeini ko‘tarish;
- ta’lim oluvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning va mahrifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
- ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilish sifatida baho berishning xolis tizimini joriy etish;
- Kadrlar tayyorlash soxasida o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va hokazolar.
Har qanday mamlakatning kuchi fuqarolarning ma’naviy yetishish, intellektual saloxiyati esa ta’lim tizimining mazmunini shaxsning har tomonlama shakllanishi uchun moddiy va mahanaviy shart-sharoitlarning mavjudligi, jamiyatda qaror topgan ijtimoiy sog‘lom muhit darajasi, shuningdek ijtimoiy munosabatlar mazmuni, aholining etnopsixologik xususiyatlari, axloqiy qarashlari va hayotiy ehtiqodlari asosida shakllantiriladi.
Komil inson va yetuk malakali mutaxasis milliy model mohiyatini to‘laqonli ifoda etadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli faqat ta’lim-tarbiyadangina iborat bo‘lib qolmay, bir-biriga bog‘lik ko‘pgina hayotiy bosqichlarni ham o‘z ichiga oladi. Milliy model – bu shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro hamkorligi, ularning bir-biriga aloqasini aks ettiradi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
SHaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh subhekti va obhekti, ta’lim soxasidagi xizmatlarning istehmolchisi va ularni amalga oshiruvchi.
Davlat va jamiyat – ta’lim va kadrlar tayyorlash faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari.
Uzluksiz ta’lim – malakali Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlari davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimini, tuzilmasi va faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi.
Fan yukori malakali mutahassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi.
Prezident Islom Karimov tomonidan aytilgan «Kuch – bilim va tafakkurda» degan hikmat bugun va ertagi kun uchun aytilgandir.
Hulosa kilib aytganda: «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan vazifalarni amalga oshirilishi barkamol shaxsni – insonni va shu tarika ongli jamiyatning shakllanishiga yahni yangicha ongga, tafakkurga ega bo‘lgan shaxslarning ko‘payishiga va bu o‘z navbatida ijobiy ravishda «Portlash effekti»ning sodir bo‘lishiga olib keladi.
Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Prezidenti «Tafakkur» jurnali bosh muxarririga bergan intervg‘yusida aytganidek «Ta’limning yangi modeli jamiyatimizning potentsial kuchlarini ro‘yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Har bir insonda muayyan darajada intellektual saloxiyat mavjud. Agar shu ichki quvvatning to‘lik yuzaga chikishi uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoit mavjud bo‘lsa, tafakkur har hil qotib qolgan eski tushuncha va aqidalardan halos bo‘ladi… Men «Portlash effekti» deganda aynan shunday holatni nazarda tutmokdaman».
Bizning nazarimizda zamonaviy o‘qituvchi qiyofasida quyidagi fazilatlar namoyon bo‘la olishi kerak:
1. O‘qituvchi jamiyatning ijtimoiy xayotda ro‘y berayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishish xamda bu borada o‘qituvchilarga to‘g‘ri, asosli mahlumotlarni berib borishi lozim.
2. Zamonaviy o‘qituvchi ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan habardor bo‘lishi talab etiladi.
3. O‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur, puxta bilimga ega bo‘lishi, o‘z ustida tinimsiz izlanishi lozim.
4. O‘qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilish, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil etilishi kerak.
5. O‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatlariga ega bo‘lmog‘i lozim.
6. O‘qituvchi ijodkor tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi shart.
7. O‘qituvchi yuksak darajadagi pedagogik maxoratga, chunonchi kommunikativlik layoqatiga ega bo‘lishi, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo‘l-oyoq va gavda xarakatlari mimika) qonuniyatlarini chuqur o‘zlashtirib olishga erishishi lozim.
8. O‘qituvchi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi uning nutqi quyidagi xususiyatlarni o‘zida aks ettira olishi kerak.
a) nutqning to‘g‘riligi;
b) nutqning aniqligi;
v) nutqning ifodaviyligi;
g) nutqning sofligi (uning turli sheva so‘zlaridan holi bo‘lib, faqat adabiy tilda ifoda etilishi) jargon (muayyan kasb yoki soha mutahassislariga hos so‘zlar), varvarizm (muayyan millat tilida bayon etilgan nutqda o‘zga millatlarga hos so‘zlarga o‘rinsiz ko‘llanishi), vulg‘garizm (hakorat qilish, so‘kishda qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda kantselyarizm (o‘rni bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy nutqlarda) so‘zlardan holi bo‘lishi, o‘qituvchi nutq sodda, ravon va tushunarli bo‘lishi kerak.
d) nutqning ravonligi;
j) nutqning boyligi (so‘zlar, makollar, matallar hamda ko‘chirma so‘zlardan foydalana olish).
9. O‘qituvchi kiyinish madaniyatiga (sodda, ozoda, bejirim kiyinishi), ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchining turli hil diqqatni tez jalb etuvchi bezaklar (oltin, kumush taqinchoklardan foydalanmasligi, fasl, yosh gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishni o‘zlashtirishga erishishi) ega bo‘lishi.
10. O‘qituvchi shaxsiy hayotida pok, atrofdagilarga o‘rnak bo‘la olishi lozim.
O‘qituvchi shaxsining mazkur talablarini o‘zida aks ettira olgan qiyofasi uning o‘qituvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o‘rtasida obro‘ ehtibor qozonishini tahminlaydi.
Yuqorida bayon etilgan fikrlarga tayanib quyidagi hulosaga kelishimiz mumkin:
1. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar mazmunini o‘zida aks ettirgan muhim mehyoriy xujjat bo‘lib, istiqbol uchun yo‘llanmadir.
2. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da alohida tahkidlangan Milliy modul – Respublikamizning milliy-xududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda ilgor fan, texnika va texnologiya yutuqlari vositalarida tayyorlangan kadr – komil inson va yetuk mutaxassis qiyofasini o‘ziga aks ettiruvchi mehyordir.
3. O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘grisida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g‘oyalarini amalga oshirish jarayonida o‘qituvchi kadrlar o‘ziga hos muxim rolni bajaradilar.
Barkamol inson va yetuk mutaxassis o‘qituvchilar qo‘lida kamolga yetar ekan, eng avvalo ularning shaxsi ham bir qator ijodiy, sifatlarni o‘zida aks ettira olishi lozim. SHundagina biz o‘zimiz orzu qilayotgan shaxsni tarbiyalay olishga muyassar bo‘lamiz.
Xalkimiz juda muhim mashuliyatli bir davrni boshidan kechirmoqda. Bu davr milliy uyg‘onish, milliy ongning tiklanishi va shakllanishi, millatning o‘zligini anglashi, hayotimizning barcha jabhalarida yangicha mezon va tamoyillarning rivojlanishiga bog‘lik o‘z ichiga oladi.
SHu bilan birga davlatimiz rahbari Islom Karimov tahkidlaganidek: «Ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasi biz uchun umummilliy, umumdavlat miqyosidagi vazifa bo‘lib, bu ezgu maqsad yo‘lida amalga oshirayotgan ishlarimizni izchil va qathiyatlik bilan davom ettirish bugungi siyosatimizning diqqat markazida turganini» alohida qayd etish lozim.
«Milliy istiqlol goyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolada komil inson g‘oyasi – ham milliy, ham umumbashariy mohiyatga ega bo‘lgan, odamzodga hos eng yuksak ma’naviy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan, uni xamisha ezgulikka undaydigan oliyjanob g‘oya ekanligi aloxida tahkidlanadi. Komil inson g‘oyasi – kqdimdan halkimizning ezgu orzusi va milliy falsafamizning markaziy masalalaridan biri bo‘lib kelgan»….
Milliy istqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan bo‘lgan komil inson g‘oyasining ma’naviy, axlokiy negizlari dastlab insoniyat tarixidagi eng qadimgi tarixiy yozma manbaalaridan biri «Avesto»da qayd etilgan.
Odamzodning eng muhim ma’naviy extiyojlaridan biri shu ki, u hamisha komillikka intilib yashaydi. «Avesto»da o‘zbek xalki ajdodlari dunyodagi eng qadimgi va qudratli, ma’naviyatli inson sifatida tilga olinadi. Zardusht ta’limoti odamzodni yer yuzida farovon yashashga, tinchligi va inson manfaatlariga alohida ahamiyat beradi, tirik hayot tamoyillariga chukur ehtirom ko‘rsatadi. «Avesto» o‘gitlari uch muhim asosga – ezgu niyatga, ezgu fikrga, ezgu amallarga, shuningdek, adolat va haqiqatga tayangan.
Farobiyning ta’limotida komil inson muammosi shu bilan bevosita bog‘lik bo‘lgan jamiyatni mukammallashtirish, fozil jamoa kurish, insonga baxt-saodat eshiklarini ochish vositalarini yaratish masalalari markaziy o‘rinni egallaydi.
«Kitob al axl al-madina al-Fozilo» («Fozil shaxar odamlarining qarashlari hakida risola») asarida tahkidlashicha, insonning bu olamga kelishi va yashashidan maksad – baxt-saodatga erishishdan iboratdir. Baxt-saodat eshiklarining kaliti insonning o‘z qo‘lidadir: bu maqsadga odamlar fazilatli ishlari va yaxshi ahloqiy sifatlari sohiblari bo‘lish orqali erishadilar.
Fozil jamoa (Farobiy fozil shahar ahli, deydi) odamlarning turmush tarzi va faoliyati boshqa nomukammal shaxar odamlarining turmushidan farqi shundaki, «bir gurux (fozil) odamlar birgalikda ana shu xislatlar (fazilatlar)ga ega bo‘lishsa (yahni, birida bu, ikkinchisida u, uchinchisida yana boshka (go‘zal) hislatlar bo‘lsa), ana shu fozillar guruxini yurt rahbarligiga ko‘yish zarur. SHu guruxning ahzolari birlashib, o‘zaro kelishib xarakat qilsa, har biri fozil odam bo‘lishi mumkin, Fozillar shahri, uning aholisi, ularning dillari erishadigan baxt-saodat nima ekanligini bilishlari zarur. Yana … Fozillar shahri axolisi oxiratda nelarga erishuvini, nelardan (qanday ijtimoiy illatlardan – M.J.) saqlanishini bilishlari zarur».
Fozil shahar yoki ideal davlat oqil talablari, adolat va mahabbat asoslari ustiga quriladi. Jamoat hayotining osoyishtaligi, kishilar o‘rtasidagi hamjixatlik, hamkorlik, jamiyatning yaxlitligi, adolatli siyosat va undan kelib chiqadigan namunali ishlari orqali tahminlanadi xamda yuzaga chiqadi.
Adolat tushunchasi, Farobiyning fikricha kishilarning bir-biriga bo‘lgan muhabbatiga asoslanadi. Muhabbat esa fozil shahar odamlarining fazilatli ishlariga moyilligidan kelib chiqadi hamda ularning baxtiga erishish uchun nimalarni bilish va qanday vositalardan foydalanish mumkinligi to‘grisida xamfikrligi va umumiy intilishlariga asos bo‘ladi.
Farobiy ta’limotiga ko‘ra, nazariy jixatdan bilimga ega bo‘lish, amaliy jixatdan baxtga erishish vositalarini, yo‘llarini bilish kerak ekanligi, yahni nazariya bilan amaliyotning birligi shart qilinadi.
Komil inson faoliyatida bilim va yetuk axlok uzviy ravishda bir-biri bilan boglangandir: bilim narsalarning mohiyatini, ichki sababiyatlarini bilish imkonini beradi, axlok (ma’naviyat) esa, odamni yaxshi fazilatlarga dahvat etadi. CHunki kamolotga erishish odamdan o‘zining so‘nggi maqsadi – baxtga yetish, baxtni ko‘lga kiritish uchun foydali narsalarni bilishni talab qiladi.
Farobiy ruh tarbiyasi tan (vujud) tarbiyasidan ustun degan fikrni ilgari surmaydi, balki ular o‘rtasidagi muvozanat, uygunlik ko‘zda tutiladi. CHunki, sog‘lom tanda ruh o‘z hatti-harakatlarini to‘larok bajarish imkoniyatiga ega bo‘la oladi, tan hastaligi ruh vujud va uning qismlari yordami bilan qilinadigan xarakatlardan ham mahrum etilishi mumkin.
Ammo davlat arbobining nafs hastaligini davolashdan maqsadi unda yaxshi fazilatlarni, yuksak ahlokiy sifatlarni shakllantirishdan, ruhni soglomlashtirish orqali insonni tarbiyalashdan iboratdir. Xukmdor yuksak mahoratli shifokor sifatida jamiyatning va fukarolarning ruhiy sog‘lomligini tahminlash lozim, bu maqsadga hukmdor davlat boshkaruv sanhatini mukammal egallash yo‘li bilan erisha oladi deyiladi.
Komil inson muammosi, uning turmush tarzi, yashash tamoyillari, ahlokiy kamol topish yo‘llari va baxtga erishish vositalari hususida Farobiy uni shunday targ‘ib etib yozadi:
O‘zida o‘n ikki tug‘ma hislatni birlashtirgan kishigina ahlokli odam bo‘la oladi:
birinchidan, bunday odamning barcha ahzolari shu darajada mukammal tarakkiy etgan bo‘lishi zarurki, u bu ahzolari bilan bajarmokchi bo‘lgan barcha ishlarni osonlik bilan amalga oshira olsin;
ikkinchidan, barcha masalani, muhokama va muloxazani tezda va to‘g‘ri tushuna oladigan, uning mahnosini anglay oladigan, so‘zlovchining maqsadi, aytilgan fikrining chinligini tezda paykay oladigan bo‘lsin;
uchinchidan, xotirasi juda baquvvat bo‘lsin, ko‘rgan-eshitgan, sezgan narsalarining birortasini xam esidan chiqarmay, yodida saqlab qoladigan bo‘lsin;
to‘rtinchidan, zehni shu darajada tez va o‘tkir bo‘lsinki, biror narsaning alomatini sezishi bilan bu alomat nimani bildirishligini ravon va ravshan bayon eta olsin;
beshinchidan, so‘zlari anik bo‘lsin, fikrini va aytmokchi bo‘lgan mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta olsin;
oltinchidan, bilish va o‘qishga muhabbati bo‘lsin, o‘rganmoqchi bo‘lgan bilimini charchashni sezmasdan osonlik bilan o‘zlashtira olsin;
ettinchidan, ovqatlanishda, ichimlik istehmol etishda ochko‘z bo‘lmasin, tabiati qimor o‘yinlarini o‘ynashdan uzok bo‘lsin va ular keltiradigan xursandchilikdan jirkanadigan bo‘lsin;
sakkizinchidan, hakikatni va hakikat tarafdorlarini sevadigan bo‘lsin, yolgon va yolgonchilarga nafrat bilan qaraydigan bo‘lsin;
to‘qqizinchidan, ruhining g‘ururi va vijdonini kadrlaydigan bo‘lsin, uning ruhi o‘z tabiati bilan past ishlardan yukori va oliyjanob ishlarga ishlatiladigan bo‘lsin;
o‘ninchidan, dirxam, dinor va shu kabi turmush buyumlariga jirkanish bilan karasin;
o‘n birinchidan, o‘z tabiati bilan adolatni sevadigan va adolat uchun kurashuvchilarga, adolatsizlikka, jabr-zulm o‘tkazuvilarga nafrat bilan qaraydigan bo‘lsin, o‘z odamlari va boshqalarga adolatli bo‘lsin, go‘zal va yaxshi xisoblangan narsalarni barchaga takdim etgan holda odamlarini adolatga targ‘ib etadigan, adolasizlik oqibatlarini yo‘qotadigan, ularga yo‘l qo‘ymaydigan bo‘lsin
o‘n ikkinchidan, adolatli bo‘lsin, ammo qaysar bo‘lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib, o‘zi bilarmonlikka berilmasin, lekin har qanday adolatsizlik, pastkashlik oldida lavzli bo‘lsin, o‘zi zarur deb bilgan narsani amlaga oshirishda qathiylik ko‘rsatsin, ko‘rkmasin, jasur bo‘lsin, qo‘rkish va ojizlikni bilmasin.
Buyuk vatandoshimiz Abu Rayxon Beruniy ahlokiy ideali – tirikilikni o‘z mehnati bilan o‘tkazuvchi, birovlarning ko‘ngliga ozor bermaydigan, mol-mulkiga va joniga qasd qilmaydigan, aksincha miskinu-g‘ariblarga yordam beradigan odamdir. Uning tasavvuridagi komil inson o‘z or-nomusi bilan va qadr-qimmatini saqlagan, oliyjanob muruvvat egasi. Oliyjanob, odam o‘zining joni va o‘zining mulkidan boshka hech narsaga egalik qilmaydi, qonunan o‘ziga tegishli mulkni boshkaradi».
Alloma «qadimgi halklardan qolgan yodgorliklar» («Osar ul-boqiya») asarida qadimgi Eron podshohlarining raiyatini boshqarish odatlari hakida hikoya qiladi. Rivoyatga ko‘ra, Eron shoxlari Hur Moh Xurram Ro‘z oyining birinchi kuni xalk bilan uchrashar ekanlar.
Jamiyatdagi zulmni, yovuzlikni yo‘kotish, uni to‘gri yo‘lga solishdagi muxim vositalardan biri sifatida alloma hukmdorlar va ularning atrofidagi noiblarning nafsini tarbiyalash, ularda ezgu insoniy fazilatlarni shakllantirish orqali ochko‘zlik, xudbinlik, garazgo‘ylik, munofiqlik kabi illatlardan halos etish zarurligini tavsiya etadi.
Ilm insonga yaxshilik bilan yomonlikni ajratish imkonini beradi, kalbni poklaydi, ravshanlashtirada, ruxni soglomlashtiradi va mustahkamlaydi. Ilm tufayli inson nafs illatlaridan halos etiladi. Nafs o‘z mohiyatini taniydi va pirovard-natijada inson o‘zini anglaydi. SHu sababli Beruniy ilm olish, ilm tarkatish xukmdorlarning eng muxim vazifalaridan biri ekanligini kayd etadi; «Ilm soxalari ko‘p, ular yanada ko‘paymokda».
Jamiyatda qonunchilik hukmron bo‘lgandagina, yovuzlik va undan kelib chikadigan ochko‘zlik, yirtkichlik, nodonlikka barham berilgandagina ilm-mahrifatning oldidagi buyuk vazifasi – insonlar qalbini tozalash, jamiyatni ma’naviy jihatdan sog‘lomlashtirish, odamlarini kamol toptirish kabi ishlarni amalga oshirish imkoniyatlari tug‘iladi.
Pokiza hulk-atvor, go‘zal ahlok-odob, halollik – mahrifat va komillik manbaidir. Halol va mahrifatli komil kishilar insonlar millatning yorkin ko‘zgusidir. Xuddi shunday kishilar umumxalk va o‘zi yashayotgan davlat manfaati va ravnaqi yo‘lida kaygurishga qodirdirlar.
Komil insonlar – odamgarchilik, mardlik va muruvvatlilik kabi go‘zal fazilatlarga ega bo‘ladilar. Ular hakida Abu Rayxon Beruniy shunday deb yozadi: «Odamgarchilik, yahni muruvvatli mard kishi o‘zidagi va o‘ziniki ekanligiga xech kim tortishib o‘tirmaydigan narsadan boshkasiga egalik kilmaydi».
Hulosa qilib shuni aytish mumkinki, Beruniyning ahlokiy, ijtimoiy ideali insonparvarlik, halkparvarplik, adolatparvarlik kabi fazilatlarga ega bo‘lgan jo‘mard shaxs, komil insondir.
Komil inson g‘oyasini yana bir yuksak pog‘onaga ko‘targan alloma – Abu Ali ibn Sinodir. Buyuk donishmand odamlarning jamiyat hayotida bir-birlaridan farqi va bunday farqlanishning asosiy sabablarini ko‘rsatadi. Bu masalada asosan ikki omil ko‘zda tutiladi: kishilarning hulk-atvorlari, urf-odatlari va turli xalklarning yashash tabiiy-geografik shart-sharoitlari.
Mana shu ikki omilni bir-biriga qiyos qilar ekan, Ibn Sino birinchi o‘ringa jamiyat hayotidagi ahlokiy munosabatlarni qo‘yadi. CHunki ahloqiy munosabatlar, uning fikri bo‘yicha xalqning ma’naviy sog‘lomligini belgilaydi, ilm-fan va madaniyatning ravnak topishiga yordam beradi, jamiyatning ma’naviy-ahloqiy sog‘lomligi va sobitligini tahminlaydi. Jamiyatning ma’naviy-ahloqiy sog‘lomligi kishilarni o‘zaro xamjixatlikka va xamkorlikka undaydi, ularda bir-birlariga mehr-muhabbat va ishonch tuyg‘ularini shakllantiradi, odamlarni jipslashtirib, har qanday yovuzlik va adolatsizlikning yo‘qotilishi uchun zamin yaratadi.
Komil insonning ma’naviy kamoloti uning go‘zallikka intilishida ifodalanadi. Go‘zallikka erishish vositasi muhabbatdir. Insonning ma’naviy jihatdan kamol topishi uning nafsini tarbiyalash orqali amalga oshadi Bu g‘oyalar Ibn Sinoning «Risola fil-ishk» asarida har tomonlama keng bayon qilingan. Alloma muhabbatga insonni ma’naviy kamolot sari eltuvchi muhim vosita sifatida qaraydi. Insonning ichki go‘zalligi – go‘zal xulqlari, yuksak ma’naviylikka moyilligi ko‘p jihatdan uning tashqi ko‘rinishidagi husnidan afzalroqdir deydi Ibn Sino. Tashqi qiyofasi chiroyli odamning ichki olami mayib, tashqi qiyofasi hunuk odam go‘zal ahloqiy sifatlar sohibi bo‘lishi mumkin. SHuning uchun insondagi jismoniy go‘zallik bevosita uning insoniy nafsi bilan bog‘lik ichki go‘zalligi bilan belgilanmaydi: ichki ahloqiy go‘zallikning tashqi go‘zallikdan afzalligi shubxasizdir.
Demak, Ibn Sinoning fikriga ko‘ra, hayolan fikrda go‘zal narsalarni mushoxada qilish – ayni vaqtda olam hodisalarini faol o‘rganish, kuzatish va bilish demakdir. Manna shunday mushohada orkali inson ma’naviy kamolot sari yuksaladi. Bu jarayonda nafsning xar uch kismi ishtirok etadi: Nafsning quyi qismlari aqliy (insoniy) nafs bilan hamkorlikda bo‘ladi. Ular ham, yahni nafsning kuyi kismlari aqliy faoliyat bilan uzviy ravishda bog‘langan xolda kamolotga erishish kobiliyatiga egadir.
Inson o‘zining aqliy faoliyati bilan yuksak g‘oyalarni mushohada qilish orqali lazzatlanishi mumkin. Aqliy faoliyatdan mamnuniyatli hisob qilish – inson uchun eng oliy darajali lazzatdir. hissiy lazzatlar (maishat, shaxvoniylik) tashqi kuchlarining tahsiri bilan paydo bo‘ladi.
Ma’naviy lazzatlanish, mamnun bo‘lish nafsning aqliy (insoniy) kuch-quvvatidan paydo bo‘ladi va insonni ma’naviy yuksalish sari eltadi.
SHayx Aziziddin Nasofiy komil (etuk) inson hakida so‘z yuritar ekan, bunday odam yuksak ahloqli, o‘zini tanigan, dunyoviy va ilohiy bilimlarini egallagan bo‘lishi zarur, deb aytadi. «Bilgilik, - deydi Nasofiy, - Komil inson shariat, tariqat va haqiqatda yetuk bo‘lgan odamga aytiladilar va agar bu iborani tushunmasang, boshka ibora bilan aytayin: bilgilki, komil shunday insondirkim, unda quyidagi to‘rt narsa kamolga yetgan bo‘lsin: yaxshi so‘z, yaxshi fehl, yaxshi ahloq va mahorif».
Do'stlaringiz bilan baham: |