1-мавзу: Тарбиявий ишлар методикаси фанининг



Download 1,25 Mb.
bet15/60
Sana05.07.2022
Hajmi1,25 Mb.
#742910
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60
Bog'liq
2.03. Tarbiyaviy ishlar metodikasi

O‘rta asrlar sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi haqida nima bilasiz?
Prezidentimizning “Buyuk tarixga ega bo‘lgan xalqning ma’naviyati ham buyuk bo‘ladi” degan fikrini izohlab bering.
Shundan so‘ng o‘qituvchi sinfni bir necha guruhga ajratib, o‘quvchilarning yuqoridagi savollarga javoblarining taqdimotini o‘tkazishi mumkin.
Dars davomida o‘qituvchi quyidagi tezislarni o‘quvchilarga taqdim etadi:
Sharq alloma va mutafakkirlarining ilmiy merosi faqat bir millat yoki xalqning emas, balki butun insoniyatning ma’naviy mulki;
Sharq mutafakkirlari buyuk ilmiy kashfiyotlarining tarixiy ahamiyati.
Ushbu mavzu bo‘yicha bir necha o‘quvchining javoblari eshitiladi. So‘ng o‘qituvchi mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Ta’lim to‘g‘risidagi Qonunlarning qabul qilinishi, 9+3 sxemasi bo‘yicha 12 yillik umumiy majburiy bepul ta’lim tizimining joriy etilishi, undan ko‘zlangan maqsad haqida mahlumot beradi.
Bugungi kunda yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti ekanligi haqidagi fikr singdiriladi.
Dars so‘ngida o‘qituvchi o‘quvchilarning bilimlariga qo‘yilgan baholar e’lon qiladi.
Hozirgi globallashuv davri ma’naviy tahdidlar, yahni xalqlarning tili, dini, ehtiqodidan qathiy nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarga boy bo‘lib, doimiy hushyorlikni talab etadi.
Shu ma’noda Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida keltirilgan ushbu ta’rif metodologik ahamiyatga ega: “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”.
O‘quvchi yoshlarimizga shaxs sifatida yondashish, ularda erkin fikrlash, hayotga mashuliyat bilan munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, tarbiyada yuz berishi mumkin bo‘lgan bo‘shliqlarning oldini olish, ularning boy dunyoqarashini shakllantirishda tarixiy merosimizning o‘rni katta.
Bizning zaminimizda yashab o‘tgan buyuk ajdodlarimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Forobiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, Mirzo Ulug‘bek va boshqa allomalarimizning o‘lmas bebaho asarlari, ilmiy merosi yoshlarimizning bebaho ma’naviy mulkiga aylanishi ustida bosh qotirishimiz kerak.
O‘quvchi-yoshlarimizni kitobsevarlikka o‘rgatish orqali bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo‘lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, sanhat, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, astronomiya, mehmorchilik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar ularning ma’naviy boyligiga aylanishi zarur.
Muqaddas islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g‘arazli xuruj va hamlalardan, tuhmat va bo‘htonlardan himoya qilish, uning asl mohiyatini unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizga to‘g‘ri tushuntirish, islom madaniyatining ezgu g‘oyalarini keng targ‘ib etish vazifasi hamon dolzarb bo‘lib turar ekan, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Bahovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro, Xo‘ja Ahrori Valiy singari aziz avliyolarning ta’limotlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari, ya’ni ular haqidagi ixcham kinofilg‘mlar, disklar, animatsiyali tasvirlar, videokliplar yordamida yoshlarning didiga mos tarzda tushuntirib borishimiz zarur.
Bu ishlar ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy merosini targ‘ib qilish, yosh avlodda madaniy yodgorliklar, tarixiy obidalarni asrash, shuningdek, xalq og‘zaki ijodini, milliy musiqa sanhati namunalarini to‘plash, hozirgi kunda yaratilayotgan moddiy va ma’naviy mulkni avaylab-asrash bo‘yicha tarbiyaviy ishlarni kuchaytirishimiz zarur.
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:
O‘rta asrlar sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi haqida nima bilasiz?
Prezidentimizning “Buyuk tarixga ega bo‘lgan xalqning ma’naviyati ham buyuk bo‘ladi” degan fikrini izohlab bering.


Test savollari:
Prezident Islom Karimovning keltirilgan ushbu ta’rifi qaysi asarida keltirilgan: “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-ehtiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”.
*A) Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch
V) Barkamol avlod orzusi


S) O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat


D) Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir



Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish