4-bosqich: Mustahkamlash
|
Mustahkamlash uchun savollar
|
individual ishlash
|
10 min
|
5-bosqich:
Dars yakuni
|
Bugungi mashg’ulotda Siz uchun nima tushunarli va nima tushunarsiz bo’ldi?
(Darsning uch asosiy g’oyasini ayting).
Nima tushunarsizligicha qoldi?
Siz qanday xulosa chiqardingiz?
|
Guruhni baholash
|
10 min
|
6-bosqich: Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar (uyga vazifa)
|
Mustaqil va uyda bajariladigan topshiriqlar ilova qilinadi.
|
Topshiriq
|
5
|
Tinchlik va barqarorlik bo‘lsagina ilm-fan sohasida o‘sish, taraqqiyot hukm suradi. Tinchlik va barqarorlik bor mamlakatda ilm-fan markazlari, ta’lim muassasalari ravnaq topadi. Eng asosiysi, ta’lim-tarbiyaning rivojalanishiga e’tibor yanada kuchayadi.
Prezidentimiz tahkidlaganlaridek, O‘rta asrlar SHarq tarixi shundan dalolat beradiki, madaniyat va ta’lim-tarbiya, tibbiyot, adabiyot, san’at va arxitektura sohalaridagi beqiyos yuksalish, ilmiy maktablarning vujudga kelishi, yangi-yangi istehdodli avlodlar to‘lqinining paydo bo‘lishi va voyaga yetishi — bularning barchasi, birinchi navbatda, iqtisodiyot, qishloq va shahar xo‘jaligining ancha jadal o‘sishi, hunarmandlik va savdo-sotiqning yuksak darajada rivojlanishi, yo‘llar qurilishi, yangi karvon yo‘llarining ochilishi va avvalambor nisbiy barqarorlikning tahminlanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan.
Bu ko‘hna tuproqda milodgacha bo‘lgan davrda va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, hali-hanuz o‘zining ko‘rku tarovatini saqlab kelayotgan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan o‘lkamizda dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyati, me’morlik va shaharsozlik sanhati yuksak darajada rivojlanganidan dalolat berib turibdi.
Mamlakatimiz tarixini o‘rganar ekanmiz, madaniyat va ta’lim-tarbiya, tibbiyot, adabiyot, san’at va arxitektura sohalaridagi beqiyos yuksalish, ilmiy maktablarning vujudga kelishi, iqtisodiyot, qishloq va shahar xo‘jaligining ancha jadal o‘sishi, hunarmandlik va savdo-sotiqning yuksak darajada rivojlanishi, yo‘llar qurilishi, yangi karvon yo‘llarining ochilishi va avvalambor tinchlikning tahminlangani bilan bog‘liq ekanligiga amin bo‘lamiz.
XI-XIII asrlarda asos solingan Xorazm davlati, Fors ko‘rfazigacha bo‘lgan hududlardagi qo‘shni xalqlar yerlarini birlashtirgan holda, Osiyo qithasining katta qismini qamrab olgan.
Milodgacha bo‘lgan II asrdan milodiy XV asrga qadar qadimiy xalqaro transport arteriyasi vazifasini bajarib, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo, O‘rta va Yaqin Sharq, O‘rta Yer dengizi mintaqasi kabi hudud va mamlakatlarni bog‘lab kelgan Buyuk Ipak yo‘li nafaqat ushbu hududlar o‘rtasida savdo-sotiq aloqalarini, balki qit’alar va davlatlar o‘rtasida axborot almashuvini ta’minlashga ham xizmat qilgan.
Yangi texnologiya va ishlanmalarning (ipak, chinni buyumlar, porox, qog‘oz va boshqa ko‘plab mahsulotlar) tez tarqalishida, qishloq xo‘jaligi ekinlari va agrotexnologiyalarning, shuningdek, madaniy qadriyatlarning rivojlanishida muhim vosita vazifasini bajargan va shu tariqa sivilizatsiyalararo muloqot va texnologiyalar almashuvi uchun shart-sharoitlar yaratgan.
Shu bilan birga, Buyuk ipak yo‘li orqali Yevropaga, Yevropadan esa Osiyoga Sharq va G‘arb olamidagi ulug‘ alloma va mutafakkirlar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar yetkazilgan. Sokrat, Platon, Aristotel, Ptolomey va antik davrga mansub boshqa buyuk allomalarning ilmiy asarlari, g‘oya va kashfiyotlarini o‘rganish uchun amaliy imkoniyat vujudga kelishiga ham sabab bo‘lgan.
Osiyoda tibbiyot ilmining rivojlanishi chuqur asoslarga borib taqaladi. Bunda Markaziy Osiyoning Buyuk ipak yo‘lining muhim savdo yo‘llari chorrahasida joylashganligining ahamiyati kattadir. Chunki, Buyuk ipak yo‘li xalqlarning o‘zaro madaniy aloqalariga ham imkon yaratgan. U orqali O‘rta osiyolik olimlar Qadimgi Xitoy, Qadimgi Hindiston, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim tibbiyoti qo‘lga kiritgan yutuqlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lgan.
Ayniqsa, o‘rta asrlarda Buyuk ipak yo‘lida Movarounnahrning ustuvor mavqega ega bo‘lishi yurtimiz ilm-fanining, jumladan, tibbiyot ilmining rivojlanishiga omil bo‘lgan.
Shu davrdan boshlab, tibbiyot ilmi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan farmatsevtika sohasi ham shakllana boshlagan. Bu davrga kelib O‘rta Osiyo shaharlarida maxsus dorixonalar va shifoxonalar mavjud bo‘lganligi Poykendda olib borilgan qazishmalar davomida tasdiqlangan.
Qadim shaharda ochilgan xonalarning birida tibbiyotda va farmatsevtikada qo‘llaniladigan asboblar jamlanmasi qayd etilgan. Topilmaning ahamiyati shundaki, ular orasida bugunda tibbiyotda murakkab jarrohlik amaliyotlarida qo‘llaniluvchi asboblarga o‘xshash asboblar uchraydi. Bu o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda tibbiyot ilmining rivojlanishi natijasida murakkab jarrohlik amaliyotlari ham o‘tkazilganligini tasdiqlaydi. Qomusiy olimlarimizdan Al-Xorazmiyning ilmiy bilimlar sohasidagi kashfiyotlari, Abu Nasr Farobiyning fozil inson kontsepsiyasi, Abu Rayhon Beruniyning ilmiy bilish yo‘llari, usullari, ilm-hunarni egallash metodlari, axloqlilikning belgilari va uni tarkib toptirish usullariga oid qarashlari, Abu Ali ibn Sinoning aqliy, axloqiy, jismoniy kamolotga oid ta’limoti, ta’limiy-axloqiy asarlar barkamol inson tarbiyasida muhim o‘rin tutadi.
Shu sababdan milliy qadriyatlarimiz, odob-axloqni belgilab beruvchi “Avesto”, muqaddas kitobimiz Qur’oni Karim, Muhammad alayhissalom hadislari, shuningdek, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Bahovuddin Naqshband, Az-Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Shayx Najmiddin Kubro, Mahmud Qoshg‘ariy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy kabi mo‘tabar zotlarning tarbiya sohasidagi boy merosini o‘rganish alohida ahamiyatga ega.
Butun dunyoda buyuk ajdodlarimizning so‘nmas dahosiga hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini o‘rganishga qiziqish hamisha yuqori bo‘lgan. Buning tasdig‘ini turli mamlakatlarda ularning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar yaratilgani, ulug‘ ajdodlarimiz xotirasiga yodgorliklar barpo etilganida ham ko‘rish mumkin. Belgiya va Latviyada Ibn Sinoga, Latviyada Mirzo Ulug‘bekka, Yaponiya, Rossiya va Ozarbayjonda Alisher Navoiyga, Misrda Ahmad Farg‘oniyga o‘rnatilgan haykallar xalqimiz tarixiga chuqur hurmat ifodasidir.
O‘rta asrlarda yashab ijod qilgan, jahon sivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa qo‘shgan. Sharq allomalari va mutafakkirlarining qomusiy bilimlari oldida hayratlanamiz. Afsuski, o‘sha tarixiy davrlarda yuz bergan har xil fojialar, urushlar, tabiiy ofatlar natijasida ular qoldirgan buyuk merosning, bir qismigina bizgacha yetib kelgan, xolos. Tarixning zulmat va jaholat hukmronlik davrlarida olimlar quvg‘in va ta’qibga uchrashi, shunday paytda ham irodali va qatiyatli bo‘lib o‘z maqsadi va intilishidan qaytmasligi o‘sha davrni jasorati siftida e’tirof etish mumkin.
O‘z davrida hozirgi zamon ilm-fanining ilk poydevorini qo‘ygan va rivojlantirgan ajdodlarimiz qadim-qadimlardan G‘arb Sharq xalqlari yaratgan tafakkur, g‘oya, kashfiyotlar va donishmandlikni sinchiklab o‘rganganlar. Shuning uchun ham o‘rta asrlarda G‘arbda “Nur Sharqdan taraladi” degan iboraning paydo bo‘lishi ham bejiz emas.
Buyuk tarixga ega bo‘lgan xalqning ma’naviyati ham buyuk bo‘ladi. Chunki buyuk ma’naviyatga ega bo‘lmagan xalq, buyuk tarix yaratolmaydi. Qomusiy olimlarimizdan Al-Xorazmiyning ilmiy bilimlar sohasidagi kashfiyotlari, Abu Nasr Farobiyning fozil inson kontsepsiyasi, Abu Rayhon Beruniyning ilmiy bilish yo‘llari, usullari, ilm-hunarni egallash metodlari, axloqlilikning belgilari va uni tarkib toptirish usullariga oid qarashlari, Abu Ali ibn Sinoning aqliy, axloqiy, jismoniy kamolotga oid ta’limoti, ta’limiy-axloqiy asarlar barkamol inson tarbiyasida muhim o‘rin tutadi.
Shu sababdan milliy qadriyatlarimiz, odob-axloqni belgilab beruvchi “Avesto”, muqaddas kitobimiz Qur’oni Karim, Muhammad alayhissalom hadislari, shuningdek, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Bahovuddin Naqshband, Az-Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Shayx Najmiddin Kubro, Mahmud Qoshg‘ariy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy kabi mo‘tabar zotlarning tarbiya sohasidagi boy merosini o‘rganish alohida ahamiyatga ega.
O‘z davrida hozirgi zamon ilm-fanining ilk poydevorini qo‘ygan va rivojlantirgan ajdodlarimiz qadim-qadimlardan G‘arb Sharq xalqlari yaratgan tafakkur, g‘oya, kashfiyotlar va donishmandlikni sinchiklab o‘rganganlar. Shuning uchun ham o‘rta asrlarda G‘arbda “Nur Sharqdan taraladi” degan iboraning paydo bo‘lishi ham bejiz emas.
Buyuk tarixga ega bo‘lgan xalqning ma’naviyati ham buyuk bo‘ladi. Chunki buyuk ma’naviyatga ega bo‘lmagan xalq, buyuk tarix yaratolmaydi. O‘qituvchi dars mavzusi bo‘yicha qisqa ma’lumot bergach, o‘quvchilarga faollashtiruvchi savollar bilan murojaat qiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |