1-mavzu: Tadbirkorlik va soliqning mohiyati, ahamiyati



Download 27,3 Kb.
bet1/4
Sana01.07.2022
Hajmi27,3 Kb.
#724141
  1   2   3   4
Bog'liq
маъруза 1


1-MAVZU: Tadbirkorlik va soliqning mohiyati, ahamiyati.
Reja:
1.Tadbirkorlikning nazariy rivojlanishi, faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy asoslari hamda tur va shakllari.
2.Xususiy tadbirkorlikning rivojlantirishni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashning xorij tajribasi.
3. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va ularning ahamiyati.
4. Soliq elementlari va soliqqa tortish tamoyillari.


Tayanch iboralar: Tadbirkorlik, xususiy tadbirkorlik, kichik biznes, konsalting, soliqlar, majburiy to’lovlar, yig’im, fiskal, soliq ob’yekti va sub’yekti.


1.1.Tadbirkorlikning nazariy rivojlanishi, faoliyatining iqgisodiy, ijtimoiy, huquqiy asoslari hamda uning tur va shakllari.
Tadbirkorlik tarixiy ijtimoiy - iqtisodiy kategoriya bo`lib, u tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyati to`g’risidagi turlicha qarashlar mavjudligi bilan tavsiflanadi. Bu faoliyatning ilmiy, tashkiliy, huquqiy asoslarini va uning amal qilish mexanizmlarini tadqiq etish taqozasi kuchayib borganligidadir.
«Tadbirkorlik» tushunchasi XVIII asrda shakllangan bo`lsada, uning evolyutsiyasi bizning zamonda ham davom etmoqda. Bu tushuncha o`sha davrdagi mashhur iqtisodchilari R.Kantil’on, A.Tyurgo, F.Kene, A.Smit, J.B.Sey va boshqalar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini ilmiy tadqiq qilish natijasida shakllangan.
Birinchi marotaba iqtisodiy adabiyotlarda «tadbirkor­lik» iqtisodiy kategoriyasi 1723 yilda Parijda chop etilgan «Всеобщий словарь коммерции» lug’atida berilgan. O`sha davrda tadbirkorlik faoliya­tiga asos solingan bo`lib, u tadbirkorlik erkinligiga va raqobatlariga asoslangan edi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi iste`molchilarning erkinligi va ularning istagan buyumlarini tanlash va xarid qilish qobiliyatlariga ham bog’liq deb hisoblangan.
Tadbirkorlik faoliyatiga birinchi marotaba ilmiy tus bergan olim ingliz iqtisodchisi Richard Kantil’on hisoblanadi. Tadbirkorlik nazariyasining asoschisi Richard Kantil’on tadbirkorlik faoliyatiga baho berib, tadbirkorlar «foyda olish maqsadida o`zlarini o`tga-cho`qqa urib bo`lsa ham, bozor ayirboshlashiga intiluvchi kishilarning yangi qatlami paydo bo`ldi» degan edi. Uning fikricha, tadbirkor foyda olish maqsadida tadbirkorlikbilan bo`ladiganxarajatlar bo`yicha ma`suliyatni o`z bo`yniga olgan holda, ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan ishlab chiqarish vositalarini ma`lum narxda sotib oladi, ammo ishlab chiqargan mahsulotni qaysi narxda sota olishni o`zi bilmaydi.
Mustaqillikka erishgandan keyin Respublikamizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo`nalishida juda ko`p qonuniy hujjatlar, me`yoriy ko`rsatmalar yaratildi. Bu tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning asoslarini belgilab berdi va tadbirkor sub`yektlari o`rtasidagi munosabatlar ana shu qonunlar orqali tashkil topadi.
O`zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik to`g’risida»gi qonunida (1991, 11 fevral’) tadbirkorlik – mulkchilik sub`yektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarligi asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko`rsatishdir (46, 17 b.)1deb ta`kidlanadi.
Davlat tadbirkorlik faoliyatining shakllanishi va rivojlanishi uchun tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlarni yaratishda faol qatnashmog’i zarur.
Iqtisodiy sharoitlar - bu birinchi navbatda tovarlarni tavsiya qilish va ularga bo`lgan talab, tovar turlari, pul mablag’larining hajmi, ishchi joylarining taqchilligi yoki ortiqchaligi, ish haqi darajasiga ta`sir ko`rsatuvchi ishchi kuchi, ya`ni ularning tovar sotib olishga bo`lgan imkoniyatlarida namoyon bo`ladi.
Tadbirkorlikning shakllanishida iqtisodiy shart-sharoitlar bilan bir qatorda ijtimoiy sharoitlarni ham yaratishi zarur. Ijtimoiy omil boshqalarga nisbatan o`zining tarkibi jihatidan anchagina murakkab hisoblanadi. SHuning uchun ham uning tarkibi ko`pgina elementlardan tarkib topgan. Agar tadbirkor ularni e`tiborga olmasa, kelgusida salbiy natijalarga olib kelishi mumkin. Quyidagilar bu omilning asosiy elementlari hisoblanadi:
jamiyatda mafkuraning holati;
milliy urf-odatlar;
millatning madaniy va maishiy odatlari;
atrofdagi kishilarning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga bo`lgan munosabati.
Dastavval bu xaridorlar tomonidan ularni qiziqtiradigan tovarlarni sotib olishga bo`lgan intilishlarida namoyon bo`ladi va bu talablar o`zgarib turadi. Tadbirkorlikning shakllanishida tadbirkorlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish zamonaviy tadbirkorlik faoliyatini yuritish usullariga o`qitishni tashkil etish, xodimlarni o`qitish va qayta o`qitish, ularni rivojlangan davlatlarga ish o`rganishga yuborish, tadbirkorlarni o`qitish uchun o`qituvchi xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, konsul’tativ markazlarni tashkillashtirish muhimdir.
Har qanday tadbirkorlik faoliyati ma`lum huquqiy muhitda olib boriladi. Huquqiy omil - tadbirkorlik faoliyatini yuritish yo`lidagi barcha qonunlar (soliq, yer, mehnat munosabatlari) va yo`riqnomalar majmui bo`lib, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladi hamda tadbirkorning iqtisodiy jarayondagi boshqa sub`yektlar bilan munosabatini mujassamlashtiradi. Huquqiy bazaning to`liq yoki bir me`yorda yuritilmasligi tadbirkorlik faolligi darajasiga katta salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasida amaliyotida tadbiq qilinayotgan iqtisodiy islohotlarning asosini tashkil qilayotgan bir butun huquqiy baza mavjuddir.
Shuning uchun zarur huquqiy shart - sharoitlarni yaratilishining ahamiyati kattadir. Bu borada birinchi o`rinda tadbirkorlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, uning rivojlanishi uchun ma`qul sharoitlarni yaratib beruvchi qonunlar turadi. Ya`ni korxonalarning ochilishini va ro`yxatdan o`tkazilishini tezlashtiruvchi va soddalashtiruvchi, soliq tizimini takomillashtiruvchi va boshqa bir qator qonunlar shular jumlasidandir.
Tadbirkorlik faoliyati quyidagi turlarga bo’linadi:
1.Ishlab chiqarish
2.Tijorat
3.Moliyaviy
4.Konsalting
O`zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to`g’risida»gi qonuninng 5-moddasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud:
yakka tartibdagi tadbirkorlik(YATT);
xususiy tadbirkorlik;
jamoa tadbirkorligi;
aralash tadbirkorlik.



Download 27,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish