O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX KAFEDRASI
ABDULAZIZOVA MAFTUNA RAVSHAN QIZI
Rimning buyuk sarkardalari mavzusidagi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
ILMIY RAHBAR: G. Dadamirzayeva
NAMANGAN-2022
MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………………….3
I BOB. RIM DAVLATINING TASHKIL ETILISHI VA U HAQIDA MANBALAR
1.1. Rim tarixini davrlashtirish………………………………………
1.2. Rimda xalqaro munosabatlar va diplomatiya…………………………
II BOB. RIMNING BUYUK SARKARDALARI
2.1. Gay Mariy, Pompey Gney, Yuliy Sezar Oktavian Avgust hayoti va faoliyatlari
2.2. Oktavian Avgust Prinsipati ……….
XULOSA……………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishi mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo’ldi. Ayni paytda mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining tahlili, bugungi kunda jahon bozori talabi keskin o’zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuvni ishlab chiqishni taqozo etdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama, jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi farmoni bilan “ 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” tasdiqlandi.1 Strategiya dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o’rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo’yicha ishlab chiqilgan.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Oliy ta’lim tizimini yanada rivonlantirish chora- tadbirlari to’g’risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli qaroridan ko’zlangan maqsad ham yurtimizda oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, raqobatbardosh, aqlan, ma’nan va jismonan yetuk shaxslarni tarbiyalashga qaratilgan.2
Do'stlaringiz bilan baham: |