1-mavzu: Tadbirkorlik va soliqning mohiyati, ahamiyati


Xususiy tadbirkorlikning rivojlantirishni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashning xorij tajribasi



Download 27,3 Kb.
bet2/4
Sana01.07.2022
Hajmi27,3 Kb.
#724141
1   2   3   4
Bog'liq
маъруза 1

2. Xususiy tadbirkorlikning rivojlantirishni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashning xorij tajribasi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning eng muhim vazifalaridan biri tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni har tomonlama qo`llab-quvvatlash asosida, haqiqiy mulkdorlarning o`rta qatlamini shakllantirishda g’oyat muhim ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vazifa hisoblanadi.
Jahonning barcha rivojlangan mamlakatlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash davlat iqtisodiy siyosatining mustaqil tarki­biy qismi hisoblanadi. Uning rivojlanishiga iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish, xizmatlar ko`rsatish sohasining yuksalishi, bandlik­ning o`sishi, texnologik taraqqiyot va normal raqobat muhim omili sifatida qaraladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini tartibga solib turish uchun ko`p mamlakatlarda maxsus organlari (xizmatlar) tashkil etilgan. Shuningdek kichik biznesning mezonlari ham belgilangan.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda kichik korxonalarni belgilashda quyidagi mezonlardan foydalanadilar:
miqdoriy ko`rsatkichlari: xodimlarning soni, sotish hajmi, asosiy kapitalning balans qiymati;
sifat ko`rsatkichlari: ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning nisbatan kichik soni; cheklangan resurslar va boshqaruvning kamroq rivojlangan tizimlari va boshqalar;
yuqoridagi ko`rsatkichlarning birinchi va ikkinchi guruhlarini birlashtiruvchi kombinatsiyasi.
Germaniyada ishlovchilar soni va yillik oborot ko`rsatkichlaridan foydalaniladi. Kichik korxonalar ishlovchilar soni 10 kishigacha bo`lgan, o`rtacha korxonalarda ishlovchilar soni 50 kishigacha va yillik oboroti 100 mln.yevrogacha korxonalar kiritiladi.
Fransiyada kichik va o`rta biznes tushunchasiga ishlovchilar soni 19 kishigacha bo`lgan mikrofirmalar, xodimlarning soni 20-299 kishigacha bo`lganlari kichik korxonalarga kiradi.
Janubiy Koreyada esa sanoatda va transportda 20 tagacha xodimi bo`lgan korxonalar kichik, 21-200 kishigacha xodimi bo`lgan korxonalar o`rta korxonalar hisoblanadi. Savdo va xizmatlar sohasida 5 tagacha xodimi bo`lgan korxonalar kichik korxonalar, 6 tadan 20 tagacha xodimi bo`lgan korxonalar esa o`rta korxonalar hisoblanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda band aholining katta qismi aynan kichik biznesda band bo`lib, ularning mamlakat YAMMni ishlab chiqarishidagi ulushi yuqoridir. Shu sababli rivojlangan mamlakatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka iqtisodiy o`sish va aholi turmush darajasining oshishini ta`minlovchi asosiy richaglaridan biri sifatida qaralishi bejiz emas.
Rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida kichik biznes faoliyatining mustahkamlashuviga sabab bo`layotgan muhim global omillardan biri innovatsion, texnik-texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy omillar bo`lib, ular global biznes muhitida raqobatardosh faoliyat yuritishi uchun katta rol o`ynaydi.
Ko`pgina xorijiy mamlakatlarda kichik biznesning vujudga kelishi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi davlat yordami vositasida ta`minlanadi. Ularda bu ishda katta ijobiy tajriba to`plangan bo`lib, undan bizning sharoitlarimiz va xususiyatlarimizni hisobga olgan holda foydalanish mumkin.
Jumladan, AQSH da tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimi tashkil etilgan bo`lib, uning asosiy vazifasi fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda yordam ko`rsatish, zarur bo`lgan miqdorda kafolatlash asosida qarz berish, kredit olish masalalari bo`yicha ham ko`maklashishdir. Ularga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, uning ishlab chiqarish texnologiyalarini, ishlab chiqarish vositalarini takomillashtirish, maxsus konstruktorlik muassasalari tomonidan yangi ishlab chiqarilgan namunaviy mahsulotlardan foydalanish ishlari bo`yicha ham yordam ko`rsatiladi.
Gollandiyada tadbirkorlikni rivojlantirishni ta`minlash maqsadida ularning faoliyatini o`rganuvchi maxsus tadqiqot va konsalting instituti tashkil etilgan. Bu institut o`zining 12 ta mintaqaviy bo`limlariga ega bo`lib, asosan ishchi va xizmatchilarni o`qitish va konsalting xizmatlarini tashkil etish bilan shug’ullanadi. Shaxsiy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etgan talabalarga moddiy yordam berish uchun «kichik korxonalar fondi» tashkil etilgan. Maxsus savdo palatasi tadbirkorlik sub`yektlariga xizmat ko`rsatadi.
Rossiyada tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotganlarning asosiy qismini yakka tartibdagi va malakasi yo`q fuqarolar tashkil etib, ular asosan umumiy ovqatlanish va savdo shahobchalarida qo`shimcha qiymatning ma`lum qismini yaratmoqdalar.Tadbirkorlik korxonalarining xususiyatlaridan biri ularning o`z ishlab chiqarish faoliyatini asosan ijaraga olingan asosiy vositalar yordamida amalga oshirishdir. Kichik tadbirkorlik faoliyatida ishlab chiqarishni tashkil etish asosan yirik ishlab chiqarishdan chiqqan xodimlarining yollanma mehnatiga asoslanadi.
Yaponiyada tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishini ta`minlash uchun boshqaruv muassasasi, davlat korporatsiyasi, ularning faoliyatini moliyalashtirish uchun maxsus milliy korporatsiyalar, tadbirkorlarning federatsiyasi tashkil etilgan.
Yaponiyada XX asrning 40 yillarida mamlakat hukumati qoshida «Kichik va o`rta korxonalar boshqarmasi» ham tashkil etilgan. Milliy davlat markazlari kichik biznesni rivojlantirish va qo`llab-quvvatlashni umumdavlat dasturini bajarish yo`li bilan amalga oshiradilar.
Yaponiyada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo`yicha maxsus banklar xizmat ko`rsatadi. Yaponiya davlati tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga berilayotgan yordamlar quyidagilardan iborat: imtiyozli soliqqa tortish; imtiyozli kreditlash tizimini qo`llash; amortizatsiya fondini shakllantirishni jadallashtirish; tadbirkorlarning bankrotlik holatidan chiqish uchun yordam berish; tadbirkorlarning ishlab chiqarish faoliyatini texnik darajasini oshirish; tadbirkorlarga ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun zarur bo`lgan yo`nalish va kasblar bo`yicha xodimlarni o`qitish va qayta tayyorlash.
Yaponiyada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda nafaqat tijorat banklari balki davlat va jamoa fondlari ham yaqindan yordam beradilar.
Koreya Respublikasida kichik biznesga ko`maklashish siyosatini barcha tashkilotlar tizimi amalga oshiradi. Bu masalalarning barchasini kichik biznesga doir maxsus qonun tartibga soladi. Bu qonun davlat muassalari - kichik biznesga ko`maklashish organlarini tuzishni ko`zda tutadi, lekin u yerda kichik biznesga ko`maklashish ishlari shunday tashkil etilganki, kichik korxona chetdan aniq yordam kutmay o`zi oyoqqa turib olish «immunitetini», o`sish va rivojlanish xususiyalarini o`zi ishlab chiqadi.
Kichik tadbirkorlik korxonalari Germaniyada umumiy korxonalar sonining 95% ni, Yaponiyada esa 99,7 foizni tashkil etadi.
Xorijiy mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatining turlari uyda bajariladigan tadbirkorlik, pochta orqali buyurtma qabul qilish va uni bajarish tadbirkorligi, ko`chma korxonalar shaklidagi tadbirkorlik, turli bayramlar bilan bog’liq bo`lgan sayllarni tashkil etish va o`tkazish tadbirkorligi, tovarlarni namoyish qilish va sotish tadbirkorligi, tutilgan eski narsalarni xarid qilish va sotish bilan bog’liq bo`lgan tadbirkorlik faoliyatlari ham mavjud. Bu tadbirkorlik faoliyati katta mablag’, bilim va kuch talab etmaydigan tadbirkorlik faoliyati bo`lganlari uchun ular keng doirada tarqalgan.



Download 27,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish