1-mavzu: Tadbirkorlik va soliqning mohiyati, ahamiyati


Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va ularning ahamiyati



Download 27,3 Kb.
bet3/4
Sana01.07.2022
Hajmi27,3 Kb.
#724141
1   2   3   4
Bog'liq
маъруза 1

1.3. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va ularning ahamiyati.

Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bo`lishi va uning faoliyati davomiyligi bilan bevosita bog’liqdir. Shu o`rinda soliq kategoriyasi davlat iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqelik sifatida yuzaga chiqishini ta`kidlash lozim. Soliq tushunchasi tor ma`noda davlat ixtiyoriga soliq to`lovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi.


Soliqlar Soliq kodeksi asosida tartibga solinadi. 2007 yil 25 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasining “O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini tasdiqlash to`g’risida”gi O`RQ-136 sonli Qonuni bilan Soliq kodeksi qabul qilindi hamda 2008 yil 1 yanvardan kuchga kirdi.
2014 yilda bu kodeksga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritildi, shuningdek O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga 2019 yilda Soliq konsepsiyasiga asosan bir necha qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritildi .
2008 yilda kuchga kirgan Soliq kodeksi 2 ta - Umumiy va maxsus qismdan21 bo'lim 64 bob 392 moddadan iborat edi.
2020 yildagi yangi tahrirdagi Soliq kodeksi esa 2 ta- Umumiy va maxsus qismdan 21 bo'lim 71 bob 480 moddadan iborat.
Soliqlar deganda muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg’araz xususiyatga ega bo'lgan, byudjetga yo'naltiriladigan majburiy pul to'lovlari tushuniladi.
Soliqlar – davlat byudjeti yoki mahalliy byudjetlarga jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarganlari uchun yoki ishlab chiqarish omillaridan foydalganliklari uchun majburiy to`lovlar.
Boshqa majburiy to'lovlar deganda Kodeksda belgilangan davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy pul to'lovlari, bojxona to'lovlari, shuningdek, vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to'lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan, muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to’lanishi lozim bo’lgan yig’imlar, davlat boji tushuniladi.
2020 yil yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan Soliq deganda ushbu Kodeksda belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga (bundan buyon byudjet tizimi deb yuritiladi) to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov tushuniladi.
Yig‘im deganda byudjet tizimiga ushbu Kodeksda yoki boshqa qonun hujjatlarida belgilangan majburiy to‘lov tushuniladi, bu yig‘imning to‘lanishi uni to‘lovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo‘ladi.
Soliq imtiyozi – soliq to`lovchilarning ayrim toifalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq to`lashdan to`liq, qisman va vaqtincha ozod qilish shakli.
Preferensiya – iqtisodiyotni maqsadga muvofiq rivojlantirish va tartibga solishda ayrim soha va tarmoqlar, korxona va ishlab chiqarish turlariga nisbatan beriluvchi imtiyoz, afzallik va ustuvorliklar.
Soliq krediti – byudjetga to`lanishi lozim bo`lgan soliq summasini ma`lum muddatga kamaytirish, kechiktirish, bo`lib-bo`lib to`lash yoki soliqni qaytarish shakli.
Soliqlarning amal qilishini bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag’ bilan ta`minlash zarurligi; ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari. Soliqlarga quyidagi funksiyalari xos:
1.Soliqlarning fiskal (xazina) yoki taqsimlash funksiyasi.
2.Soliqlarning boshqaruvchi, rag’batlantiruvchi funksiyasi.
3.Soliqlarning nazorat funksiyasi.
4.Soliqlarning davlat xarajati to`g’risida axborot funksiyasi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o`zining ichki va tashqi vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan mablag’larning asosiy qismini soliqlar orqali to`playdi.
Soliq yukini iqtisodiyotdagi tarkibiy o`zgarishlarni e`tiborga olgan holda kamaytirib borish o`z samarasini berdi. Milliy bozorni mahalliy tovarlar (xizmat, ish)lar bilan to`ldirayotgan, eksportga mahsulot chiqarayotgan, ichki va tashqi investitsiyalarni ishlab chiqarishga jalb qilayotgan, shuningdek, kichik biznes sub`yektlari shaklidagi soliq to`lovchilarga soliq imtiyozlarining kengaytirilishiga qaramasdan, yalpi ichki mahsulot va davlat byudjetining daromadlar hajmida yil sayin o`sish ta`minlanmoqda. Soliq yukining kamayishi nafaqat umumiy hajmda, shuningdek, uning tarkibi bo`yicha ham sezilarli ravishda ko`zga tashlanmoqda.
Soliq yuki darajasining soliq turlari bo`yicha kamayish tendensiyasini oxirgi o`n yil bo`yicha ko`radigan bo`lsak, 2000 yilda bevosita soliqlar bo`yicha 7,8 foizdan 2011 yilga kelib 5,8 foizga, bilvosita soliqlarga nisbatan soliq yuki 16 foizdan 10,6 foizga, shuningdek, resurs soliqlari bo`yicha ham kamayib 4,7 foizdan 3,9 foizgacha kamaygan. Respublikamizda soliq yukining kamayishi bu faqat ayrim soliq turlari bo`yicha soliq stavkalarining kamaytirilishi, soliq imtiyozlarining kengaytirilishi evaziga emas, balki hukumatimiz tomonidan iqtisodiyotda keng qamrovli tarkibiy o`zgartirishlarni ta`minlaydigan aniq maqsadli davlat dasturlarini izchillik bilan amalga oshirish hisobidan soliq tushumlariga nisbatan yalpi ichki mahsulotning o`sish darajasi o`rtasidagi yuqori farqning vujudga keltirilishi bilan izohlanadi.
Aksariyat rivojlangan hamda rivojlanayotgan davlatlarda, soliq yuki darajasi 29-50 foizni tashkil etayotganini ko`rish mumkin. Xususan, eng rivojlangan davlatlar hisoblangan AQSH, Italiya hamda aksariyat Yevropa ittifoqi davlatlarida soliq yukining darajasi respublikamizdagi darajadan ancha yuqori.
Hozirgi kunda Italiya, Gretsiya, Islandiya davlatlarida byudjet taqchilligi bilan bog’liq muammolarni hal etish yo`li sifatida soliq yukini oshirishga oid takliflarning ushbu davlatlarning parlamentlari tomonidan ma`qullangani jahon bozori kon’yukturasiga jiddiy ta`sir etishi bashorat qilinmoqda.



Download 27,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish