1-Mavzu: Sport musobaqalari va sportchilarni tayyorlash tizimi. Sport trenirovkasining vositalari va metodlari. Sport trenirovkasining tamoyillari. Reja



Download 116,3 Kb.
bet8/20
Sana10.02.2022
Hajmi116,3 Kb.
#440512
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
1-МАЪРУЗА

Sport trenirovkasi uslublari
Sport trenirovkasi jarayonida ochib berilgan xamma xarakatlarga o‘rgatish uslublari ko‘llaniladi. Birok trenirovka jarayonining asosiy vazifasi yukori sport natijalariga erishishdan iborat ekan, uni xal etish uchun asosan kurashchining funksional imkoniyatlarini oshirish xamda jismoniy sifatlarini rivojlantirishga karatilgan uslublardan foydalaniladi.
Kat’iy tartiblashtirilgan mashklar uslublari tizimi trenirovkaning asosiy uslubiy to‘plamini tashkil etadi (L.P.Matveev, 1991). Xarakatlarga o‘rgatishda - bu butun va bo‘laklangan uslublardir .
O‘rganilayotgan xarakatlarni takomillashtirishda xarakatlar tuzilmasini buzmagan xolda jismoniy sifatlarning rivojlanishini raјbatlantrishga yordam beradigan ko‘shimcha yuklamalar sharoitlarida xarakatlarning butunligicha bajarilishi bilan tavsiyalanadigan uslublar, ya’ni mashklarni birgalikda bajarish uslubi (V.M. Dyachkov bo‘yicha) yetakchi o‘rinni egallaydi. Masalan, tik turishda tashlashlarni takomillashtirish paytida oјirrok vazndagi rakib tanlanadi, bunda tashlashni bajarish texnikasi xatolarsiz anik amalga oshirilishi lozim. Bu tezkorlik-kuch sifatlarini tashlash texnikasini yaxshilash bilan birgalikda rivojlantirishga yordam beradi.
Tanlab-yo‘naltirilgan mashklar uslubi asosan organizmning morfofunksional xossalarini yoki aloxida xarakat sifatlarini takomillashtirishga yo‘naltirilishi bilan tavsiflanadi. Masalan, kurashchining ko‘l kuchini rivojlantirishga karatilgan oјirliklar bilan mashklarni bajarish xarakat malakalarini saklab turish va takomillashtirish, erishilgan funksional imkoniyatlar darajasini saklash xamda oshirish uchun ikkita uslublar guruxi ko‘llaniladi: andozali - takroriy mashklar uslublari xamda variantli (o‘zgaruvchan) mashklar uslublari. Andozali - takroriy mashklar uslublari berilgan xarakatlar yoki aloxida mashјulotlarni ularning tuzilmasi xamda yuklamaning tashki parametrlarini o‘zgartirmagan xolda takroran bajarish bilan tavsiflanadi. Bu uslublar xarakatlarni mustaxkamlashda, shuningdek organizmning ma’lum bir faoliyatga moslashishiga yordam beradi. Masalan, egilib tashlashni mustaxkamlash uchun ko‘p marta takrorlanadi. Variantli (o‘zgaruvchan) mashklar uslublari ta’sir etuvchi omillarni mashk borishi davomida o‘zgartirib turish bilan tavsiflanadi. Bunga usulni bajarish tezligi, bellashuvni olib borish sur’ati, dam olish oraliklarini o‘zgartirib turish, bellashuvda rakiblarni almashtirish yo‘li bilan erishiladi.
Andozali - takroriy va variantli (o‘zgaruvchan) mashklar uslublari, o‘z navbatida, yuklamalar uyјunlashishi va mashklarni bajarish paytidagi dam olishlarga karab, ikkita kichik guruxlarga ajratiladi: uzluksiz (yaxlit) yuklama tartibidagi mashklar uslubi va oralikli yuklama tartibidagi mashklar uslubi.
Birinchi xolda beriladigan trenirovka yuklamasi dam olish oraliјi bilan to‘xtatilishi mumkin emas. Xamma yuklama tugagandan so‘ng dam olish beriladi. Masalan, parterda 10 minut ichida texnik-taktik xarakatlarni takomillashtirish. Ikkinchi kichik gurux yuklamalarning uzilishi bilan ajralib turadi va rejalashtirilgan dam olish oraliklari bilan almashtirib turiladi. Masalan, tik turishda texnik-taktik xarakatlarni kuyidagi formula bo‘yicha takomillashtirish: 3 minutdan 3 marta, dam olish oraliklari - xar bir 3 minutdan so‘ng 2 minutdan.
Kat’iy tartiblashtirilgan mashklarning xamma sanab o‘tilgan uslublari trenirovka mashјulotida turli xil uyјunlikda berilgan. Masalan, kuyidagi mashk uslublari: andozali - takroriy mashklar uslubini o‘sib boruvchi yuklama bilan birlashtirish mumkin.
Ma’lum bir mashјulotlarga birlashtirilgan mashklar uslublarining turli xil birikmalari “aylanma trenirovka” deb ataladi. Ma’lum bir tartibga soluvchi sxemaga muvofik tanlangan va kompleks xolda birlashtirilgan jismoniy mashklarning bir nechta turlarini seriyalab (yaxlit yoki oralikli) takrorlash “aylanma trenirovka” asosini tashkil kiladi. Masalan, maktabdagi kurash darsi uchun (1-rasm) mashklar kompleksida (I.A. Gurevich bo‘yicha) kuyidagi mashklar keltirilgan:
1. Orkada yotib, ko‘llar bosh orkasida, “ko‘prik” xolatida turish, boshga tiralib, prujinasimon chaykalishlarni bajarish.
2. Birinchi sherik orkasida yotadi, o‘ng va chap tomonidan burchak ostida tekis oeklarini ko‘taradi xamda tushiradi; ikinchisi cho‘kkalab o‘tirgan xolatda tana oјirligi markazini bir oyokdan ikkinchisiga o‘tkazadi va rakib bilagiga tayanib bo‘sh oyoјini tizzalardan tekis to‘јrilaydi.
3. Sheriklar bir-biriga orkasi bilan polda o‘tiradilar, tirsaklardan ko‘llarini birlashtirib, rakib orkasiga tayangan xolda gavdani egish va yozishni bajaradilar.
4. Sheriklar bir-biriga yuzlari bilan karab turadilar va, ko‘llari bilan bo‘yinlaridan ushlab olib, kuch bilan rakib bo‘ynini egishga xamda uni muvozatdan chikarishiga intiladilar.
5. Birinchi sherik orkasida yotib, ikkinchisining oyoјini ko‘llari bilan ushlab oladi, ikkinchisi birinchi sherikning oyoјini ko‘taradi, kurakda turishga chikish uchun yordamlashadi.
6. Sheriklar bir-birlariga orka kilib polda o‘tiradilar, oyoklar orasi ochilgan, ko‘llarni tirsaklarda birlashtirilgan xolda rakibni o‘z tomoniga oјdirish uchun kuch bilan bellashadilar.
7. Sheriklar to‘shak o‘rtasida orkama-oldin turib oladilar, ikkinchisi kuch ishlatib, sherigini orkasiga turtib, uni to‘shakdan chikarib yuborishga xarakat kiladi.
8. Ko‘l panjalari bilan birgalikda bloklarga burash xamda yukni (girya, shtanga toshi va x.k.) chikarib olish.
9. Sheriklar bir-biriga yuzma-yuz turadilar, ko‘llari bilan gimnastika tyokchasini ushlagan xolda uni sherigidan tortib olishga xarakat kiladilar.
10. Sheriklar oyoklarini yelka kengiligida ochib, bosh ustida ko‘llarini ushlab turadilar. O‘ng va chap tomonlarga birgalashib aylantirish.
11. Gimnastika devorchasiga ko‘l va oyoklar yordamida tezlik uchun yukoriga xamda pastga chikib-tushish.
12. Birinchi sherik devor oldidigai osma turnik tagida uni ko‘llari bilan ushlagan xolda yotadi, ikkinchisi - turnikka yukoridan tayanib, kullarini bukib-yozishni bajaradi.
13. Gimnastika devorchasiga orka bilan turib zinalardan ko‘l bilan chikib “ko‘prik”, xolatiga o‘tish va dastlabki xolatga kaytish.
14. Sheriklar bir-biriga orka bilan turib yukoridan ko‘llarini ushlaydilar, navbatma-navbat rakibni orkasida ko‘tarib, oldinga engashishlarini bajaradilar.
15. Yelkasida yotgan rakibni gimnastika o‘rindiјi bo‘ylab olib o‘tish.
Sportchining oldinda turgan musobaqa faoliyatiga moslashishi uni mas’uliyatli musobaqalarga tayyorlashda katta axamiyatga ega. Buning uchun trenirovka jarayonida oldinda turgan bellashuvlar xususiyatlarini kisman bo‘lsa xam modellashtirish lozim. Bu musobaqa uslubidan foydalanish xisobiga erishiladi. Musobaqa uslubi jismoniy, iroda va ma’naviy sifatlarni rivojlantirish, texnik-taktik xarakatlarni takomillashtirish uchun ko‘llaniladi.
Trenirovkada o‘yin uslubi xam katta axamiyatga ega. Undan foydalanib, bir xildagi trenirovka ishini bajarishda kulay emotsional xolatni yaratish, shuningdek chakkonlik, mo‘ljallash tezligi, topkirlik, mustakillik, tashabbuskorlik kabi sifat xamda kobiliyatlarni takomillashtirish mumkin.

Download 116,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish