1-Mavzu: Sport musobaqalari va sportchilarni tayyorlash tizimi. Sport trenirovkasining vositalari va metodlari. Sport trenirovkasining tamoyillari. Reja



Download 116,3 Kb.
bet7/20
Sana10.02.2022
Hajmi116,3 Kb.
#440512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
1-МАЪРУЗА

Sport trenirovkasi vositalari
Sport trenirovkasi vositalari - bu turli xildagi jismoniy mashklar bo‘lib, ular to‘rtta guruxga bo‘lingan: umumiy tayyorgarlik, yordamchi, maxsus tayyorgarlik va musobaqa.
Umumiy tayyorgarlik mashklariga sportchi organizmini xar tomonlama funksional rivojlantirishga xizmat kiluvchi mashklar kiradi. Ular tanlangan sport turi xususiyatlariga mos kelishi bilan birga, u bilan ma’lum bir karama-karshilikda turish mumkin. Bunda fakat xar tomonlama rivojlantirish vzifasi xal etiladi, xolos. Sport kurashida - bu sport gimnastikasidagi mashklar (buyum bilan va buyumsiz, sherik bilan va sheriksiz, bir joyda va xarakatda bajariladigan ko‘l, oyoklarning turli xarakatlari), yordamchi sport turlaridagi mashklar (oјir atletika va yengil atletika, sport o‘yinlari, suzish, akrobatika xamda boshkalar).
Yordamchi mashklar u yoki bu sport faoliyatida kelgusida takomillashish uchun poydevor yaratuvchi maxsus xarakatlarni o‘z ichiga oladi, mashklarning bu guruxiga trenajerlar, maxsus moslamalarda, ya’ni gilam tashqarisida ishlash paytida kurashchining tezkor-kuch kobiliyatlarini oshirishga yordam beradigan vositalar kiradi. Shuningdek boshka sport turlaridan olingan va kurashchining aerob xamda anaerob imkoniyatlarini oshirishga karatilgan vositalar (kross yugurish, regbi va boshkalar) kiradi.
Maxsus tayyorgarlik mashklari yukori malakali sportchilar trenirovkasi tizimida markaziy o‘rinni egallaydi va musobaqa faoliyati elementlarini o‘z ichiga oladigan vositalar doirasini, shuningdek shakli, tuzilmasi va organizm funksional tizimi faoliyatini namoyon qilish xususiyati xamda sifatiga ko‘ra ularga yakinlashtirilgan xarakatlarni kamrab oladi.
Sport kurashida maxsus tayyorgarlik mashklariga kuyidagilar kiradi.
1. Yakinlashtiruvchi mashklar. Ular usullarning texnik tuzilmasini va uni amalga oshirish taktikasini egallash xamda takomillashtirishga yordam beradi.
2. Kurashchi uchun zarur bo‘lgan maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi mashklar.
3. Ishorali mashklar. Ular nafakat usullarni bajarish texnikasini, balki ular bir ma’lum taktik ko‘rinishda (turli xil xolatlardan, taktik tayyorgarlik usullarini ishora orkali ko‘rsatishdan so‘ng) ko‘llanilgan paytda ma’lum ma’noda uning taktikasini xam takomillashtirishga yordam beradi. Ishorali mashklar snaryadlarsiz va snaryad (kurash manekeni) bilan bajariladi.
4. Sherik bilan maxsus mashklar. Kurash manekeni bilan mashklar bajarishga karaganda, sherik bilan bajariladigan mashklar amalga oshirilayotgan texnik yoki taktik xarakatning xamma kismlarini yanada chukur xis qilish imkonini beradi. Sherik bilan ishlash paytida berilgan xarakat vaziyatini xamda zarur karshilikni anik kayta ko‘rsatib berish mumkin. Mashk bajarayotgan kurashchining oldida turgan vazifaga karab, sherik bo‘sh, yarim kuch bilan yoki bor kuchi bilan karshilik ko‘rsatishi mumkin. Shunday sherikni tanlash lozimki, uning kobiliyatlari, tayyorgarligi, bo‘yi, vazni sportchi oldiga ko‘yilgan vazifalarni xal etishga yordam berishi lozim.
5. O`quv, o`quv-trenirovka va trenirovka bellashuvlari.
a) O`quv bellashuvi kurash texnikasi va taktikasi bo‘yicha yangi o`quv materialini o‘zlashtirishga karatilgan. Sherik bo‘sh yoki yarim kuchi bilan karshilik ko‘rsatadi xamda bellashuv davomida vakti-vakti bilan (topshirikka binoan) shuјullanuvchiga usulni bajarish uchun kulay sharoitlarni yaratib turadi.
O`quv bellashuvining o‘ziga xos xususiyati yana shundan iboratki, u kandaydir bitta usul yoki usullar birikmasini egallashga karatilgan va, odatda, fakat tik turishda yoki parterda o‘tkaziladi. Agar xarakat noanik bajarilsa, bellashuvni to‘xtatish xamda kurashchiga yo‘l ko‘ygan xatosini ko‘rsatish lozim.
b) O`quv-trenirovka bellashuvlari asosan kurash texnikasi va taktikasini keyinchalik xam egallash xamda takomillashtirishga karatilgan. U muayyan kamchiliklarni bartaraf etish, ma’lum bir jismoniy sifatlarni rivojlantirish, muayyan rakiblar bilan kurash olib borishning u yoki bu taktik manevrlarini xosil qilishga karatilgan vazifalar bilan amalga oshiriladi. Ikkala kurashchi bir vaktning o‘zida bellashish uchun vazifa olishi mumkin.
Bellashuvlar turli formulalar bo‘yicha tuzilishi mumkin: tik turishda va parterda kurash olib borishni turlicha almashtirib, fakat tik turishda yoki fakat parterda kurashish. Bellashuvni kurashchilar yo‘l ko‘ygan xatolarni ko‘rsatish uchun to‘xtatish mumkin, lekin bu ishni fakat o‘ta zarur xollarda bajarish lozim.
v) trenirovka bellashuvlari texnika, taktika, musobaqa sharoitlarida kurashchiga zarur bo‘ladigan jismoniy va boshka sifatlarni rivojlantirishga karatilgan. Trenirovka bellashuvi yukori sur’atda o‘tkaziladi. Xamma xarakatlarni bajarish ularning to‘јri bajarilishi ustidan to‘lik javobgarlik bilan o‘tadi. Birok kurashchi, bellashuvni olib borayotib, maјlub bo‘lishdan cho‘chimasligi lozim. Kanday kilib bo‘lsa xam maјlubiyatdan o‘zini saklab kolishga intilish okibatida kurashchi, fakat ximoyalanib, o‘zining eng yaxshi ko‘rgan usullari xamda karshi usullarini takomillashtira olmaydi.
Trenirovka bellashuvlari xam vazifa bilan, xam vazifasiz (erkin bellashish) o‘tkazilishi mumkin. Bu yerda bellashuvning umumiy vakti aniklanadi xamda kurashchilar bellashuvni xam tik turishda, xam parterda olib boradilar.
O`quv va o`quv-trenirovka bellashuvlaridan farkli ravishda, trenirovka bellashuvini ogoxlantirish berish maqsadida to‘xtatish tavsiya kilinmaydi. Juda zarur bo‘lgan xolda kamchiliklar bellashuv davomida aytib turiladi.
Musobaqa mashklari mavjud musobaqa qoidalariga muvofik sport ixtisosligi predmeti xisoblangan xarakatlar kompleksini bajarishni nazarda tutadi. Sport kurashida ularga nazorat va musobaqa bellashuvlari kiradi.
- Nazorat bellashuvi musobaqa sharoitlariga yakinlashtirilgan sharoitlarda rakiblarning o‘zaro to‘lik karshilik ko‘rsatishi bilan o‘tkaziladi.
Uning maqsadi - kurashchining mashklanganlik darajasi, uning musobaqalarda ishtirok etishga bo‘lgan tayyorgarligini belgilash, kurashchining u yoki bu texnik-taktik xarakatlarni egallab olganlik darajasini aniklashdir. Nazorat bellashuvi musobaqa qoidalariga mos bo‘lgan formula bo‘yicha o‘tkaziladi, uni to‘xtatish va kandaydir tushuntirishlar bilan birga olib borish mumkin emas. Xatolar bellashuv tugagandan so‘ng taxlil kilinadi.
- Musobaqa bellashuvi musobaqa qoidalariga muvofik xolda o‘tkaziladi. Uning maqsadi - o‘z vazn toifasida eng kuchli kurashchini aniklashdir. Musobaqa bellashuvida kurashchi tayyorgarligining xamma tomonlarini keyingi takomillashtirilishi amalga oshiriladi. Bu bellashuvlar o‘zining ruxiy shiddatiga ko‘ra kurashchi musobaqalarda o‘tkazadigan bellashuvlarga yakinlashtirilishi mumkin.

Download 116,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish