Mavzu: SHAXSGA YUNALTIRILGAN YONDASHUV.
Reja:
Yangicha ijtiomiy munosabatlar zurarati.
SHaxsga yunaltirilgan yendashuv texnologiyasi.
Samarali faoliyat omili.
Ma’lumki, bugungi tub islohotlar sharoitida yoshlar tarbiyasida o’zini o’zi boshqarish muammosi katta ahamiyatga ega. Uning samaradorligi shaxslararo sog’lom, samimiy munosabatlar mavjud bo’lishini taqozo etadi. Xo’sh, buning uchun nima qilish kerak?
Bugungi kunda oliy o’quv yurtlarini isloh qilish zarur ekan, o’quv rejalari va dasturlarini zamonaviy talablarga muvofiqlashtirish bilan bir qatorda, har bir talaba bilan professor o’qituvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar tamoyillarini tubdan o’zgartirish muammosi borligini his etishi zarur. Yeshlarimizni mustaqil fikrlovchi, faol, shijoatli, o’ziga ishonuvchan, zukko, bilimdon, demokratik munosabatlarning sub’ekti qilib tarbiyalashni amalga oshirish uchun, so’zsiz, ijtimoiy psi- xologiya va uning metodlari muhim rolь o’ynaydi. U tarbiya jarayonini sof ijtimoiy munosabatlarning mahsuli, deb qaraydi, yangicha fikrlash va tafakkurning muhim sharti sifatida demokratik munosabatlarga asoslangan muomala jarayonini tahlil qiladi. Demak, barcha oliy o’quv yurtlarida talabalarga maxsus dasturlar asosida muomala texnikasi va etiket asoslari o’rgatilishi lozim. Ikkinchidan, uning asosida.ta’lim beruvchi bilan ta’lim oluvchi o’rtasidagi yangicha - "sub’ekt-sub’ekt" shakldagi muomala ustuaor bo’lishi kerak. Bu munosabatlarning asl mohiyati shundaki, endigi asosiy vazifa - professor-o’qituvchining o’qitishi emas, balki uni "o’qishga" o’rgatish, orqali ta’lim-tarbiya jarayonining faol sub’ektiga aylantirishdir. Boshqacha qilib aytganda, yangicha mu-nosabatlar ta’lim va tarbiya jaraenida ishtirok etuvchi shaxslarning munosabatlari o’zaro hurmat, hamkorlik va bir- birini tushunish shartiga bo’ysungan bo’lishini taqo-zo etadi.
Bizningcha, O’zbekiston sharoitida "sub’ekt-sub’ekt" shakldagi munosabatlarning asl mrhiyati, avtoritar va demokratik liderlik uslublarini o’z faoliyatida uyg’un-lashtirgan, pedagogik nufuzga, insoniy munosabatlarga chanqoqlik, kasbiy bilimdonlik bilan uzviy bog’langan taqdirdagina haqiqiy demokratik munosabatlar qaror topadi, deyish mumkin. Bu o’rinda fanda mavjud bo’lgan an’anaviy boshqaruvning demokratik, avtoritar va liberal turlari haqidagi qarashlarni yana bir tahlil qilish zarur, SHunday qilib, agar biz professor o’qituvchini zskicha stereotiplardan, ya’ni o’zining mutloq bilimdonligi, talabaning vazifasi esa faqat uni tanqidsiz qabul qilish, tinglash va takrorlash ekanligi bilan bog’liq turg’un qarashlardan holi qila olsak; ilm oluvchini esa erkin fikr yuritish va o’z fikr-mulohazalarini bayon etishga va o’z erkini his qilishga o’rgata olsak, shaxs psixologiyasi va munosabatlarida yangicha holat yuzaga keladi, ya’ni shunda shaxs o’zini :
a) erkin his qiladi;
b) o’z imkoniyati va iqtidori haqida to’g’ri tasavvurga ega bo’ladi; v) tafakkurning alьternativ-muqobil bo’lishini to’liq anglaydi;
g) har bir shaxsning ichki "Men" dasturi mukammalashib boradi; d) o’z fikr va qarashlarining, xulq-atvorining asl sabablarini anglash, individuap ehtiyojlar tabiatini tushunish imkoniyati tug’iladi. Bunda ijgimoiy-psixologik treninglar, ya’ni samarali muloqot va muomala usullari hamda maromlarini keng qo’llash katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Demak, ijtimoiy psixologik bylimdonlikdan ko’zlangan asosiy maqsad - talabalarni bo’lg’usi ijtimoiy faoliyatga psixologik jihatdan tayyorlash, ularda yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish, kommunikativ bi-limdonlik va shaxslararo muloqotning murakkab shakllariga moslashish jarayonlarini tezlashtirishdan iboratdir.
Jamiyatimizning bugungi ijtimoiy hayotida ro’y berayotgan tub islohotlarning mohiyati haqida fikr yuritilar ekan, eng noyob milliy qadriyatlarni yosh avlod ruhiga va ma’naviy dunyoqarashiga singdirish va undan umuminsoniy manfaatlar yo’lida foydalanishning yagona yo’llaridan biri - 6u ularda bilimdonlikni yetarli darajada shakllantirishdir.
Davlatimizda mustaqillik qo’lga kiritilib, huquqiy va demokratik islohotlar amalga oshirilishida qilinayotgan ijtimoiy sa’y-harakatlarning ne’mati shundaki, "mustaqillik mamlakatimiz aholisining bilim doirasi-ni kengaytirdi". O’z tariximiz, tilimiz, milliy qadriyatlarimiz, madaniy merosimiz durdonalarini o’rganishga ochilgan yo’l xalq tafakkurining rivojlanishi, uning o’tmishi, buguni va ertasi haqida aniq tasavvurlarga ega 'bo’lishiga imkon yaratadi, yoshlarni mustaqil fikr yuritishga o’rgatadi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqadigan asosiy xulosa shundan iboratki, davlatimiz kelajagi bo’lmish yoshlarning bilim doirasini oshirishda va dunyoqarashini yanada kengaytirishda fanning samarali uspublaridan keng foydalanish zarur. Bu o’rinda e’tiborni biz ta’kidlagan "bilimdonlik" tushunchasining ijtimoiy-psi-xologik mohiyatiga qaratmoqchimiz.
Ma’lumki, ilmiy adabiyotlarda "bilimdonlik" tushunchasi ko’pincha "aql", "aqllilik", "ilmga chanqoqlik" tushunchalari bilan bir xil ma’noda ishlatiladi. Aslida psixologik nuqgai nazardan ushbu tushunchalar, o’rtasida mohiyatan bir oz bo’lsa-da, farq bor. Buyuk bobomiz Alisher Navoiy "aql" tushunchasini "bilimdonlik"dan kengroq ta’riflab, aql so’zining 27 darajasi va 27 sifatini ajratadi. Ushbu sifatlardan eng muhim va ijo-biylari bevosita bilimdonlikka aloqadordir. Masalan, "aql muxandislari" - donishmandlar, olimlar, bilim- donlarni; "aql piri" tafakkur ustozi, farosatli ki-shilarni; "Aql o’ti" zehn o’tkirligi, xushyorlikni; "aqli kull" eng yetuk aql kabi qator sifatlargina insonni atrof-muhitda ro’y beradigan voqea hodisalarning mohi-yatiga yetish, ularni tahlil qilish va umumlashtirish, yangilik ochish, ijodiy izlanish xislatlarini aks ettiradi. Ibn Simo esa inson faoliyatidagi haqiqatni bilishga olib keluvchi nazariy hamda yaxshi ishlarni bajarishga yo’naptiruvchi amaliy bilimlarni farqlaydi. Demak, shaxsning bilimdonligi uniig atrof-muhit, tabiat va jamiyatda ro’y beraetgan murakkab hodisalar-ni, kishilar o’rtasidagi munosabatlarni anglash, baho-lash, o’zi haqida to’gri tasavvurga ega bo’lish negizida haetda, kundalik turmush va ongli faoliyatda namunali ishlarni bajarish, insoniy fazilatlarga amal qilishni taqozo etadi. Bugungi kunda yoshlar tarbiyasi oldida tur-gan eng muhim vazifa ham - kelajagimiz bunyodkorlarida aynan shunday sifatlar majmuini shakllantirishdir.
Fanlar tarixidan ma’lumki, falsafa fani ilmlarning eng yutsori pog’onasi bo’lib, eng fozil va donishmand insonlar ushbu soha bilan shug’ullanganlar. Lekin falsafaning nazariy hamda amaliy qismlari bo’lib, birinchi qismi uch bosqichdan: tabiatshunoslik, matematika va metafizikadan; amaliy kism ham uch qismdan:
Bizningcha, bilimdonlikning yuksak pog’onasi barchg ilmlar sohibining didi, fahm-farosati va zukkoligini taqozo etadi. Ya’ni ma’rifatli, bilimga chanqoq shaxs tabiat va jamiyat, inson tafakkuri va ma’naviy dunyosiga aloqador barcha bilimlarga befarq emasligi, ularni mukammal egallagani bilan farqlanadi. SHunday avlodgina murakkab texnologiya, xalqaro munosabatlar rivojlangan davrda xalq xo’jaligining ustuvor yo’napishlarini boshqaruvchi yuqori malakali mutaxassis sifatida davlat va jamiyatga foyda keltirib ishlay oladi. Bugungi kunda tatьlim tizimining asosiy vazifasi - kadrlar tayyorlash milliy siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan kelib chiqaetganligi mantiqan to’gridir. Ijtimoiy psixologiya ham bilimdonlik tushunchasining mohiyatiga o’ziga xos tarzda yondashadi va uning serqirraligini e’tirof etadi , Psixologik nuqtai nazardan olib qaralganda shunday muhim jihat mavjudki, u ham bo’lsa, aniq ilmlar sohasida bilimlar hamda shaxsning jamiyatdagi insoniy, mafkuraviy, huquqiy, siyosiy, demokratik munosabatlar to’g’risidagi bilimla-rining o’zaro uyg’unligi masapasidir. Nihoyat, yuqoridagilarga aloqador yana bir jihat borki, bu yoshlarning psixologik savodxonligi va uni oshirish masalasidir. Psixologik savodxonlik tushunchasining asl mohiyati -bu shaxsning o’zi, uning hissiy kechinmalari, munosabat-lari majmui bilan jamiyat va undagi shaxslararo muno-sabatlar tizimi, qadriyatlar, ma’naviyat to’g’risidagi to’la tasavvurlaridir. Psixologik nuqtai nazardan bilimdon odam tasavvurlarida ob’ektivlik va xolislik sifatla-ri mavjudkim, shu tufayli u o’z "Meni"ni mukammallashtirish va o’zgalar bilan to’g’ri munosabatlar o’rnatish qobiliyatiga ega. To’g’ri, hayot, undagi vaziyatlar, hodisalar, shaxsiy tajriba shaxsni ma’lum yo’nalishda rivojlanishiga sabab hisoblanib, uning ma’lum ijtimoiy tasavvurlari tizimini hosil qiladi. Lekin stixiyali, tajri-badagi "xatoliklar" va "yutuqlar" evaziga orttirilgan psixologik savodxonlik aniq maqsadga yo’naltirilgan, shaxs va jamiyat manfaatlariga, aniq tahlil va ezgu niyatlarga tayangan bilimdonlikdan farq qiladi. Masa-lan, boshqaruv tizimini oladigan bo’lsak, rahbar va xodim o’rtasidagi munosabatlarning to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligi ko’pincha shaxslararo ziddiyatlar va nizolarni keltirib chiqaradi. Lekin agarda rahbarning faoliyati maqsadlarida xodimning individual xususiyatlari va ijtimoiy kutishi hamda iqtidori hisobga olinib muloqotga kirishilsa, muloqot samaradorligini oshiruvchi usullardan foydalanilsa, natija o’zaro kelishuv va tomonlarning hamfikrliligi bilan yakunlanadi. Yangi davr kishisi, umuman ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat ko’rsatayotgan shaxslar maxsus dastur asosida muomala texnikasi va o’zini o’zi tarbiyalash texnologiyasini egallasalar, unda ijgimoiy faoliyat samarasi ortadi.
Psixologik savodxonlik yana shuning uchun ham zarurki, ko’pincha inson o’z iqtidori va imkoniyati darajasida aniq tasavvur qilmaydi, bilimgoh yoki kasb tanlashda o’zgalar ta’siriga berilib, muayyan xatolikka yo’l qo’yadi. Buning oqibatida nafaqat o’sha shaxs aziyat chekadi, balki jamiyatga zarar keltiradi. Har bir shaxs o’zini o’zi tarbiyalashning malakalariga ega bo’lishi, autotrening elementlaridan boxabar bo’lishi, o’zgalar bilan muloqotga tayyorligi - treninglarda ko’nikmalar hosil qilishi, "o’zgacha bo’la olish san’ati", uning ruhiy barkamolligiga zaminligi tufayli jamiyatda sog’lom insoniy munosabat-lar ustun turadi. Bilimdon kishilar o’zining bilim tizimidan ham unumli, ham samarali foydalanish imkoniyatiga egadirlar. Zero, ba’zan bilimlar doirasi keng-ligi sababli dimogdorlik illati yuzaga kelishi, sa-lohiyati bo’yicha o’z o’rnini topolmaslik o’z-o’zini quyi baholash barkamol shaxs taraqqiyoti uchun salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Demak, ijtimoiy psixologik bilimdonlikdan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlarni bo’lg’usi ijtimoiy faoliyatga psixologik jihatdan tayyorlash, ularda insoniy fazilatlar shakllantirish, kommunikativ bilimdonlik va shaxslararo muloqotning murakkab shakllariga muvofiqlashuv jarayonlarini tezlashtirishdir. Bugungi talabalar ertangi kunning bunyodkorlari, vatanparvarlari, mehnatsevar insonlar, jamoalarni boshqaruvchi ziyoli-lar bo’lib yetishishi kerakligini hisobga olsak, ulardagi bilimdonlik darajasi va ko’lamining keng bo’lishining ahamiyati shak- shubhasizdir. Zero, yuksak, teran va atroflicha fikr yurita oladigan va ijtimoiy faoliyatidan el yurtga naf yetkazadigan insonlargina kamolotga erishishi mumkin. Bu jarayonda ijtimoiy psixologiya o’zining faol metodlari va qonuniyatlari bilan o’z hissasini qo’shadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |