17-mavzu: Ko'phadni ko'phadga ko'paytirish
Ko'phadni ko'phadga ko'paytirish qoidasi.
Ushbu masalani qaraylik .
Masala. O'lchamlari quyidagi rasmda ko'rsatilgan shkaflar bilan band devor sirtining yuzini toping.
Yechish. Shkaflar bilan band bo'lgan devorning sirti tomonlari
2a + c + 2a = 4a + c va
a + b + a = 2a + b
bo'lgan to'g'ri to'rtburchakdan iborat. Bu to'g'ri to'rtburchakning yuzi S = (4a + c)(2a + b) ga teng.
(4a + c)(2a + b) ifoda (4a + c) va (2a + b) ko'phadlarning ko'paytmasidir.
Sonlarni ko'paytirishning taqsimot qonunini qo'llab,
S = (4a + c)(2a + b) = 4a(2a + b) +c(2a + b)
kabi yozish mumkin. So'ngra, 4a(2a + b) = 8a2 + 4ab va c(2a + b) = 2ac + bc bo'lgani uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |