Sonli tenglik nima, u qachon tog‘ri tenglik deyiladi
(2,5+3,5) ·2,1 ifodaning qiymatini hisoblab, 12,6 sonini hosil qilamiz. Shuning uchun (2,5+3,5) ·2,1=12,6 tenglikni yozish mumkin.
|
“=” belgisi bilan birlashtirilgan ikkita sonli ifoda sonli tenglikni tashkil etadi.Agar tenglikninig chap va o‘ng qismlarining qiymatlari bir xil son bo‘lsa, u holda bu tenglik to‘g‘ri tenglik deyiladi
|
Masalan, (15 – 1) : 2=8 – 1 to‘g‘ri tenglik, chunki uning ikkala qismining ham qiymati 7 soniga teng.
Birinchi, ikkinchi, uchinchi bosqich amallar.
Qo‘shish va ayirish amallari birinchi bosqich amallar, ko‘paytirish va bo‘lish amallari ikkinchi bosqich amallar, darajaga oshirish amali uchinchi bosqich amali дейилади.
Do'stlaringiz bilan baham: |