1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja



Download 3,44 Mb.
bet17/154
Sana31.12.2021
Hajmi3,44 Mb.
#217908
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   154
Bog'liq
1-19

Ekspress-barlar (bir zumda xizmat qilish)–savdo markazlarida, mehmonxona va vokzallarda faoliyat ko‘rsatadi. Mahsulotlar assortimenti bar vazifasiga mos tushishi kerak: buterbrodlar, qiymalangan go‘shtlar non betiga qo‘yilgan taomlar, har xil qandolat va sut mahsulotlarini taklif qiladi. Tik turib ovqatlanib ketadigan barlarda taom assortimenti cheklangan bo‘ladi. Bular – bifshtekslar, langetlar, parranda go‘shtidan tayyorlangan ovqatlar, chanqov-bosdi ichimliklar, sharbat, kokteyl, kofelar beriladi.

Pivo barlari – maxsus joylarda pivo qo‘yib sotiladi yoki shishalarda beriladi. Qo‘yib sotiladigan pivolar maxsus idishlardan yoki ishlab chiqargan zavod avtotsis-ternasidan bevosita avtomatlar orqali qo‘yib sotilishi mumkin. Savdoda mevali va mineral suvlar bo‘lishi tavsiya qilinadi. Hisob-kitob ofitsiantlar cheki orqali, o‘z-o‘ziga xizmat qilish joylarida bufetchi yoki sotuvchiga to‘lanadi.

Pivo barlari pivo sotish bilan birga issiq va sovuq gazaklar ham sotadi. Bular jumlasiga: buterbrod, pivoga mos keladigan pishloqlar, har xil tuzlangan narsalar, quritilgan baliq, qalamcha qilib qovurilgan kartoshka, quritilgan qora non, teshik kulcha, sho‘rdanak, sho‘r bodom va boshqalar kiradi.



Vino barlari – mehmonxonalar, restoran, kafelar qoshida faoliyat ko‘rsatadi. Yengil ovqatlantirish ham mumkin, vaqti cheklangan, shoshilgan odamlar tez tamaddi qilib ketishi uchun juda qulay joy hisoblanadi. Bunday barlar yirik restoranlar ichida joylashgan bo‘lsa, do‘stlar bilan uchrashish, mehmonlar kutish, suhbatlar qilishi choy yoki kofe ichib ketishi mumkin.

Gril-barlar savdo markazlarida, shahar ichida, dam olish joylarida, odamlar gavjum magistrallarda, restoranlarda joylashgan bo‘ladi. Gril-barda mijoz tanisq va noyob taomlarni olishi mumkin. Bu yerdagi taomlar assortimenti mijozning tezlik bilan ovqatlantirishiga imkon beradi. Bu barlarda eng ko‘p tarqalgan taomlardan qovurilgan baliq, jo‘ja, kabob, bifshteks bo‘ladi. Gril-barlarda taom mijozning ko‘z oldida tayyorlanadi. Gril-barlarda bar peshtaxtalari ro‘parasida stolchalar yoki uzun kursilar qo‘yiladi. Peshtaxtaning ichki tomonida sotuvchi xizmat qiladi. Taomni chala tayyor mahsulotlardan uning o‘zi tayyorlaydi.

Kafe– mijozlar ovqatlanishi va dam olishini ta’minlaydi. Restoran mahsulotlariga qaraganda ularning assortimenti kam. Kafe firma va buyurtma taomlar tayyorlash, mijozlarga yetkazib berishdek vazifani bajaradi. Bularning assortimenti cheklangan va taom tayyorlashi murakkab emas. Kafeda issiq choy, kofe, kakao, muzday sharbatlar, mineral suvlar, qatiq-sut, qandolat va shirin taomlar mavjud. Birinchisiga sho‘rva, ikkinchisiga tayyorlanishi oson bo‘lgan – qovurilgan tuxum, sosiska, sardelka, qo‘ymoqlar, berilishi mumkin.

Alkogolsiz kafeda ichimliklar assortimentidan vino-aroq mahsulotlari olib tashlanadi, alkogolsiz ichimliklar va qandolat mahsulotlari sotish qo‘paytiriladi. Bu kafelarda diskoteka bor. To‘ylar, yubileylar, oilaviy tushliklar, yangi taom va mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Mahsulot assortimenti va mijozlar tarkibiga qarab kafelar ikki guruhga bo‘linadi:

  • assortimenti bo‘yicha mahsulotlarni sotish – muzqaymoq kafesi, qandolatlar kafesi, sut mahsulotlari kafesi;

  • iste’molchilar tarkibi bo‘yicha – yoshlar kafesi, bolalar kafesi va hokazo.


Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish