Ho‘l meva barlari – umumiy ovqatlantirish korxonalarining yangi bir turi. Ijtimoiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan, alkogol ichimliklar iste’molini kamaytirish nazarda tutilgan tadbir sifatida paydo bo‘ldi. Bu xildagi barlar o‘ziga xos usulda binolarda joylashgan bo‘lib, oddiygina jihozlanadi (peshtaxtalar qo‘yilgan, vitrinalarda 15 xilgacha sharbatli ichimliklar, sut kokteyllari, elektro-kofeyniklar, samovarlar). Mijozlar sharbatlardan tashqari choy, kofe ichishlari, restoranning qandolat sexidan keltirilgan qandalat mahsulotlaridan bahramand bo‘lishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |