1-mavzu: Pedagogika nazariyasi fanining mazmuni, maqsad, vazifalari va nazariy asoslari Reja



Download 347,42 Kb.
bet7/57
Sana19.05.2022
Hajmi347,42 Kb.
#604861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   57
Bog'liq
Pedagogika nazariyasi9

6. Defektologiya - bu jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalar rivojlanishining ruhiy-jismoniy hususiyatlarini, ularni tarbiyalash, o’qitish va shakllantirishdagi o’ziga xosliklarni hisobga olib ish ko’radigan pedagogika fani tarmog’i.
Defektologiya ham bolaning qanday jismoniy nuqsonga egaligiga qarab va ularga beriladigan ta’lim-tarbiya mazmuniga qarab quidagi yo’nalishlarga bo’linadi:
- tiflo pedagogika;( defektologiyaning ko’r va zaif ko’ruvchi bolalarni o’qitish, tarbiyalash,hamda ularni mehnatga tayyorlash masalalarini ishlab chiquvchi soha.
- surdo pedagogika; (defektologiyaning tarmog’i, kar yoki zaif eshituvchi bolalarni maxsus o’qitish va tarbiyalash masalalarini ishlab chiqadi.
- oligofreno pedagogika (defektologiyaning tarmog’i. grekcha oligos-kam, fren-aql ma’nolarini anglatadi. Aqli zaif bolalarni o’qitish va tarbiyalash masalalarini ishlab chiqadi.)
7. Qiyosiy pedagogika - bu XX asr boshlarida pedagogika fanining alohida tarmog’i bo’lib ajrab chiqdi va u turli xalqlarning pedagogik qarashlari va ta’lim-tarbiya tizimini qiyosiy-genetik nuqtai nazardan solishtiradi.
Bu tarmoqda ta’lim-tarbiya borasidagi innovatsion uslublar va yondashuvlar (tizimli, kompleks va shu kabilar)ni solishtirish orqali amalga oshiriladi hamda ularni har bir xalq, millat o’zining milliy tarbiyasi nuqtai nazardan tahlil qilib chiqadi. Natijada jahon ta’lim-tarbiya vositalari, usullari, shakllari, yo’llari va shu kabilardan o’z milliy tarbiyasiga mos bo’lganlarini tanlab ularni milliy pedagogika fani va amaliyotiga joriy etadi.
8. Milliy pedagogika. “O’zbek pedagogikasi juda qadimgi tarixga ega bo’lib, uning dastlabki ildizlari “Avesto”ga, Urhun-Enisey bitiklariga, Selungur madaniyatiga borib taqaladi. “Avesto”dagi “ezgu fikr, ezgu so’z va ezgu amal” haqidagi kishilarga ko’ngil ma’rifatini berish borasidagi qarashlar, yozma milliy pedagogik qarashlarning dastlabki namunasi bo’lib, yetuk insonni shakllantirishga yo’naltirilgan.
Mamlakatimizda olib borilayotgan pedagogik ta’limning asosiy maqsadlaridan biri tarbiyaga barkamol shaxs ma’naviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida qarashidir.
Milliy pedagogikaning taraqqiyotida islom dini va tasavvuf ta’limoti hal qiluvchi o’rin tutadi. Chunki, Qur’oni Karim, Hadisi Sharif va tasavvuf ta’limotining markazida ahloq, komil inson ma’naviyatini shakllantirish turadi” [15; 305 b.].
Yosh avlodni kelgusi hayotga barkamol qilib shakllantirish ruhiy va ma’naviy jarayonlarga bog’liq. Pedagogika fanining asosiy maqsadi bo’lajak tarbiyachi-o’qituvchilarning ongli faoliyatida maqsadi tarzida o’z ustida ishlash, intilish muntazam ravishdagi izlanish, tanlangan vosita va metodlardan foydalangan holdagi tarbiyachilik san’atini o’rgatishga qaratiladi.
Bu mazmun quyidagilarda o’z ifodasini topadi:
· Kadrlar tayyorlash milliy modelini hayotga joriy qilishdagi bosh muddao barkamol shaxsni shakllantirishning bir butun holatidagi muammolarni hal etish;
· ta’lim-tarbiya samaradorligini muntazam ravishda oshirib borish hisobiga uni jahon talablari darajasiga olib chiqish masalalarini hal qilishga ijodiy yondashuvni amalga oshirish;
· umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyatning asoslarini e’tiborga olib, ta’lim-tarbiya mazmunini milliy mafkurani shakllantirib borish imkoniyatini yaratish;
· pedagogika-tarbiyashunoslik qoidalarini, qonunlarini ilg’or pedagogik tajribalar asosida boyitib borish, yangi metodlarni izlab topish va qo’llashga doir tadbirlar ishlab chiqish;
· bo’lajak o’qituvchi va tarbiyachilarni kasbiy va ixtisoslik tayyorgarliklarini talab darajasiga yetkazish masalalariga e’tibor qaratish;
· uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlantirish muammolarini hal etish.

Download 347,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish