1-mavzu: Pedagogika nazariyasi fanining mazmuni, maqsad, vazifalari va nazariy asoslari Reja



Download 347,42 Kb.
bet1/57
Sana19.05.2022
Hajmi347,42 Kb.
#604861
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
Pedagogika nazariyasi9


1-mavzu: Pedagogika nazariyasi fanining mazmuni, maqsad, vazifalari va nazariy asoslari
Reja

  1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida.

  2. Pedagogikaning asosiy kategoriya va tushunchalari.

  3. Pedagogik fanlarning tuzilishi.

  4. Pedagogik fanlar tizimi.



Tayanch ibora va atamalar: tarbiya, ta’lim, pedagogika, ma’rifat, ma’naviyat, madaniyat, ta’limning milliy modeli, ma’lumot berish, o’qitish, bilim, pedagogikaning asosiy funktsiyasi va tushunchasi, pedagogikaning asosiy faoliyati, didaktika, xususiy didaktika, pedagogika tarixi, pedagogika nazariyasi, maktabshunoslik, oila pedagogikasi, maktab ta’limi pedagogikasi, umumiy pedagogika, maxsus pedagogika, oliy ta’lim pedagogikasi, xususiy pedagogika, defektologiya, qiyosiy pedagogika, milliy pedagogika.
Adabiyotlar ro’yxati:

  1. http://arm.sies.uz/wp-content/uploads/2020/11/13Pedagogika-nazariyasi-va-tarixi-2010-darslik-R.Mavlonova-va-bosh.pdf

  2. https://www.google.com/url?sa=t&source=web&rct=j&url=https://n.ziyouz.com/books/kollej_va_otm_darsliklari/pedagogika/Pedagogika.%25201-qism%2520(M.To%27xtaxo%27jayeva,%2520S.Nishonova).pdf&ved=2ahUKEwiql6OOlP31AhWUn4sKHVLLB6QQFnoECAcQAQ&usg=AOvVaw29iJulREoVJc-PryuKDKL6



Qo’shimcha adabiyotlar:

  1. https://uzsmart.uz/kitoblar/files/Elektron%20kutubxona/Pedagogika_va_psixologiya/Pedagogika%20nazariyasi%20X.Ibragimov%20darslik%202008.pdf

Insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo’lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avalodga o’rgatish - ularni komillikka yetaklash yo’llari, qonun - qoidalarini mutassil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanining maydonga kelishiga sabab bo’lgan. Chunki, insonni ma’rifatli va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi.
Ma’lumki, mamlakatimiz taraqqiyoti va kelajagi ta’lim - tarbiya sohasidagi sifat o’zgarishlari qilib yuqori samaradorlikka erishishga, ularning jahon ta’limi talablari bilan mosligi va amaliy hayotdagi o’rnini qay darajada topayotganligiga bog’liq.
Ta’lim - tarbiyadagi sifat o’zgarishlar va yuqori samaradorlik ko’proq milliy pedagogikamizning tarixiy ildizlari va zamonaviy yutuqlarini talabalar ongiga singdirishni qay darajada olib borilganligiga bog’liq bo’lib, u barkamol avlod tarbiyasida mustahkam asos bo’ladi. Shunday asoslarda ta’lim-tarbiya berish bo’lajak mutaxassislarni yangicha sharoitlarda ishlashga tayyorlovchi innovatsion jarayon bo’lib, oldingi egallagan bilimlar asosida ijobiy pedagogik samaralarni beruvchi yangicha yondoshuv texnologiyalarini yaratish va joriy etishdan iboratdir. Bu talablarni bajarish ta’lim - tarbiya jarayonini ilm - fan va texnika - texnologiyalarning eng so’nggi yutuqlari asosida, zamon talablarini xisobga olgan holda tashkil etish muammosi mavjudligini ta’kidlaydi.
Bugungi kunda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar ham mazkur muammo yechimini topishga harakat qilmoqdalar. Ular:

    • Yaponiyada 1984-yilda qabul qilingan “XXI asr uchun ta’lim modeli, ta’lim va jamiyat ravnaqi, izlanishlar”;

    • Frantsiyada 1985-yilda qabul qilingan “Kelajak ta’limi”;

    • AQSHda 1985-yilda qabul qilingan “Fan barcha amerikaliklar uchun” va 1994- yilda qabul qilingan. “Amerikaliklar uchun XXI asr ta’limi” kabi dasturlar jahon ta’limi tizimidagi islohatlarni o’tkazishga keng yo’l ochdi.

Bu borada respublikamizda qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, jahon ta’limi andozlari talablarlariga mos keluvchi “Davlat ta’lim standartlari” da davr bilan hamnafas, ya’ni “Intellektual asr”ning faol ishtirokchilarini tayyorlash ko’zda tutilgan.
XXI asrning faol ishtirokchisi esa keng ma’noda ta’lim - tarbiya va ularning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar bilan bog’langan holda barkamol shaxsni voyaga yetkazishdek innovatsion jarayoni o’zida mujassamlashtiradi.
Barkamol shaxs tarbiyasi tasodifan paydo bo’lgan emas. Bu inson tarbiyasi haqidagi fikrlar, g’oyalar, qarashlar, qoidalar, qonunlar asosida shakllana boshladi va hozirgacha jamiyat taraqqiyotiga mos holda takomillashib kelmoqda. Ular, asosan, qissalar, pandnomalar, qadriyatnomalar yozma yodgorliklarda, xalq og’zaki ijodida va boshqa shu kabi manbalarda asoslab berilib avloddan - avlodga o’tkazildi va keyinchalik mustaqil fan sifatida shakllanib o’z mavqeini mustahkamlab oldi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’lim muassasalarida zamonaviy pedagogik tehnologiyalarni yaratish va ulardan amaliyotda keng foydalanishga erishish, «Ta’lim - fan - amaliyot» integraciyasining ta’lim tizimidagi samarasiga alohida e’tibor qaratilgan. Qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning milliy modelidagi bosh muddao ham barkamol avlod tarbiyasi, mustaqil va erkin fikrlovchi, dunyoqarashi keng ijodkor shaxsni tarbiyalash masalasidir. Bu vazifani esa pedagogika fani asoslaridan habarsiz kishi me’yoriga etkaza olmasligi hech kimga sir emas.
Ushbu ma’noda bo’lajak o’qituvchilar zimmasiga qo’yiladigan yangi pedagogik tafakkurni shakllantirish vazifasi zamonaviy pedagogika fanining mazmun - mohiyatini tashkil etadi, shuningdek, jamiyat oldida ko’ngdalang turgan milliy maktab modelini yaratish, milliy ta’lim tizimini, uning mazmunini jahon tajribasi mezonlariga mos davlat standartlari asosida yaratish vazifasini hal etish ham milliy pedagogikamizning zimmasiga yuklatiladi.
O’zbekiston Respublikasidagi pedagogik oliy o’quv yurtlarida o’rganiladigan pedagogika fani o’qituvchilik kasbiga tayyorlash tizimida alohida ahamiyat kasb etadi va ihtisoslikka yo’naltiruvchi fan hisoblanadi. Mazkur o’quv fani o’zbek xalqining milliy qadriyatlari, urf- odat, marosim va an’analari hamda xalq pedagogikasi aqidalariga asoslanib, bo’lajak o’qituvchini milliy mustaqillik sharoditida yosh avlodni tarbiyalash, shaxsni kamol toptirish, e’tiqod va maslaklarini shakllantirish, ma’naviy - ahloqiy yuksaltirish jarayoniga olib kiradi. Pedagogika fanining boshqa fanlar orasidagi tutgan muhim o’rni ham ana shundadir.
Pedagogika fani ijtimoiy fanlar tizimiga kirib, u o’zining nazariy, milliy va amaliy asoslariga ega.



Download 347,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish