1. Pedagogika fanini milliy pedagogika sifatida tarkib topdirish va uni jahon fanlari tizimida yuqori darajaga ko’tarish.
2. Pedagogika fani milliy mafkura, taraqqiyotning O’zbek modeli talablari va ilg’or rivojlangan davlatlar davlat ta’lim standartlari asosida innovatsion yondoshuvlar qilish bilan o’z metodologiyasi va yo’nalishlarini tubdan isloh qilish.
3. Pedagogika fanidagi tadqiqot saviyasi va uning metodologiyasiga innovatsion tus berish, ulardagi sifat o’zgarishlari va samaradorlikni muntazam ravishda baholab borishga erishish.
4. Pedagogik tadqiqotlarni olib borishda boshqa fanlarning ilg’or yutuqlaridan foydalanishga erishish, shaxsni bir butunlikda o’rganish va uni shakllantirish metodologiyasini yaratish.
5. “Pedagogika fanlari tizim va tarkibini takomillashtirish, ijtimoiy pedagogika sohasida oila pedagogikasi, ma’naviyat-ma’rifat pedagogikasi alohida fan sifatida tarkib topishi. Professional pedagogikada iqtidorli bolalarni tanlash va ularni o’qitish, maktab, litsey, kollej, malaka oshirish, oliy va xususiy o’quv yurtlari ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish nazariyasi va amaliyotini takomillashtirish.
Pedagogika nazariyasi va amaliyotining o’zaro bog’liqligi, pedagoglar ommasining erkin ijodkorligiga sharoit yaratish tajribalarini o’rganish va ommalashtirish tizimini tarkib toptirish”.
6. Ta’limni texnologiyalashtirish: pedagogik texnologiya, ta’lim texnologiyasi, tarbiya texnologiyasi, innovatsion ta’lim texnologiyasi va shu kabilarni alohida o’rganish va ular asosida IPT, YAPT va YAATlarni ishlab chiqish orqali ta’limni, hamda pedagogik tadqiqotlarni kompyuterlashtirishga erishish, shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyasining ilmiy-nazariy asoslarini yaratish.
7. UTTda bola tarbiyasi rivojining uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash kontseptsiyasini ishlab chiqish, hamda barkamol avlodni shakllantirishga zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanishga erishish. Bunda mustaqillik mafkurasini insonlar ongiga singdirish usullari, shakllari, yo’llari, vositalari va ularning axborotli ta’minotlarini ishlab chiqib, hayotga joriy etish orqali yoshlarda o’zligini bilishi, o’z-o’zini boshqara bilishi, o’z-o’zini tarbiyalay olishi kabi hislatlarni takomillashtirish.
8. Pedagogik diagnostika va prognostika yo’nalishida ITIni davr talabiga mos rivojlantirish. Bunda ilm-fan va texnika-texnologiyalarning eng so’nggi yutuqlaridan samarali foydalanishga erishish.
9. Ta’lim-tarbiya tizimida modelli, modulli ta’lim texnologiyalariga keng o’rin ajratish va ular asosida kompyuter uchun muloqatli ishchi dasturlar tayyorlab kompyuterli tizimlar yaratishga erishish va ulardan ta’lim-tarbiyaning innovatsion hususiyatlarini vujudga keltirishda keng foydalanish.
10. Ta’lim-tarbiya jarayonida reyting-nazorat tizimiga katta e’tibor berish va bu jarayonlarni boshqarishni zamonaviy kompyuterlar zimmasiga yuklashga harakat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |