1-mavzu: Pedagogika nazariyasi fanining mazmuni, maqsad, vazifalari va nazariy asoslari Reja


Pedagogika - tarbiya haqidagi fandir. Pedagogika - grekcha so’z bo’lib, «paydagogos»



Download 347,42 Kb.
bet3/57
Sana19.05.2022
Hajmi347,42 Kb.
#604861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
Pedagogika nazariyasi9

Pedagogika - tarbiya haqidagi fandir. Pedagogika - grekcha so’z bo’lib, «paydagogos» - bola yetaklovchi ma’nosini anglatadi. Insonlarning ma’rifiy va ma’naviy barkamollikka munosabatlarini o’zgarib borishi natijasida pedagogika (bolani to’g’ri hayotga boshlash san’ati) fani xalq orasida o’z mavqeiga ega bo’ldi. Shu tariqa insonni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o’rin egalladi. Uning bosh muammosi tarbiyadir.
Inson tarbiyasi haqidagi fikrlar, g’oyalar, qarashlar, qoidalar, qonunlar dastlab qissalarda, pandnomalarda, qadriyatnomalarda, yozma yodgorliklarda, xalq og’zaki ijodida, ilohiy va muqaddas kitoblarda asoslab berilgan bo’lsa, keyinchalik mustaqil fan tarzida o’z mavqeini mustahkamlaydi.
Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bola tarbiyasiga alohida e’tibor berib kelgan. Imom al-Buhoriy (810-870 y.y.), Abu Mansur al-Motrudiy (vafoti 945 y.), Abu al-Mu’iyn an-Nasaviy (1027-1114 y.y.), Muhammad az-Zamahshariy (1075-1114 y.y.), Burhoniddin al-Marg’iдoniy (1123-1197 y.y.), Hoja Ahmad Yassaviy (1041-1167 y.y.), Najmiddin Kubro (1146-1221 y.y.), Bahouddin Naqshband (1318-1389 y.y.), Ya’qub Charxiy (vafoti 1447 y.), Hoja Muhammad Porso (1348-1420 y.y.), Hoja Ahrori Valiy (1404-1490 y.y.), Mahdumi A’zam (1364-1542 y.y.), Hoja Yusuf Hamadoniy (1048-1140 y.y.), Abduholiq G’ijduvoniy, So’fi Ollayor (1644-1711 y.y.), Muhammad Muso al-Xorazmiy (783-850 y.y.), Ahmad as-Sarahsiy (835-899 y.y.), Abu Ali ibn Sino (980-1037 y.y.), Abu rayhon Beruniy (973-1048 y.y.), Qozizoda Rumiy (XIV asr ohiri XV asr boshi), Mirzo Ulug’bek (1394-1449 y.y.), Abu Nasr Farobiy (873-950 y.y.), Nosir Hisrav (1004-1088 y.y.) Yusuf Hos Hojib (XI asr), Mahmud Qoshg’ariy (XI asr), Adib Ahmad Yugnakiy (XII-XIII asr), Lutfiy (1366-1465 y.y.), Alisher Navoiy (1441-1501 y.y.), Husayn Voiz Koshifiy (1440-4505 y.y.), Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530 y.y.), Ogahiy (1809-1874 y.y.), Abdurazzoq Samarqandiy (1413-1482 y.y.), Abdulla Avloniy (1878-1931 y.y.), Abdurauf Fitrat (1886-1938 y.y.), Mahmudho’ja Behbudiy (1875-1919 y.y.), Abdulhamid Cho’lpon (1897-1938 y.y.) singari ulug’ olimu adiblar, fozilu fuzalolar ta’lim-tarbiya borasida ko’p asarlar yozganlar. Sharq pedagogikasining asoschilari hisoblanmish Farobiyning “Fozil odamlar shahri”, Yusuf Hos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Alisher Navoiyning “Mahbu ul-qulub”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai Sultoniy” asarlari kabilar bunga dalildir. Tarixdan ma’lumki, bir vaqtlar Sharq pedagogikasi gullab yashnagan. Olmon olimi Heller «Sharq Evropaning muallimidir», deganda ana shu rivojlanish davrini ko’zda tutgandir, ehtimol.
Ma’rifat darg’asi Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yohud ahloq” asarida pedagogika faniga quyidagicha ta’rif bergan: “Pedagogika - ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir. Ilmi ahloqning asosi tarbiya…. Bolaning salomatligi, saodati uchun uni yaxshi tarbiya qilmoq, tanini pok tutmoq, unga yaxshi xulqlarni o’rgatmoq, yomon xulqlardan saqlab o’stirmoqdir”.
Pedagogika barkamol insonni tarbiyalashda yozma va og’zaki manbalarga, hamda hayotiy tajribalarga suyangan holda yuksak ma’naviyatni, milliy mafkurani shakllantiruvchi qonun-qoida va metodlarini o’rganuvchi hodisa va jarayonlar doirasidagi fandir.



Download 347,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish