Oʻzaro oʻrin almashinuvchi juftliklar va guruhlar Maqsadi: - talabalarni materialning tuzulishi, asosiy fikrlarni belgilay olish, esda saqlab qolish mumkin boʻlgan shaklda ularni tasavvur eta olishga oʻrgatish;
- gapira olish koʻnikmasini shakllantirish;
- hamkorlikka oʻrgatish.
1. Birinchi bosqichda pedagog asosiy fikrlarni tasavvur etishning turli shakllari haqida hikoya qilib beradi.
Asosiy fikrlarni tasavvur etishning birinchi turi oddiy – bu asosiy fikrlarni soʻz yoki qisqa gaplar tarzida tasavvur etishdir. Mazkur soʻz yoki gaplar ustunlar tarzida nomer qoʻyish orqali yoziladi.
Asosiy fikrlarni tasavvur qilishning ikkinchi shaklida oʻzak belgilab olinadi va ana shu oʻzak atrofida asosiy fikrlar jamlanadi.
Asosiy fikrlarni shakllantirishning uchichnchi shakli – bu ularni qisqartirish yoki shartli belgilar bilan almashtirishdir.
2. Ikkinchi bosqichda talabalar kichik guruhlarga birlashadilar. Har bir kichik guruh oʻziga berilgan matnni oladi va uni oʻqiydi. Matnlar hammada har xil.
3. SHundan soʻng guruhda har bir talaba mustaqil ravishda mazkur matnga doir tayanch konspektni tuzishadi.
4. Navbatdagi bosqichda talabalar juftliklarda oʻzlarining tayanch konspektlari haqida fikr almashishadi. Mazkur bosqichda oʻzining tayanch konspektini oʻzgartirish imkoniyati mavjud.
5. Navbatdagi bosqichda tayanch konspekt guruhiy muhokama etiladi. Guruh oʻzaro kelishgan holda qandaydir yaratilgan tayanch konspektni qabul qiladi. Mazkur bosqichda guruh butun jamoaning oldida “ovoz chiqarib” aytib beruvchi talabani aniqlab olishi kerak.
6. Mazkur bosqichda guruhning bir a’zosi aniqlangan tayanch konspekt boʻyicha chiqish qiladi va oʻqilgan matnning mazmunini bayon etadi. Barcha talabalar eshitishlari kerak. Mazkur davrda me’yorlarning bajarilishini ta’minlaydigan texnik ekspertning majburiyati namoyon boʻladi.
7. Birinchi guruh a’zosi chiqishini tugatgandan soʻng boshqa guruh savol berishi mumkin. Savollarga javob beriladi. Mazkur turdagi ish baholanishi mumkin (ballar jadvalda qoʻyiladi). Savollarning navbat bilan berilishini texnik ekspert yoʻlga qoʻyadi.
8. Sakkizinchi bosqichda boshqa guruhning vakili agar asosi mavjud boʻlsa, qilingan chiqishni toʻldiradi.
9. Toʻqiqiznichi bosqichda boshqa guruh vakili chiqish, savollarga javoblar boʻyicha noroziligini ifoda etadi.
Ana shu erda birinchi matn bilan ishlash yakunlanadi. Pedagog yoki ilmiy ekspert yakunlarni chiqaradi.
Keyingi bosqichda boshqa guruh vakili oʻzining tayanch konspektini namoyish etadi. Mazkur harakat hamma chiqishlar tugaguncha davom etadi.
Inssenirovka yakunlarni chiqarish bilan tugallanadi. Har bir guruh toʻplagan ballarni hisoblash va jami ballar ustuniga yozib qoʻyilishi kerak. Ana shu asosdan kelib chiqib, oʻrinlarni ham belgilash mumkin.