1-mavzu. «Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Dasturiy ta'lim (dasturlashtirilgan ta'lim)



Download 1,28 Mb.
bet52/75
Sana09.07.2022
Hajmi1,28 Mb.
#763322
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75
Bog'liq
2 5359687889087108816

Dasturiy ta'lim (dasturlashtirilgan ta'lim) harakat (operatsiya) lar ketma-ketligi tizimini ifodalovchi, ularni bajarish oldindan reja-lashtirilgan natijaga olib keJuvchi «dastur» terminidan keiib chiqadi.
Dastur - bajariladigan ish yoki biror faoliyat rejasi boʻlib, oʻqituvchilarning yordamida ta'lim oluvchilarga ta'lim-tarbiya berishda oʻquv rejasi va dasturlarini ogʻishmay amalga oshirilishida zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Dasturiy ta'limning asosiy xususiyatiari quyidagilardan iborat:

  • oʻquv materialining alohida qismlarga ajratilishi;

  • oʻquv jarayonining bilimlarini oʻzlashtirish boʻyicha bilimlarning muayyan miqdorlari (boʻlaklari) va fikrlash (mantiqiy) amallaridan iborat boʻlgan ketma-ket bosqichlardan iborat boʻiishi;

  • har bir bosqichning nazorat bilan yakunlanishi;

  • nazorat topshifiqlarini toʻgʻri bajargan ta'lim oluvchining yangi materiaini oʻzlashtirish uchun olish imkoniyati va navbatdagi bosqichni bajarishga kirisha olish;

  • toʻgʻri javobni topishda ta'lim oluvchining yordamchi va qoʻshimcha tushuntirishlarni olishi;

  • har bir ta'lim oluvchining mustaqil ishlashi, intellektual salohiyati yetarli boigan mavzuJar boʻyicha oʻquv materiallarim oʻzlashtirishi;

  • natijaiar monitoringi, ya'ni barcha nazorat topshiriqlarining bajarilish natijalarining qayd etilishi;

  • ta'iim jarayonida ta'lim beruvchtning ta'lim tashkilotchisi va lozim topilganda mazkur jarayonda maslahatchi (boshqaruvchi) sifatida ishtirok etishi va individual yondashuvni amalga oshirishi;

  • ta'lim jarayonida oʻqitishning oʻziga xos vositalarning keng qoʻllanilishi (kompyuterli oʻrgatuvchi dasturlar, intellektuallashtirilgan dasturlar, kasbiy kompyuterli oʻyinlar, trenajerlar, nazorat qilish qurilmalari, oʻqitish mashinalari va shu kabilar).

Kompyuterli ta'lim. Ma'lumki, oʻqitish sohasida jahon didaktikasining muhim tajribasi natijasida shaxsiy EHM rivojlanishi negizida kompyuterlashtirilgan ta'lim vujudga keldi.
Kompyuter — (ing. «computer» - hisoblayman) - oldindan beril-gan dastur boʻyicha ishiaydigan avtomatik qurilma. Ta'lim-tarbiya jarayonlarini kompyuterlashtirishda zamonaviy kompyuterlar universal didaktik vositalar (qurilma) boʻlib hisoblanadi va ularning ta'lim-tarbiya jarayonlarining optimal variantlarini topishdagi roll beqiyos. Shuningdek, kompyuter ta'lim oluvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini takomillashtirishda yangi dasturiy-texnik universal vositasi boʻlib, ularning amaliy tafakkurini kengaytirish va chuqurlashtirib, ulardagi bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirishni yuqori darajaga koʻtaradi.
Rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlardan keng foydalanishning rivojlanishi bu boradagi quyidagi asosiy yoʻnalishlarni aniqlashga imkon beradi:
alohida oʻquv fanlari (matematika, tabiiy fanlar, ona tili, chet tili, geografiya, chizmachilik va shu kabi fanlar) boʻyicha oʻzlashtirish darajasini oshirishni ta'minlash;
• umumiy kognitiv (idrok etish) qobiliyatlari - qoʻyilgan masalani hal etish, mustaqil fikrlar, kommunikativ malakalarni egallash (axborotni toʻplash, analiz, sintez qilish)ni rivojlantirish, u yoki bu koʻnikmani shakllantirishga imkon bemvchi jarayonlarga e'tiborni kuchaytirish.
Kompyuterlashtirishning asosiy maqsadi, ma'lumotlarni toʻplash, qayta ishlash va uzatish ishlarini avtomatlashtirishdan iborat boʻlsa, uning asosiy vazifalari intellektual salohiyatni koʻtarish, aqliy meh-natni iJmiy asosda tashkil etish, ta'lim-tarbiyada optimal variantlarni kafolatlashlardan iboratdir.
Kompyuterlar yordamida ta'lim-tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuvlarga, yangi axborot texnologiyalarini joriy etishga keng imkoniyatlar yaratiladi hamda yangi koʻrgazmalilik ta'minlanadi. Shuningdek, ulardan ta'lim-tarbiyada universal didaktik vosita sifatida foydalaniladi. Bu oʻqituvchi vaqtini tejashga imkon beradi va nati-jada ta'lim jarayonidagi samaradorlik qoʻlga kiritiladi.
Kompyuterli ta'lim dasturlari, odatda ikki xil, ya'ni axborot-ma'lumotli va nazorat-ta'limiy tartibda oʻqitish imkoniyatiga ega boʻlgan turlarga boʻlinadi.
Kompyuterli ta'limning sifati quyidagi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi:

  • oʻqitish dasturlarining mukammaliigi;

  • hisoblash texnikasining mukammalJigi va oʻqitish jarayonida-
    foydalanishdagi qulayligi.

«KompyuterIi oʻqitish tizimi — bu quyidagi vazifalarni bajarish-ga imkon beruvchi oʻquv-metodik va dasturiy-texnik vositalar maj-muasi boʻlib hisoblanadi:

  • bilitnning aniq predmet sohasini oʻrganish;

  • oʻquv kursiarida ishlanmalarni qoʻllash;

  • oʻquv jarayonini boshqarish va shu kabilar.

Bugungi kunda oʻquv jarayonini tashkil etishda qoʻllanilayotgan kompyuterli oʻqitish tizimini quyidagidek sinflarga ajratish mumkin:
A) ma'ruzani immitatsiyalovchi va oʻrganuvchi materialni bayon etishda aniq rejaga ega boʻlgan ma'ruzachi tipidagi tizimlar;
B) seminar, laboratoriyamashgʻulotlarini immitatsiyalovchi assistent tipidagi tizimlar;
B) oʻrganilayotgan va yondash fanlar boʻyicha foydalanishga moʻljallangan ma'lumotlar bazasini tashkil qiluvchi maslahatchi tipidagi tizimlar;
G) bilimlarning boshlangʻich darajasini va oʻquvchining psixologik holatlarini tekshirishga imkon beruvchi repetitor tipidagi tizimlar».

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish