1-mavzu. «Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Pedagogik fanlarni oʻqitish funksiyalari



Download 1,28 Mb.
bet11/75
Sana09.07.2022
Hajmi1,28 Mb.
#763322
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75
Bog'liq
2 5359687889087108816

4. Pedagogik fanlarni oʻqitish funksiyalari. “Funksiya” tushunchasi “mutaxassislik fanlarini oʻqitish vazifalari” tushunchasiga yaqindir. Mutaxassislik fanlarini oʻqitish funksiyasi mutaxassislik fanlarini oʻqitish jarayoni mohiyatini ifoda etadi, vazifasi esa mutaxassislik fanlarini oʻqitishning komponentlaridan biri hisoblanadi.
Metodika mutaxassislik fanlarini oʻqitish jarayonining quyidagi uchta funksiyasini ajratib koʻrsatadi: ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash.
Ta’lim berish funksiyasi mutaxassislik fanlarni oʻqitish jarayonining talabalarda bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Mutaxassislik fanlarini oʻqitish natijasi sifatida bilimlarining toʻlaligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar mutaxassislik fanlarini oʻqitish jarayonining metodik jihatdan toʻgʻri tashkil etilganligini ifodalaydi.
Mutaxassislik fanlarini oʻqitish jarayonida talabalarda ular tomonidan oʻzlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy koʻnikma va malakalarning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega.
Koʻnikma – olingan bilimlarga asoslanib qoʻyilgan vazifalar va shartlarga binoan bajariladigan harakatlar yigʻindisi.
Malaka – ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi. Umumiy koʻnikma va malakalarga ogʻzaki va yozma nutqni bilish, axborot materiallaridan foydalana olish, oʻqish, manbalar bilan ishlash, referat yozish, mustaqil ishini tashkil etish kabilar kiradi.
Pedagogika fanlarni oʻqitishning rivojlantiruvchi funksiyasi mutaxassislik fanlarini oʻqitish jarayonida, bilimlarni oʻzlashtirish jarayonida talabaning rivojlanishi sodir boʻlishini koʻrsatadi. Rivojlanish quyidagi yoʻnalishlarda sodir boʻladi: nutqi rivojlanishi, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional-irodaviy va ehtiyoj-sababli sohalari rivojlanadi. Toʻgʻri tashkil etilgan ta’lim shaxsni har doim rivojlantiradi, lekin oʻqituvchi va talabaning shaxsiy har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan maxsus oʻzaro munosabatlarida rivojlantirish funksiyasi yanada samaraliroqdir.
Ta’limning talaba shaxsini rivojlantirishga yoʻnaltirilganligi “rivojlantiruvchi ta’lim” tushunchasi bilan ifoladanadi. XX asr 60-yillaridan boshlab rivojlantiruvchi ta’limni tashkil etishga nisbatan turli yondoshuvlar yuzaga keldi.
Bularning hammasi fanlarni oʻqitishni tashkil etish faqat bilimlarni shakllantirishga emas, talabani har tomonlama rivojlantirish (birinchi navbatda, aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, turlarga ajratish va boshqalarni kuzatish, xulosa chiqarish, ob’ektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga oʻrgatish, uning natijalarini tekshirishni bilish malakasini rivojlantirish)ga xizmat qilishini anglatadi.
Pedagogika fanlarini oʻqitish jarayoni tarbiyalovchi xususiyatga ham ega. Tarbiya va ta’lim oʻrtasidagi bogʻliqlik ob’ektiv va qonuniy hisoblanadi. Biroq shaxsni ta’lim jarayonida tarbiyalash tashqi omillar (oila, mikromuhit va boshqalar)ning ta’siri tufayli qiyin kechadi.
Tarbiyalash funksiyasi. Tarbiyalash funksiyasi mutaxassislik fanlarni oʻqitish mazmuni, shakli va metodlarining mohiyati bilan belgilanadi va oʻqituvchi hamda talabalar oʻrtasidagi munosabatlarni tashkil etish jarayonida etakchi oʻrin tutadi.
Pedagogika fanlarini oʻqitish jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantiriladi.
Pedagogika fanlarini oʻqitishning tarbiyalovchilik xususiyati, eng avvalo, pedagogik fanlar mazmunida aks etadi.
Pedagogika fanlarini oʻqitish jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili oʻqituvchi va talabalarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, oʻqish jarayoni ishtirokchilarining oʻzaro munosabatlari, talabalarning idrok etish faoliyatlariga oʻqituvchining rahbarligi hisoblanadi. Zamonaviy pedagogika oʻqituvchi va talabalar oʻrtasidagi munosabatning eng qulay usuli sifatida demokratik usulini e’tirof etadi. Bu usul pedagogik fanlarni oʻqitish jarayonida talabalar shaxsini hurmat qilish, ularning xohish-istaklari, qiziqishlarini inobatga olinishini anglatadi.

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish