1-mavzu. «Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja



Download 1,28 Mb.
bet55/75
Sana09.07.2022
Hajmi1,28 Mb.
#763322
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   75
Bog'liq
2 5359687889087108816

I. Afzalliklari:
• yaxlit oʻquv-tarbiyaviy jarayonning tartibli (tizimli) ketishini ta'minlovchi aniq tashkiliy tizim;
• jarayonlarning oddiy boshqarilishi;
• muammoning jamoa boʻlib muhokama qilinishi, masalaning yechimini birgalikda izlash jarayonida ta'lim oluvchilar oʻrtasida oʻzaro munosabatlarning shakllanish imkoniyati;
• ta'lim beruvchining ta' lim oluvchilar va ularning tarbiyasiga doimiy emotsional ta'sir koʻrsatishi;
• ta'limning emotsionalligi (zero, ta'lim beruvchi bir vaqtning oʻzida ta'lim oluvchilarning katta guruhi bilan ish olib boradi), oʻquv faoliyatiga musobaqalashish elementlarini kiritish uchun sharoitning yaratilishi, bilimsizlikdan bilimlarni oʻzlashtirish sari harakatlarning muntazamligi va izchilligi.
II. Kamchiliklari:

  • tizimning bilimlarni asosan oʻrta darajada oʻzlashtiruvchi ta'lim oluvchilar uchun moʻljallanganligi, boʻsh oʻzlashtiruvchi ta'lim oluv­chilar uchun qiyinchiliklarning yuzaga kelishi va kuchli oʻzlashtiruvchi ta'lim oluvchilarning qobiliyatlarining rivojlanish sur'atining ortga surilishi;

  • ta'lim beruvchi uchun oʻqitish mazmuni va oʻqitish sur'atlari hamda metodlari boʻyicha individual ishlarni tashkil etish, shuningdek, ta'lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olishda qiyinchiliklarni yuzaga kelishi;

  • katta va kichik yoshli ta'lim oluvchilar oʻrtasidagi munosabatlarning qaror topmasligi.

XIX asr oxiri XX asr boshlarida aqliy rivojlanishda farq boʻlgan ta'lim oluvchilarni oʻqitishda individuallashtirishga e'tibor qaratish masalasi ayniqsa, dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shunga mos ravishda ta'limning tanlab oʻqitish shakli yuzaga keldi. Bu AQShda Batov va Yevropada Manncheyms tizimlarida yaqqol seziladi.
XX asr boshida Yevropa va AQShda ta'lim oluvchilaming indi­vidual, faol, mustaqil oʻquv ishlarini ta'minlashga qaratilgan koʻplab ta'lim tizimlarining samaradorligi sinab koʻrilgan. Ular orasida 1905-yili Massachusets shtatining Dalton shahrida oʻqituvchi Yelena Park Xerst tomonidan birinchi bor qoʻllanilgan ta'limning individuallash-tirilgan tizimi e'tirof etilgan. Bu tizim dalton-reja nomi bilan peda-gogikaga va maktab tarixiga kirdi. Bu ba'zan laboratoriya yoki usta-xonalar tizimi deb ham ataladi. Bu tizimning mazmun-mohiyati quyi-dagilarda namoyon boʻladi:

  • oʻquv faoliyatining muvoffaqiyati maktabda ishlash sur'atining har bir ta'lim oluvchining imkoniyatlari, ularning qobiliyatlariga moslashtirilishiga bogʻliq;

  • ta'lim faoliyati uchun ustun turadigan oʻqishni an'anaviy tashkil etish ta'lim oluvchining mustaqil oʻquv faoliyatining markazi hisoblanishi;

  • ta'lim beruvchi oʻz vazifasini odob bilan bajarishi;

  • sinf laboratoriyalarining ustaxonalar bilan almashtirilishi, oʻqituvchining yangi materialni tushuntirmasligi, balki uni ta'lim oluvchi­ ning oʻzi laboratoriya yoki ustaxonalarda ta'lim beruvchidan olingan topshiriq asosida mustaqil shugʻullanishlari va zarur boʻlgan paytlarda ta'lim beruvchidan yordam soʻrashlari asosida oʻzlashtirishi va shu kabilar.

XX asrning 20-yillarida maktab ishlari ilmiy-tadqiqot instituti ta'limning loyihali tizimini targʻib qila boshladi. Uni amerikalik U.Kelpatrik ishlab chiqqan. Ta'limning bu tizimining mazmuni ta'lim oluvchilarning oʻzlari loyiha ishlari mazmunini tanlab olishlaridan iborat. U mavjud haqiqiy hayot bilan bogʻlangan boʻlishi va oʻquv guruhi iqtisoslashlariga qarab (yoʻnalishlari) ijtimoiy-siyosiy, xoʻjalik ishlab chiqarish yoki madaniy turmush tomonlarini aks ettirishi kerak boʻlgan.
XX asrning 60-yillarida Trank rejasi juda mashhur boʻlib ketdi. Uni amerikalik professor pedagog Lyuyd Trank ishlab chiqqan.
'qitishning tashkil etishning bu shakli katta auditoriyalarda (100-150 odam) umumiy mashgʻulotlarni, 10-15 kishilik guruhlarda esa amaliy mashgʻulotlarni vata'lim oluvchilarning individual ishlarini ham bir-galikda olib borishni taklif etadi. Bunda turli xildagi texnik vositalar-dan foydalanib, umumiy ma'ruzalarni olib borishga oʻquv vaqtining 40 foizi ajratiladi. Shuningdek, kichik guruhlardagi mashgʻulotlarga (amaliy mashgʻulotlar) esa oʻquv vaqtining 20 foizini va kabinet yoki laboratoriyalarda individual mustaqil ishlarni bajarishga oʻquv vaqti­ning 40 foizi ajratiladi.
XX asrning 70-yillarida oʻqishni tashkil etishning noan'anaviy shakllarini izlash davom ettirildi. Tajriba va sinov maktablarini izlash birinchi navbatda sinf-dars tizimini modernizatsiyalashtirish fikri bilan bogʻliq boigan. Izlanishlarning asosiy masalasi - oʻqishni individuallashtirishdan iborat edi.
Birinchi universitetlar paydo boʻlishi bilan ta'limning ma'ruza-seminar shakli yuzaga kela boshlaydi. U yaratilgan paytdan beri mazkur tizim deyarli oʻzgarmagan. Ma'ruza, seminar va laboratoriya ishlari, konsultatsiya va tanlagan kasbi boʻyicha amaliyot hozirgac-ha ma'ruza-seminar tizimi sifatida oʻqishning asosiy shakllaridan biri boʻlib kelmoqda. Ma'ruza-seminar tizimi oʻzining sof koʻrinishida oliy va oliy maktabdan keyingi ta'lim amaliyotida qoʻllaniladi.
Oʻzbekistonda uch yillik oʻrta maxsus, kasb-hunar ta'limini tadbiq etilishi bilan ma'ruza-seminar tizimidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ham ulardan foydalana boshlandi. Oxirgi paytlarda ma'ruza-seminar tizimi elementlaridan oʻrta maktablarning katta sinf-larida ham qoʻllanila boshlandi.
Demak, qadim zamonlardanoq jamiyatning yetuk kishilari oʻqitish ishini tashkil qilishning ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlariga javob beradigan shakllarini topishga uringanlar. Hozirgi vaqtda respublika ta'lim muassasalarida oʻqitishning 1-shakldagidek koʻrinishlaridan foydalanilmoqda.



Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish