1-mavzu. «Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja



Download 1,28 Mb.
bet54/75
Sana09.07.2022
Hajmi1,28 Mb.
#763322
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75
Bog'liq
2 5359687889087108816

Masofaviy ta'lim - bu masofadan turib oʻqitishning usullariga asoslangan holda aholining keng qatlamlariga taqdim etiluvchi zamo­naviy ta'lim texnologiyasidir. U oʻquv adabiyotlarining almashinish vositalari (Yer sun'iy yoʻldoshi, televideniye, radio, kompyuter aloqa va boshqalar)ga tayanib, ixtisoslashtirilgan axborot muhiti yordamida masofadan mamlakat aholisining keng qatlamiga va xorijiy davlatlarga taqdim etiladigan ta'lim xizmatlari majmuyidan iborat. Masofaviy ta'limning asosiy vazifasi quyidagicha:
masofaviy ta'lim oʻqishga ijobiy yondashuvni ta'minlaydi;

  • pedagogik jarayon maqsadi sifatida ta'lim oluvchiga yoʻnalish berish imkoniyati bor;

  • metodologik, nazariy, uslubiy bilimlarni egallashga imkon yaratadi;

  • bilish faoliyatini mustaqil tashkil etish imkonini beradi; ,

  • ta'limning turli axborotlarini topish va oʻzlashtirish imkonini beradi;

  • zamonaviy pedagogik texnologiya asosida tashkil etiladigan bilish faoliyatini amalga oshirish borasida samarali qoʻllaniladi;

  • axborotlarga boʻlgan ehtiyojlarni qondirishda, axborot olish va undan foydalanish samaralarini hosil qilish borasidagi ishlanmalarni tayyorlashga keng imkoniyatlar yaratadi.

Jahon pedagogika fani va amaliyotida ta'limni tashkil etishning turli shakllari bor. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta'limni tashkil etishga oʻz ta'sirini oʻtkazadi.
Ayni vaqtda ta'limning quyidagi shakllari ajratilib koʻrsatiladi:

  • individual;

  • individual-guruhli;

  • sinf-dars;

  • ma'ruza-seminarli;

  • sinfdan tashqari;

  • auditoriyadan tashqari;

  • maktab va maktabdan tashqari.

Ulardan ta'lim oluvchilarni qamrab olishi, ta'lim oluvchilar fao­liyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari, mustaqilligi darajasi va oʻqish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi belgilariga koʻra quyidagi asosiy turi iste'molda foydala-nib kelinmoqda:

  • individual;

  • individual-guruhli;

  • sinf-dars;

  • ma'ruza-seminarli.

Qadim zamonlarda mavjud boʻlgan oʻqitishning eng qadimgi shakli individual ta'lim hisoblanadi.
Individual ta'lim bir qator afzalliklarga ega. Shuning uchun bu usulni bizning davrimizgacha repetitorlik shaklida saqlanib qolgan. Uning ustunligi oʻquv faoliyati mazmuni, metodi va suratini toʻla individuallashtirish, aniq bir masalani hal etishda uning har bir harakati va operatsiyalarini kuzatib borishga imkon berishdan iborat. Individual ta'lim beruvchining yuqori pedagogik malakaga ega boʻlishini talab etadi.
Individual ta'limning kamchiliklari: vaqtning tejamli emasligi; ta'lim beruvchi ta'sirining cheklanganligi (bunda ta'lim beruvchining vazifasi ta'lim beruvchiga topshiriq berish va uni tekshirishdan iborat boʻladi); boshqa ta'lim oluvchilar bilan hamkorlikda ishlash imkoniyati cheklanganligi (bu ta'lim oluvchining yoki ta'limning ijtimoiy-lashishiga salbiy ta'sir koʻrsatadi); jamoada ishlash tajribasini shakllanmasligi va shu kabilardan iboratdir.
Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish natijasida XVI asrdan boshlab ta'limning individual-guruhli shakli paydo boʻldi. Bu ta'lim turidan XVI asrga kelib Yevropada keng foydalana boshlandi. Marka-ziy Osiyo davlatlarida bu ta'lim turidan qadim davrlarda ham foyda-langanlar. Bunga Avesto davri misol boʻla oladi. Avesto davri jamiyatidagi maktablarda individual oʻqitish jamoaviy oʻqitish bilan bir-ga olib borilar edi.
XI asrdayoq Abu Ali ibn Sino oʻzining «Tadbiri manzil» nomli ilmiy asarining maxsus «Amuzish va parvarishi modrasas farzand» («Bolalarni maktabda oʻqitish va tarbiyalash») boiimida ta'lim oluvchilarga jamoaviy oʻqitish haqida oʻz fikrini bayon etgan.
Burhoniddin Zarnuji (XII asr) «BiIim olish yoʻlida oʻquvchiga maslahatlar» nomli oʻzining ilmiy asarida dars olib borish boʻyicha tavsiyalar beradi. Mazkur ilmiy asar uning koʻp yillik dars oʻtish tajribalari asosida yaratilgan va XX asrgacha oʻziga xos pedagogika darsligi sifatida Markaziy Osiyo madrasalarida foydalanib kelingan. Asarda maktabda dars taxminan bir soatlar davom etishi kerakligi yoziladi.
Ta'lim beruvchi maktabda darsga tushunish va oʻzlashtirish mum-kin boʻlgan oʻquv materiallarini tanlab olishi, darsda oʻrganiladigan materiallarni tushuntirib berish kerak. Oʻquv materialini shunday tan-lash kerakki, u ikki marotaba takrorlanganda oʻzlashtirilsin. Shuning uchun u katta matnlarni qismlarga boiish va boshqa darslarda uni albatta takrorlashni taklif etadi.
XV asrda jamoaviy oʻqitishni tashkil etish gʻoyasini Muhammad Taragʻay Mirzo Ulugʻbek davom ettiradi. U oʻzining madrasalari­da individual mashgʻulotlar tizimini bekor qiladi va jamoaviy sinf-dars tizimiga yaqin boʻlgan shaklni joriy qiladi. Umumiy ma'ruzani 50-70 nafar kishidan iborat katta guruhga odatda, oʻz sohasida mash-hur boʻlgan olim mudarris (oʻqituvchi-professor) oʻqiydi, amaliy mashgʻulotlarni esa 10-15 kishidan iborat kichik guruhga kichik, mudarris (oʻqituvchi) olib boradi.
XV-XVI asrlar davomida Yevropada ishlab chiqarishning rivoj-lanishi kuzatildi va uning natijasida ta'lim berishning ommaviy shakli yuzaga keldi. Ulardan biri ta'lim oluvchilarni oʻqitishning guruhli (jamoaviy) turi deb ataladi. Ular Gʻarbiy Rossiya (hozirgl Belorus va Ukrainaning gʻarbiy qismlari)dagi birodarlik maktablarida ilk bor qoilanilgan va undagi oʻqish sinf-dars shaklining asosi boʻlgan. Bu tizimlar XVII asrda Yan Amos Komenskiy tomonidan «Buyuk didaktika» asarida nazariy jihatdan asoslab berildi va ommalashtirildi. Olim pedagogikaga oʻquv yili, oʻquv kuni, dars mashgʻulotlari orasidagi tanaffus, oʻquv ta'tillari kabi tushunchalarini kiritgan.
Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan boʻlsa-da, bugungi kunda ham keng koʻlamda iste'molda foydalanib kelinmoqda. Uning asosiy mazmuni oʻquv ishlarini tashkil etishning oʻziga xos shakli sifatida quyidagilardan iborat boiadi:

  • bir xil yoshdagi va taxminan bir xildagi tayyorgarlik darajasiga ega boʻlgan ta'lim oluvchilar (oʻquvchilar) sinfni tashkil etadi. Bu sinf maktabda oʻqishning umumiy davriga asosan doimiy tartibini saqlab qoiadi;

  • sinf faoliyati yagona yillik reja va dastur asosida doimiy dars jadvali boʻyicha tashkil etiladi, buning natijasida bolalar maktabga yilning bir vaqti va oldindan belgilangan kun soatlarida kelishlari kerak boʻladi;

  • mashgʻulotlarning asosiy birligi dars hisoblanadi;

" dars odatda bir fan yoki mavzuga bagʻishlangan boʻladi, shu bois, ta'lim oluvchilar sinfda bitta material ustida ishlaydilar;
• darsda ta'lim oluvchilarning ishiga (faoliyatiga) ta'lim beruvchi rahbarlik qiladi, u oʻz fani boʻyicha oʻqish natijalarini, har bir ta'lim oluvchining alohida bilimini baholaydi. Oʻquv yili oxirida pedagogic jamoa, ya'ni ta'lim beruvchilar xulosalari boʻyicha ta'lim oluvchini keyingi sinfga oʻtishi haqida qaror qabul qilinadi.
Sinf - dars tizimi atoqli olim K.D.Ushinskiy tomonidan yanada rivojlantirildi. U bu shaklning hamma ustunliklarini ilmiy asoslab berdi. Dars, ayniqsa, uning tashkiliy qurilishi (tuzilishi) va tipologiyasi-ning ixcham nazariyasini yaratdi.
K.D.Ushinskiy har bir darsning bir-biri bilan ketma-ket bogʻlangan quyidagi uchta qismini ajratib koʻrsatdi:

  1. Ilgari oʻrganilgan bilimlar asosida yangi bilimlarni anglashni amalga oshirish va ta'lim oluvchilarda materialni jadal qabul qilishga maqsadli koʻrsatmani yaratishga qaratilgan qism. K.D.Ushinskiyning fikricha, darsning bu qismi darsga goʻyoki «eshik» hisoblanadi.

  2. Asosiy masalani hal etishga yoʻnaltirilgan qism. Bu qism darsning muhim markaziy qismi hisoblanadi.

  3. Amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasash va bilim, koʻnikma va malakalarni mustahkamlashga qaratilgan qism. Bu qism darsning xulosalash va umumlashtirish qismi boʻlib hisoblanadi.

Darsni tashkil etishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishga yana bir ulugʻ olim A.Disterveg ham katta hissa qoʻshdi. U ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchilarning faoliyatiga taalluqli oʻqitish tamoyillari va qoilari tizimini ishlab chiqdi hamda ta'lim oluvchilarning yosh imkoniyatlarini hisobga olishni zarurligini asoslab beradi.
Alohida oʻquv fanlarini oʻqitish metodikasi va didaktikasiga oid asarlarda ta'limning sinf-dars tizimining afzalliklari va kamchiliklari koʻrsatilib beriladi. Quyida ular toʻgʻrisida toʻxtalamiz.

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish