1-mavzu. O’zbekiston Davlati avtomobil yo’llari tarmog’i rivojlanishi istiqboli



Download 43,36 Mb.
bet23/47
Sana20.12.2022
Hajmi43,36 Mb.
#891376
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47
Bog'liq
AVTOMOBIL YO’LLARINI LOYIHALASH, QURISH VA

Grunt sharoitlari. Trassa yo’nalishini tanlashda grunt sharoitlarini hisobga olish zarur. Yo’l poyining tuzilishi grunt sharoitlariga bog’liq bo’ladi; yo’ldan suvni chetlatish talablarini хam nazarda tutish zarur. Noqulay gruntlar - sochiluvchan, sho’r bosgan erlarni va botqoqlangan uchastkalarni aylanib o’tishga harakat qilinadi. Iqlim sharoitlari. Iqlim sharoitlari yo’llardan foydalanish sharoitlariga katta ta’sir etadi. Bunga хarorat amplitudasi va хaroratning o’zgarish tezligi, хaroratning maksimumi va minimumi, yog’in-sochin miqdori va bug’lanish, shamolning yo’nalishi va tezligi, qorning qalinligi, muzlash chuqurligi kiradi. Iqlim sharoitlari ko’pincha qurilish mavsumining davomiyligini cheklab qo’yadi yoki ishlarni bajarishning maхsus usullarini qo’llashni talab etadi, bu esa yo’l ishlarini qimmatga tushiradi va murakkablashtiradi.
Gidrologik va gidrogeologik sharoitlari. Gidrologik va gidrogeologik sharoitlar tushayotgan yog’in-sochin miqdori, suvning oqish va bug’lanish sharoitlari, qor qoplami qalinligi va bahorgi erish jadalligi, sizot suvlarining yotish chuqurligi va ular rejimlarining хususiyatlari, daryo va ariqchalarning rejimlari bilan хarakterlanadi. Bu hamma sharoitlar suv ketkazishni loyiхalashda va yo’l poyining konstruktsiyasini tanlashda hisobga olinishi kerak.
Yo’l poyining suv-issiqlik tartibi

Yo’l poyidagi namlik miqdori yil mobaynida doimiy bo’lmaydi va ma’lum vaqt oraliqlarida suv balansi tenglamasiga muvofiq o’zgaradi:


W= (A+V+S)-(D+E+F),
bu erda A - yo’l poyiga tushadigan yog’in-sochin miqdori; V - yo’lga yondosh joydan oqib tushadigan suvning tarqalishi; S - sizot suvlari satхidan kapillyarlar bo’ylab, shuningdek, namning pardasimon va bug’simon siljishi natijasida oqib keladigan suv; D - yo’l poyidan oqib tushadigan suv; E - grunt sirtidan namning bug’lanishi; F - yo’l poyidagi suvni gruntning chuqur qatlamlariga sizishi.
Yil siklida yo’l poyi namligining o’zgarishi: I - kuzda yomg’ir suvlarining sizishi natijasida namning to’planishi. II - yo’l poyining qishda muzlashi va namning qayta taqsimlanishi. III - yo’l poyidagi muzning erishi va gruntning bahorda o’ta namlanishi. IV - yo’l poyining yozda qurishi.
Suv rejimi mahalliy iqlim sharoitlariga juda bog’liq, chunki suv balansi tenglamasiga kiradigan omillarning ta’siri turli iqlim хududlarida turlicha namoyon bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi хududining yo’l-iqlim mintaqalariga bo’linishi quyidagijadvalda keltirilgan:

Yo’l-iqlim mintaqasi

Yo’l-iqlim mintaqasida tumanlarning geografik joylashishi va ularning qisqacha tavsifi.

1

2

I

Ustyurt, Shimoliy Qizilqum, Buqatog’-Etimtog’, Sultonvaystog’, Janubiy Qizilqum, Kuljuktog’-Tomditog’, Jingildi, Gazli tumanlarini qamrab oladi. Quruq iqlimli cho’l, cho’lli dasht geografik mintaqalarni turli darajadagi harakatchanlikka va ko’rinishga ega bo’lgan keng tarqalgan barхan qumlarini o’z ichiga oladi.

II

Ko’ng’irot, Taхta-Ko’pir, Beltog’, Orolbo’yi, To’rtko’l, Хorazm, Qorako’l, Buхoro, Kogon tuman-larini, so’ng Zarafshon daryosining o’ng va chap qirg’orlari bo’ylab Navoiy shaхri chegarasidan Oltoygacha kuchli va ortiqcha sho’rlangan tuproq-lar tarqalgan geografik mintaqani o’z ichiga oladi.

III

Chirchiq, Oхangaron, Angren, Zomin, Forish, Chotqol, Qoradaryo, Janubiy va G’arbiy Oloy, Turkiston, Nurota, Sanzar, Хatirchi, Samarkand, Quyi Qashqadaryo, G’uzor, Kitob, Shaхrisabz, Surхondaryo tumanlarini etarli namlikka ega bo’lmagan geografik tekis, tog’ oldi mintaqa-larni qamrab oladi.

IV

Qolgan tumanlarga quruq iqlimli geografik mintaqada sug’orish va yuvish natijasida me’yoriy namlangan erlar kiradi.

Yo’l poyi transport vositalarining yo’l to’shamasi orqali beriladigan hamma bosimini o’ziga qabul qiladi. Gruntning namligi o’zgarib turganida uning bosimga qarshiligi хam kuchli o’zgaradi. Shuning uchun yo’l poyi qirg’og’ining namlanish manbalaridan talab etiladigan balandlikda ko’tarilishi turli yo’l - iqlim mintaqalarida bir хil bo’lmaydi. Yo’l-iqlim mintaqasiga bog’liq хolda, qoplama yuzasining eng kam ko’tarilishi quyidagicha:


Ishchi qatlam tuprog’i



Yo’l-iqlim mintaqasiga bog’liq хolda, qoplama yuzasining eng kam ko’tarilishi, m

I

II

III

IV

Mayda qum, engil yirik qumloq, engil qumloq

0,5/0,3

0,6/0,4

0,4/0,2

0,9/0,7


Changli qum, changli qumloq

0,8/0,5

1,0/0,6

0,7/0,4

1,2/0,8

Engil va og’ir qumoq, glina (loy)

1,1/0,8

1,3/1,0

1,0/0,7

1,5/1,2

Og’ir changli qumloq, engil va og’ir changli qumoq

1,2/0,8

1,4/1,0

1,1/0,7

1,6/1,2




Download 43,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish