1-mavzu: O’qituvchining nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish fanining maqsad va vazifalari



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/65
Sana12.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#778703
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   65
Bog'liq
ilovepdf merged (4)

Nazorat savollari 
1.
 
Boshlang’ich sinflarda o’quvchi leksikasini kengaytirish qanday amalga 
oshiriladi?
 
2.
 
Bola nutqidagi “Kattalar tili” nimani anglatadi?
 
3.
“Bola kichikligida shunchalik yengil va tez o’zlashtirib oladiki, keyin yigirma 
yil qunt bilan o’qiganida ham uning yarmini ham o’zlashtira olmaydi”. Fikr 
egasini toping. 
Tavsiya qilinadigan adabiyotlar: 
1.
Mahmudov N. O`qituvchining nutq madaniyati. Darslik. T.2007. 
2.
Tojiyev Yo. O`zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari.T.1994. 
3.
Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. T., 1990 
4.
 
Rasulov R va b. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. T. 2006
 


13-MAVZU:
Boshlang‘ich sinf o’quvchilari nutq madaniyatini 
shakllantirishga oid ishlar: vositalar va metodlar 
 
Maqsad: 
Talabalarga boshlang‘ich sinf o’quvchilari nutq madaniyatini 
shakllantirishga oid ishlar: vositalar va metodlari to’g’risida bilim berish. 
 
Reja: 
1.
Nutqning vazifalari.
2.
Didaktik o’yinlar yordamida o’quvchilarda nutqiy ko’nikmalarni 
rivojlantirish. 
Kalit so’zlar:
Individuallararo, ichki individual, umuminsoniy
1.
Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlash uchun unga ona 
tilining barcha boyliklarini egallab olish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish 
zarur. Boshlang’ich sinfning asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarning o’z 
xalqining badiiy tilini o’zlashtirib olishlari natijasida ularning to’g’ri og’zaki 
nutqini shakllantirishdan iboratdir. Bu umumiy vazifa quyidagi maxsus 
vazifalardan iborat: nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, lug’atini boyitish, 
mustahkamlash 
va 
faollashtirish, 
nutqning 
grammatik 
to’g’riligini 
takomillashtirish, og’zaki (dialogik) nutqni shakllantirish, ravon nutqni 
rivojlantirish, badiiy so’zga qiziqishni tarbiyalash.
O’quvchilar nutqini rivojlantirishni tegishli dastur asosida amalga oshirish 
zarur. Ushbu dasturda atrof-olam haqidagi bilimlar doirasi va lug’at hajmi, har bir 
yosh bosqichida o’quvchilarda shakllanishi lozim bo’lgan nutqiy mahorat va 
ko’nikmalar belgilangan bo’lib, u shaxsning muayyan sifatlarini (kirishimlilik, 
xushmuomalalik, bosiqlik) tarbiyalashni ko’zda tutishi lozim.
Nutqni rivojlantirish dasturi ilmiy asoslarga qurilgan bo’lib, u butun 
mazmuni bilan bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. Nutqni 
rivojlantirish dasturi bola faoliyatining o’quv, o’yin, mehnat va maishiy kabi 
shakllarida amalga oshadi. Jamoat tarbiyasi sharoitida ta’lim - bola nutqini 
shakllantirishning yetakchi vositasi hisoblanadi. Ona tilini o’qitish – 
o’quvchilarning bilish qobiliyatini rejali, aniq maqsadni ko’zlagan holda 
rivojlantirish, ularning atrof-olam haqidagi eng oddiy bilimlarni va tegishli lug’at 
o’zlashtirish, nutqiy mahorat va ko’nikmalarni shakllantirish jarayonidir. 
O’quvchilarni o’qitishning asosiy shakli – darsdir.
Didaktik maqsadlar bo’yicha quyidagi darslar turlarini ajratib ko’rsatish 
mumkin:
-yangi materialni ma’lum qilish;
-bilimlar, mahorat va ko’nikmalar mustahkamlashga oid;
-bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirishga oid;
-yakuniy dars yoki hisob-tekshiruv (nazorat) darslari.
Darslarda pedagog nutqiy vazifalardan tashqari o’quv faoliyatini yo’lga 
qo’yish qobiliyatini shakllantirish (diqqat-e’tiborli bo’lish, pedagog topshirig’ini 
tinglash, tushunish va uni aniq bajarish, o’quvchilar jamoasi oldida fikr oldira 


olish, tengdoshining javobiga oddiy baho bera olish va h.k.) vazifasini ham 
bajaradi.
To’g’ri ta’lim berilgan taqdirda yetti yoshga kelib bola og’zaki nutqni 
egallaydi hamda katta yoshli yaqinlari va tengdoshlari bilan erkin muloqotga 
kirisha oladi; 
-dialogda tashabbus ko’rsatib fikr bildiradi, suhbatdoshi e’tiborini o’ziga 
jalb qilish, unga so’z, harakat va so’zsiz usullar bilan javob bera olishni biladi;
-fikrlarini to’liq va noto’liq oddiy gaplar, qiska matnlar shaklida ifodalay 
oladi;
-tanish ertaklarni hikoya qilib berish, multfilmlar, kitoblar mazmunini aytib berish 
hamda biron-bir voqeani to’qib chiqarishga qiziqa boshlaydilar;
-fikr bildirishlarda nutqning turli qismlarini, tashbehlar, qiyoslashlar va 
sinonimlarni qo’llaydi;
-nutqqa tanqidiy munosabat bildira boshlaydi, grammatik jihatdan to’g’ri 
so’zlashga intiladi, shu tufayli so’z to’qish barham topadi; 
- ona tilidagi barcha tovushlarni to’g’ri talaffuz etadi.
Didaktik o’yinlar yordamida o’quvchilarda atrof-olam haqidagi bilimlar 
mustahkamlanadi, lug’at mustahkamlanadi, aniqlashtiriladi va faollashtiriladi. 
Didaktik o’yinlar nutqiy mahorat va ko’nikmalarni mashq qilishda (ibora tuzish, 
so’zni o’zgartirish, hikoya to’qish va h.k.) qo’llaniladi.
Agarda pedagog o’z nutqida tashbeh, qiyoslash, sinonimlar, xalq og’zaki 
ijodi (maqollar, matallar, sanoq she’rlar)dan keng va mohirona foydalansa, uning 
nutqi bosiq va ifodali bo’ladi. O’quvchilar badiiy adabiyoti o’quvchilarni har 
tomonlama rivojlantirishning qudratli vositasi bo’lib xizmat qiladi, u o’quvchilar 
nutqini rivojlantirish va boyitishga ulkan ta’sir ko’rsatadi. O’quvchilar kitoblari 
she’riy obrazlarda bolaga jamiyat va tabiat hayotini, insoniy his-tuyg’ular va 
munosabatlar dunyosini ochib beradi hamda tushuntiradi. Badiiy so’z bola nutqini 
boyitadi, uni obrazli, ifodali qiladi, jaranglayotgan ona nutqning go’zalligini 
tushunishga yordam beradi. O’quvchilarda ona tilidagi nutqni rivojlantirishning 
metodik tamoyillari quyidagilardir:
. aqliy va nutqiy rivojlanishning o’zaro bog’liqligi tamoyili;
. nutqni yaxlit bir tuzilma sifatida rivojlantirish tamoyili;
. nutqiy rivojlanishning individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili;
. o’quvchilarning faol nutqiy amaliyotini ta’minlash tamoyili;
. nutqni rivojlantirishga nisbatan muomalali va amaliy yondashuv tamoyili;
. muloqotning ijobiy va emotsional muhitini ta’minlash tamoyili.

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish