1-mavzu: O’qituvchining nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish fanining maqsad va vazifalari



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/65
Sana12.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#778703
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   65
Bog'liq
ilovepdf merged (4)

til insonning bilish qurolidir.
Maktabga qadam qo’ygan o’quvchilar nutqini rivojlantirish – bu murakkab 
ruhiy jarayon bo’lib, u faqat bolaning eshitgan nutqiga taqlid qilishidan iborat 
emas. Bu jarayon o’quvchilarda, umuman, muloqot faoliyatini rivojlantirish va 
birinchi navbatda, muloqotga ehtiyoj mavjudligi bilan bog’liqdir. Bolaning 
borliqning yangi tomonlariga yo’naltirilganligi: amaliy faoliyatdan olamni, so’ngra 
odamlarni, ularning munosabatlarini o’rganishga o’tish yangi maqsadlarga xizmat 
qiluvchi yangi muloqot vositalari zaruratini keltirib chiqaradi.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchi leksikasini kengaytirish, uning o’z 
kechinmalarini yanada keng va xilma-xil ifodalashni o’zlashtirishi uchun 
imkoniyat yaratadi. Nutqni zamonaviy va to’laqonli rivojlantirish uchun atrofdagi 
odamlar bilan o’zaro hamkorlik bolaning muloqotga bo’lgan ehtiyoji tarkibini 
boyitishi zarur. O’quvchilarning nutqni egallab olishlarining sababi ularning 
muloqot faoliyatlarining asosini ehtiyoj-motivatsiya tashkil qilishi, uning tarkibi 
o’zgarganligidadir. Verbal bosqichda bolada sust nutq shakllanadi. Ushbu 
bosqichga bo’lgan davrning asosiy ahamiyati shundan iboratki, uning ichida 
navbatdagi bosqich – faol nutq paydo bo’lishi bosqichiga o’tish uchun zarur 
bo’lgan sharoit vujudga keladi. Bolaning faol nutqni o’zlashtirishining ikkinchi 
bosqichida uchta asosiy jihat ajralib chiqadi: emotsional munosabatlar; birgalikda 


faoliyat (hamkorlik) davomidagi munosabatlar; tovushli munosabatlar. Bolaning 
kattalar bilan muloqot qilishining ko’rib chiqilayotgan har bir jihati uning oldiga 
kattalar tomonidan qo’yilayotgan va so’zdan jamiyatda o’zaro bir-birini tushunish 
uchun shartli ravishda qabul qilingan vosita sifatida foydalanishni talab qilishdan 
iborat bo’lgan kommunikativ vazifani qabul qilishiga yordam beradi.
Bundan tashqari, kommunikativ omilning ko’rib chiqilayotgan har bir jihati 
u yoki bu darajada va o’z holicha o’quvchilarning kommunikativ vazifani hal 
etishlariga, 
ya’ni 
nutqdan 
foydalanishlariga 
yordam 
beradi. 
Nutqni 
rivojlantirishning uchinchi bosqichida – uning materiyasi (leksika va grammatika) 
bolaning muloqot vazifasini o’zgartirgan holda kattalar bilan muloqotga bo’lgan 
ehtiyojiga va uning tarkibiga uzviy bog’liq bo’ladi. Bu bolaning nutqning yangi, 
yanada murakkab va keng qamrovli jihatlarini o’zlashtirishiga olib keladi. 
Bolaning ruhan shakllanishida nutqning hal qiluvchi o’rinni egallashi uning turli 
bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar va omillarning 
ahamiyatini yanada oshiradi. O’quvchilar nutqini rivojlantirishni rag’batlantiruvchi 
yoki uni sekinlashtiruvchi kuchlarni aniqlash ushbu jarayonda aniq maqsadni 
ko’zlagan holda pedagogik sa’y-harakatlarni uyushtirish kalitidir.
K.D.Ushinskiyning til va uning bolaning ruhan shakllanishida tutgan o’rni 
haqidagi ta’limoti nutqni rivojlantirish metodikasini mustaqil fan sifatida ajratish 
uchun muhim ahamiyatga egadir. Unda: 
1. Til haqida, uning vujudga kelishi haqidagi ta’limot – metodikaning 
nazariy asoslari ishlab chiqildi; uning har bir odamning rivojlanishida tutgan o’rni 
ko’rsatib berildi, bu esa o’quvchilarni rivojlantirish va tarbiyalashda ona tilining 
yetakchi o’rin tutishini asoslash imkonini berdi.
2. O’quvchilar nutqini rivojlantirish ishi maktab ta’limiga qadar 
boshlanadigan ish sifatida alohida bo’limga ajratilgan.
3. O’quvchilar nutqini rivojlantirishga bolaning uzoq davom etadigan ona 
tili, uning mazmuni va shakllarini o’zlashtirish jarayoni sifatida qaralgan. Ushbu 
murakkab jarayon ustoz tomonidan to’g’ri va faol rahbarlik qilishni talab qiladi.
4. Ona tilini o’qitish jarayoniga rahbarlik qilishning asosiy qoidalari: ona 
tilini birlamchi o’qitishning maqsadlari; ularni amalga oshirish mazmuni va shakli; 
nutqni rivojlantirishda ko’rgazmaviylikning ahamiyati ishlab chiqilgan va asoslab 
berilgan.
5. Bola nutqini uning fikrlashi, ma’naviy va estetik his-tuyg’ulari bilan 
birgalikda rivojlantirishni ta’minlovchi ish usullari ko’rsatib berilgan. 
Ushinskiy boshlang’ich sinflarda tarbiyalash tizimi xalq nutqi, xalq 
qo’shiqlari, topishmoqlari, ertaklari va o’yinlaridan foydalanish asosiga qurilishi 
lozim, deb hisoblagan. Bu tizim o’quvchilarda xalqiga, vataniga muhabbat 
tuyg’ularini tarbiyalashni ta’minlashi lozim. Ertak o’quvchilarning boy kuzatishlari 
va bilimlariga tayanadi, u o’quvchilar xayolotini rivojlantiradi, o’quvchilar 
nutqining boyishiga ko’maklashadi, ularga xalq iboralarini, nutq oborotlarini oddiy 
va jonli obrazlarda yodda saqlab qolishga yordam beradi, ma’naviy jihatdan 
tarbiyalashda ko’maklashadi.
2.
K.D.Ushinskiy ta’limoti asosida maktabda o’quvchilarga ona tilini 
o’qitish jarayonida ularning nutqini rivojlantirish metodikasi yaratildi. Nutqni 


rivojlantirish ahamiyati, yo’llari va vositalariga oid muhim masalalarni til 
madaniyatini umumiy rivojlantirish, o’quvchilarda o’z xalqiga, vataniga 
muhabbatni tarbiyalash bilan bog’liqlikda hal etgan. Nutq o’rgatishni ilk bolalik 
chog’idan boshlash zarur, deb hisoblagan, chunki to’g’ri nutq ko’nikmasi boshqa 
ko’nikmalar singari oilada orttiriladi. I.Tixeevaning fikricha, o’quvchilarning 
barcha qobiliyatlarini rivojlantirgan holda nutqni egallashning juda ahamiyatli va 
muhim qobiliyatiga e’tiborni qaratishi darkor: “chunki nutqni muntazam o’rgatish, 
nutq va tilni metodik rivojlantirish boshlang’ich sinflardagi butun tarbiya 
ishlarining asosini tashkil qilmog’i lozim”. 
Ikkinchi vazifa – o’quvchilar nutqining shakli, uning bola atrofdagilardan 
o’zlashtirib oladigan tuzilmasi ustida ishlashdan iborat. Uchinchi vazifasi – 
o’quvchilar nutqini rivojlantirish vazifasini o’qituvchilar zimmasiga yuklagan 
holda o’quvchilar nutqini rivojlantirishning eng yangi metodlarini o’zlashtirishi, 
nafaqat metodik usullarni bilishi, balki ularni o’quvchilar bilan muloqot chog’ida 
qo’llay olishi ham darkor.
Ibn Sino bolalar bilan baqirmasdan xotirjamlik bilan va uning shaxsiga 
tegmagan holda suhbatlashish, suhbatni hikoyalar va afsonalardan boshlash 
zarurligini uqtirgan.
Ya.A.Komenskiy “aql va nutq”ni rivojlantirish haqida bir xil qayg’urish 
darkor, deb hisoblagan. Chunki, bola nutq tufayli o’z fikrlarini ifodalaydi va 
atrofidagi kishilar bilan muloqotga kirishadi, nutqni egallab olish orqali u atrof-
olamni anglaydi, boshqa o’quvchilar bilan muloqot qilish natijasida esa bolada 
nutq va fikrlash rivojlanadi.
K.D.Ushinskiy dastlabki ta’limda ona tilini o’qitish “bosh, markaziy 
predmetni tashkil etishi” haqidagi tezisni olg’a surgan. Uning fikriga ko’ra, 
“bolakay ushbu anchayin ulkan merosni uzoq vaqt mobaynida, balki hech qachon 
o’zlashtira olmasligi – uni haqiqatdan ham o’zining ma’naviy boyligi qilib 
ololmasligi mumkin”.
Bolaning nutqiy rivojlanish jarayonini boshqaruvchi pedagog ushbu jarayon
qonuniyatlari, mexanizmlari va uning turli yosh bosqichlaridagi xususiyatlarini
bilishi, nutqiy rivojlanishning individual xususiyatlarini ko’ra bilishi va bolaning
o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda uning nutqiga pedagogik ta’sir
ko’rsatishning eng samarali yo’llarini tanlashi shart.
Nutq – tildan yakka tartibda foydalanish hodisasidir (F.De Sossyur). Tilni 
turli nuqtai-nazardan tavsiflovchi mazkur yondashuvlarni taqqoslash orqali 
nutqning ilmiy o’rganish ob’ekti sifatidagi umumiy xususiyatlarini ajratish 
mumkin. N u t q - bu psixik hodisa, kishilarning shaxslararo o’zaro muayyan 
hamkorligi sharoitida rivojlanadigan, individual xususiyatlarga ega bo’lgan shaxs 
mulkidir. U tildan farqli ravishda ijtimoiy-tarixiy sharoitlarda rivojlanadigan xalq 
ijtimoiy mulki hodisasidir. Metodik adabiyotlarda “nutq”, “nutqiy faoliyat” 
atamalari ko’pincha sinonim sifatida, shuningdek “nutqiy muloqot” tushunchasiga 
teng bo’lgan atama sifatida qo’llaniladi. “Til”, “nutqiy faoliyat”, “nutqiy muloqot” 
tushunchalarini bir-biriga taqqoslash til va nutq o’qitilishi tufayli alohida ahamiyat 
kasb etadi.


K.D.Ushinskiy, o’quvchilarni ona tilida o’qitish zaruratini asoslagani va 
o’quvchilarga ona tilini birlamchi o’qitish metodikasini ishlab chiqqani holda, 
o’quvchilar tomonidan til o’zlashtirilishining til va fikrlash munosabatlarini chuqur 
falsafiy tahlil qilish, o’z-o’zini rivojlantirish va ta’limga asoslangan xususiyatlari 
hamda qonuniyatlari borasida fikr bildirgan. Ota-onalarning kundalik yozuvlari 
uzoq vaqt mobaynida nutqiy ontogenez haqidagi ma’lumotlar manbai bo’lib 
xizmat qildi. Bu asarlarda juda ko’p qizikarli faktlar bo’lib, ulardan olimlar 
keyinchalik bolaning nutqiy rivojlanishini tahlil qilishda foydalanganlar. 
3. 
Nutqiy rivojlanishga til qobiliyatlarini – til elementlari va ular bilan 
operatsiyalar o’tkazish qoidalarini o’z ichiga oluvchi harakatchan, funktsional 
tizimlarni shakllantirish sifatida qaraladi. Bu til umumlashtirmalari negizida 
yaratiladigan individual til tizimidir. Turli yosh bosqichlarida turli til vositalarini, 
ya’ni: nutq tovushlari, leksik-grammatik materiallar va boshqalarni o’zlashtirishda 
o’quvchilar nutqida individual farqlar kuzatiladi. Shuningdek, o’quvchilar nutqi 
shakllanishining asosiy bosqichlarida ham individual farqlar kuzatiladi. 
O’quvchilar tili nafaqat kattalar tilining dastlabki bosqichi, balki o’z xususiy 
qonunlariga bo’ysunadigan to’la mustaqil tuzilmalar hamdir.
Nutqni rivojlantirish nafaqat bolani atrof-olam bilan tanishtirish tomoni, 
balki umumiy psixik rivojlanish ustuni hisoblanadi. Bola nutqining rivojlanishi 
umuman shaxsni va shu bilan birga barcha psixik jarayonlarni shakllantirish bilan 
bog’liqdir. “…Tilni egallash jarayoni – bu faqat va shunchaki bilimlar, mahorat 
hamda ko’nikmalarni berish jarayoni emas. Bu eng avvalo tarbiyadir. Qalbni
tarbiyalash, aqlni tarbiyalash, fikrlar tuzishni shakllantirish, inson ruhiy 
qiyofasining eng nozik qirralariga chidam bilan ishlov berishdir” (K.D.Ushinskiy).
Bola nutqiy rivojlanishining, bir tomondan, tashqi ta’sirlar bilan belgilanishi, 
ikkinchi tomondan esa uning to’satdan yuz berishi, “o’z-o’zidan harakatga kelishi” 
bilan tavsiflanishini tushunish nutq ontogenezi haqidagi zamonaviy tasavvurlarga 
xos holatdir. Nutqni rivojlantirishning ana shu qonuniyatlari va mexanizmlarini 
tushunib yetish ularni batafsil ko’rib chiqishni talab qiladi.
So’nggi yillarda olingan faktlar bolaning o’z vaqtida va to’g’ri tashkil 
etilgan kattalar bilan bevosita-emotsional muloqotining bolaning kattalar nutqini 
qanday tushuna boshlashini,uning qachon faol so’zlay boshlashini va kelgusida 
uning nutqi qanday sur’atda rivojlanishini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga 
egaligidan dalolat bermoqda. Buning o’ziga xosligi shundaki, u nutqni 
rivojlantirish uchun sentiziv hisoblanadi; mazkur davrda nutq muloqot vositasi 
sifatida paydo bo’ladi va takomillashadi; uning rivojlanishi shunday tez sur’atlarda 
amalga oshadiki, keyin u kelgusidagi barcha ontogenez mobaynida boshqa 
kuzatilmaydi. K.D.Ushinskiy shunday qayd etgan edi: “bola kichikligida 
shunchalik yengil va tez o’zlashtirib oladiki, keyin yigirma yil qunt bilan 
o’qiganida ham uning yarmini ham o’zlashtira olmaydi”.
Nisbatan katta yoshdagi o’quvchilar nutqini rivojlantirishdagi nuqsonlar va 
kechikishlarni keltirib chiqaruvchi sabablarning ko’pchiligi ko’pincha ilk 
bosqichlarda bola nutqi shakllanishining o’ziga xos jihatlariga bog’liq bo’ladi.
Lingvist olimlar fikriga ko’ra, bola nutqiga oid har bir fakt kamida ikki 
yo’nalish bo’yicha ko’rib chiqilishi mumkin va shart: 1) “Kattalar tili” tomon 


borishdagi vaqtincha nutq sifatida 2) Bolaning avtonom til tizimi elementi sifatida, 
uning ichida bola muayyan funktsional vazifaga ega bo’ladi.
O’quvchilarga ona tilini o’rgatish va ularning nutqini rivojlantirishga doir ishlar 
ta’lim-tarbiya ishlari ichida alohida o’rin tutadi. Ushbu ishning m a q s a d i 
quyidagilardan iborat: - o’quvchilarga nutqiy muloqotning muhim shakli – og’zaki 
nutqni adabiy til me’yorlariga muvofiq holda egallashni, to’liq ko’rinishda esa 
tushunish va faol nutqqa kirishishni o’rgatish. Mazkur maqsaddan kelib chiqqan 
holda o’quvchilar nutqini rivojlantirish borasidagi vazifalar quyidagilar 
hisoblanadi:
-
nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash;
-
lug’atini boyitish, mustahkamlash va faollashtirish;
-
nutqning grammatik to’g’riligini takomillashtirish; 
-
og’zaki (dialogik) nutqni o’rgatish;
-
ravon nutqni rivojlantirish;
-
badiiy so’zga qiziqishni tarbiyalash;
-
savod o’rganishga tayyorlash.
Yetti yoshga kelib bola og’zaki nutqni egallab oladi hamda yaqinlari va 
o’quvchilar bilan erkin muloqot qiladi, dialogda tashabbus ko’rsatib mulohaza 
yuritadi, suhbatdoshi e’tiborini o’ziga jalb qilishni biladi, unga so’z, harakat va 
so’zsiz usullar bilan javob beradi; fikrlarini noto’liq va to’liq oddiy gaplar, qisqa 
matnlar shaklida ifodalaydi; tanish ertaklar, multfilmlar, kitoblar, suratlar 
mazmunini hikoya qilib berishga, hikoya to’qishga qiziqish bildiradi; mulohaza 
yuritishda nutqning turli qismlaridan, o’xshatishlardan, taqqoslashlardan, 
sinonimlardan foydalanadi; nutqqa tanqidiy munosabat bildira boshlaydi, 
grammatik jihatdan to’g’ri so’zlashga intiladi, ona tilidagi barcha tovushlarni 
to’g’ri talaffuz etadi.

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish