Nutqning togriligi. Nutqning togri bolishi uning bosh kommunikativ xususiyati hisoblanadi. Nutqning togri tuzilgan bolishi tomonlarning sozlovchi va tinglovchining, yozuvchi va oquvchining bir-birlarini tez va oson tushunishlarini taminlaydi. Agar nutq togri bolmasa, u aniq ham, maqsadga muvofiq ham, mantiqiy ham bolmaydi. «Togrilik deganda, - deb yozadi V.G.Kostomarov, - nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning malum paytda qabul qilingan meyorining qatiy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, orfografik, lugat va grammatik meyorlarini egallashni tushunish lozim boladi»29. Demak nutqning togri bolishi dastlab uning adabiy til meyorlariga muvofiq kelishi bolib hisoblanadi.
Nutqning togri bolishi asosan ikki meyorga urgu va grammatik meyorga amal qilishni taqozo qiladi. Sozlardagi ayrim boginlarning zarb bilan talaffuz qilinishi, yani ularga urguning tushishi hamma tillarda ham bir xil xususiyatga ega emas. Masalan, rus tilida urgu sozlardagi har xil boginlarga tushishi mumkin bolgani holda, ozbek tilida u, asosan, sozning oxirgi boginiga tushadi. Sozga qoshimchalar qoshila borishi bilan urguning orni ham ozgarib boraveradi. Masalan: uy uyi* uyimi*z uyimizda* uyimizdagi* uyimizdagila*r uyimizdagilarda*n kabi. Talaffuzda ana shu meyorni saqlash maqsadga muvofiq boladi. Ammo bazi hollarda sozlardagi urguning kochishi bilan manoning ham ozgarib ketishi mumkinligini esdan chiqarmasligimiz kerak. Ozbek tilida shunday hodisa kuzatiladi. Masalan, olma sozini olaylik. Bu sozni alohida, urgusiz olib qaraganda uning qanday mano anglatayotganini bilish qiyin boladi. Urgu esa undagi manoning reallashuviga komaklashadi, yani o*lma tarzida urgu birinchi boginga tushganda harakat, olma* tarzida oxirgi boginga tushganda esa mevaning bir turi manosi anglashiladi. Tilimizda bunday sozlar anchagina: qa*tlama qatlama*, ho*zir hozi*r, yigitcha* yigi*tcha, oquvchi*miz oquvchimi*z, ya*ngi yangi* kabi. Sozlardagi bu xususiyatlarni farqlamasdan, urguni notogri qollash sozlardagi manoning buzilishiga olib keladi. Sozlar talaffuzidagi bu kabi holatlarga, ayniqsa maorif va madaniyat xodimlari etibor berishlari va boshqalarga ornak bolishlari lozim.
Biz hozir urguning sozlardagi qaysi boginlarga tushishi bilan manoning farqlanishi mumkinligini kordik. Shu holat gaplar doirasida ham kuzatiladi. Gap tarkibidagi sozlarni alohida urgu bilan qollash ham gap mazmunining va ottenkasining ozgarishiga sabab bolishi mumkin. Masalan, men choy ichdim gapida kim ichganligi, nima ichganligi yoki nima ish qilinganligi nazarga olinib, gapdagi sozlarning har uchalasidan biriga urgu tushadi: men choy ichdim (boshqa kishi emas), men choy ichdim (boshqa narsani emas), men choy ichdim (ichmadim emas). Bunday paytlarda mantiqiy urgu har bir sozdagi manoni takidlash uchun zarur. Ammo shunday holatlar ham boladiki, bogin urgusida bolgani kabi soz urgusini ham togri ishlata bilmaslik manoning buzilishiga olib keladi. Masalan, Onasiz bola oynamas gapini olib koraylik. Onasi yonida bolmagan bola oynamaydi deyilayaptimi yoki onasi bolmagan bola haqida fikr yuritilayaptimi - bu tinglovchi yoki oquvchiga qorongi bolib qoladi. Bu bahsga faqat sozga tushgan urgu aniqlik kirita oladi. Urgu onasiz soziga tushsa birinchi mano, bola soziga tushsa, ikkinchi mano anglashiladi. Demak, nutq jarayonida manoni togri anglatish uchun sozdagi bogin, gapdagi soz urgusining togri ishlatilishiga etibor qilishimiz lozim boladi.
Nutq qurilishining grammatik shakllarini farqlay olish, sozlarni mazmuniy boglanishlariga qarab joylashtirish grammatik meyorlarni belgilar ekan, nutqning togri ifodalanishi uchun gap tuzish qoidalarini ozlashtirish, ozak va qoshimchalar ortasidagi munosabatlarni, ega-kesim mosligini, ikkinchi darajali bolaklarning ularga boglanish yollarini yaxshi anglash lozim boladi. Aks holda nutqda kamchilik roy beradi. Misol: Alfavitimizga qoshimcha harflar kiritish yoki chiqarish bilan nutq madaniyatimizni oshirish uchun imkoniyat yaratilmay, balki nutq madaniyatimiz takomillashuvida chalkashlik sodir bolishi mumkin emasmi? (Gazetadan).
Nutq jarayonida morfologik va sintaktik chalkashliklar tez-tez uchrab turadi. Qaratqich va tushum kelishigi qoshimchalarining farqlanmasdan ishlatilish bunga misol bola oladi. Abdulla Qahhor bu holatdan «Sanatkor» hikoyasida asar qahramonining savodsizligini fosh etishda foydalangan: Pojarni gurgutni yerga tashlamang dedi, rejessyorimiz esa gugurtning yerga tashamang dedi. Qanday chiroylik! Pojarnimi, Pojarningmi? Shoshma, nima uchun pojarni? Pojarni, albatta!
Kichkina bir parchada nutqiy buzilishlar anchagina: gugurtni-gurgutni-gurgutning, tashlamang-tashamang, chiroyli-chiroylik, pojarniy-pojarni-pojarning kabi. Ular nafaqat soz qollash, shu bilan birga, qoshimchalarni (-ni - ning, -li - lik, hatto pojarni sozini ham ozbekcha anglab, tilimizga moslashgan niy ornida ni va - ning ni qollash) buzib ishlatish natijasida sodir bolgan.
Darhaqiqat, nutqda sifat yasovchi li va lik qoshimchalari ham bazan farqlanmayapti: xorazmlik paxtakorlar - xorazmli paxtakorlar yoki guruchli ovqat - guruchlik ovqat.
Jarangsiz undosh bilan tugagan fellarga qoshilib, orttirma daraja hosil qiluvchi -kaz va qaz qoshimchalari ham ogzaki nutqda kopincha farqlanmayapti: elektr liniyalari otkazish daraxt kochatlari otqazish.
Ozbek tilida koplik manosini ifodalashning yollaridan biri lar qoshimchasi ekanligi malum. Shu bilan birga, bu qoshimchaning koplik doirasidan chiqib, asosan ot va fellarga qoshilganda hurmat, kinoya, piching, noaniqlik, kuchaytirish, takrorlash, takid, predmetning turi, umumlashtirish, sozlovchi munosabatini alohida bildirish singari turli xil manolarni ifodalashi uning grammatik-uslubiy imkoniyatlarining kengayib borayotganligidan dalolat beradi. Garchi qoshimchaning bu kabi manolarni anglatish jarayonidagi sozlarga qoshilish tarzi morfologik meyorning buzilishi sanalsa-da, uni uslubiy meyorning buzilishi deb bolmaydi: tillar, yuraklar, jigarlar, burunlar, boshlar, suvlar, qonlar, sutlar, saroblar, barglar, yoqlar, (ketmaydimi) chiriblar kabi.
Shunday holatlarga ham duch kelamizki, uning ayrim otlarga qoshilishida goyo morfologik meyor buzilmaganday korinsa-da, uslubiy meyorga jiddiy putur yetgani seziladi: dadamlar keldilar. lar ning felga qoshilishining oziyoq hurmat manosini bildiradi. Ammo negadir keyingi paytlarda, ayniqsa sozlashuv nutqida bu qoshimchani dada soziga qoshib ishlatish kuchayib bormoqda. Unga mana bunday holatgina sabab bolishi mumkin: Eshik ochilib, kirib kelgan odamning kimligini bilish maqsadida yangi oila qurgan yigit kelinchagidan: Kim keldi? deb soraganida Dadamlar
, deb javob berishi kabilar.
Harqalay, bu orinda lar ning hurmat bildirishga nutqiy vaziyat nuqtai nazaridan baho berish togri boladi. (Ilmiy adabiyotlarda «Hurmat manosini ifodalovchi lar alohida affiks deb, son kategoriyasi va egalik kategoriyasi sistemasidan tashqarida turuvchi mustaqil forma deb qaralishi lozim» degan fikrlar ham bor30.
Kelinchakning yoki boshqa bir farzandning javobida birgina dadamlar sozi ishlatilganda u hurmat manosini oz zimmasiga olar, ammo dadamlar keldilar gapidagi dadamlar sozi tarkibidagi -lar ga meyorning va bundan kelib chiqadigan mantiqning buzilishi deb qaralishi togri boladi. Chunki diqqat qilgan odam dadamlar sozidan gapiruvchining bir necha dadasi borligi manosini tushunishi ham mumkin.
Afsuski, Ozbekiston televideniyesi korsatuvlarida ayrim jurnalistlarimiz qoshimchadagi bu noziklikni bazan payqamasdan, suhbatdoshlarini teletomoshabinlarga tanishtirayotganlarida bir kishiga nisbatan ham ular, bular sozlarini (hatto ula, bula shaklida) qollashib, «hurmat bildirishmoqdalar». Yozuvchi Said Ahmad esa ular, bular o’rnida u kishi jumlasini qo’llaydi va ko’zda tutilgan ma’noni to’lig’icha saqlab qoladi: Ammo Ђafur aka yozishga shoshilmasdi. Sababini so’raganimda, u kishi shunday deb javob bergan edilar (Nazm chorraha-sida).
Yana bir holatga e’tibor beraylik. Fe’llarga qoshilganda lar qoshimchasi hurmat yoki boshqa manolarni anglatar ekan, uni mana bu misoldagidek ishlatish ham meyorning, binobarin, mantiqning buzilganligi deb qaralishi kerak: Intellektual sozlar umumistemoldagi leksikaga xos bolganliklaridan , har qanday janrda ishlatilaveradilar va stilistik jihatdan chegaralanmagan boladilar. Shunga kora ularni stilistik neytral bolgan leksika deb ham ataydilar (A.Shomaqsudov). Misoldagi ularni, ataydilar sozlari haqida bu gapni aytib bolmaydi. Ular grammatik-uslubiy jihatdan togri qollangan.
Nutqda sintaktik meyorlarning buzilishi ham kuzatiladi. Shukrullo, Mirmuhsin, Turob Tola, Polat Momin asarlari sintaksisini tahlil qilgan F.Ishoqov bu buzilishlarni tanqid qilib quyidagi misollarni keltiradi: soz tartibning buzilishi: Otadek farzandiga kim kuyar axir, / O, naqadar ogir farzandning dogi (Shukrullo), Ђalvirakning o’zi xunuk, lekin mag’zi soz bo’lur, / Pistaning ham qattig’idan ochiq og’zi soz bo’lur (Shukrullo); ega-kesim nomuvofiqligi: Nima yetishmasdi? Yetishmasdi faqat / Mangu bahor olib keluvchi bizlar (Mirmuhsin). F.Ishoqov shoir Turob To’la ijodida, hatto uning prozaik asarlarida inversiyaning haddan tashqari, cheklanmagan darajada kop ishlatilishini achinib gapiradi. Ayrim namunalar: Mana kim bolsa, deydi farzandim inson. Domla oylab turib, bu «Sadrash» bolsin dedi, bolmasa. Oshanda osha shoir ukrain tilida «Pushkin va chaqmoq» degan sher oqib ketdi, yodaki birdaniga
31
Togri, poetik sintaksisda inversiya meyoriy hodisa sanaladi, ammo unga murojaat qilishda ham andisha kerak. Gapdagi har qanday orin almashtirishlarni ham inversiya deyaverish maqul bolmaydi.
Manoning togri, maqsadga muvofiq ifoda etilishida ohangning ham xizmati katta. Sozlarga qaysi yosinda urgu berilishiga qarab mano ottenkalari ozgarib borishi mumkin. Masalan, nutq jarayonida keling sozidagi samimiyat, piching, masxaralash, norozilik kabi ottenkalar faqat ohang yordamidagina reallashadi.
Xullas, ona tili xazinasidan kerakli grammatik shakllarni tanlash va ularni joy-joyida ishlatish, nutqni togri tuzishga erishish, har bir til birligini orniga qoyib talaffuz qilish nutq madaniyatining asosiy talablaridan sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |