Nutqning aniqligi. Aniqlik ham nutqning asosiy kommunikativ sifatlaridan biridir. Agar togrilik nutqning yuzaga kelishida faqat til omili, zaruriy belgisi sifatida qaralsa, nutqning aniqligi deyilganda uning shakllanishiga xizmat qiladigan, tildan tashqarida bolgan omillarni ham nazarda tutish lozim boladi. Bunda dastlab til va tafakkur munosabati turadi. Chunki, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar ortasidagi mutanosiblik va uning nutqda aks etishi ana shu aniqlikning xuddi ozidir.
Boshqacha aytganda, tabiat va jamiyatdagi turli voqyea-hodisalar, predmetlar, olamning jugrofiy tuzilishi, kishilarning his-tuygulari, harakat va holatlari har bir tilda oz atamasiga - nomiga ega. Ana shu atamalar yordamida bu hodisalar inson tomonidan anglanadi, tushuniladi, idrok qilinadi va fikr almashinadi. Shuning uchun ham, nutq oldiga u aniq bolishi kerak deb talab qoyilganda til birligi hamda u ifodalayotgan tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar o’rtasidagi muvofiqlik tushuniladi. Masalaga shu talablardan kelib chiqib yondoshiladigan bo’lsa, nutq aniqligi nutq madaniyati va mas’uliyatining g’oyat zarur sharti bo’lib qoladi. Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy, Ђafur Ђulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Shukur Xolmirzayev, Togay Murod va boshqa koplab adiblarimizning tilga bolgan munosabatlarini ana shu masuliyat samarasi deb tushunish togri boladi.
Bu jihatdan A. Qahhorning ijodi va til mahorati haqidagi ayrim mulohazalari diqqatga sazovordir. Maruf Hakimning «Qahramonning olimi» hikoyasini tahlil qilgan yozuvchi Botir beliga qator beshta bomba qistirib
, Qolida bomba ushlagan holda kochaga yugurdi jumlalaridagi bomba sozining notogri qollanganligini, yozuvchining bomba va granatani farqlamasligini tanqid qiladi. A.Qahhor tahlilda davom etib, hikoyadan yana misollar keltiradi: Botir «Sulton akaning oyoqlarini silaganda qoliga yelimga oxshagan bir narsa yopishganligini sezdi: qorongida nima ekanligini bilolmay qoldi». Shu yerning ozida «Jenya
yigitning koziga uzoq tikilib qoldi». Qolga tekkan qon korinmagan qorongida koz korinadimi, deydi yozuvchi. U yana yozadi: «Adabiyotda yolgonning katta-kichigi yoq. Hammasi ham baravar zarardir. «Uchrashuv» (M.Hakim)da mana bunday yolgon gap bor: «Ahmad osmonga qaradi. Haqiqatan kokni bulut bosgan. Bironta ham yulduz yoq edi!» Shundan besh satr pastda: «Ahmad osmonga nazar tashladi. Haqiqatan uzoq ufqdan chiqib kelayotgan bulutlarning korinishi xunuk edi». Uzoq ufqdan chiqib kelayotgan bulutlarni korish uchun havo qisman bolsa ham ochiq bolishi kerak. Bu yerda yo «kokni bulut bosgan»i, bironta ham yulduz yoqligi yolgon yoki «uzoq ufqdan chiqib kelayotgan bulutlar» togrisidagi gap behuda32.
Ozbek tilining aloqa vazifasi doirasida yozuvchilik va jurnalistlik faoliyatida, oqish-oqitish jarayonida, millat vakillarining kundalik muloqot jarayonida bunday kamchiliklar uchrab turibdi. Tildagi bu nuqsonni V.V.Vinogradov ham oz vaqtida qayd qilgan edi: «
uchinchi keng tarqalgan stilistik kasallik bu sozning voqyelikka mos kelmasligidir, sozning predmetdan uzilib qolishi bu buzilish, hatto bazan uning predmet (asosiy) manosini yoq qilishdir. Bu kasallik tasvirlanayotgan hayot bilan tanish bolmaslikdan, yozuvchilar ozlari chizayotgan narsa va hodisalarni yaxshi bilmasligidan kelib chiqadi»33.
Shunday qilib, aniqlik bu sozning ozi ifodalayotgan voqyelikka mos va muvofiq kelishidir.
Aniqlikni boshqacha tushunish ham mumkin. Bu soz va uning kopchilik tomonidan qabul qilingan manosi hamda uning nutqda qollanishi bilan muvofiq kelishidir34.
Korinadiki, aniqlik nutqning asosiy xususiyati sifatida, eng avvalo, til tizimidagi leksik daraja bilan boglanadi. «Nutq aniqligi» atamasi ostida voqyelik va uning tildagi ifodasi bolgan leksik birlik sozlar ortasidagi ozaro muvofiqlik anglashiladi.
Xosh, qaysi til birligi namunaviy nutqning yaratilishiga koproq xizmat qiladi? Bu savolga sinonimlar, deb javob berish maqul boladi. Chunki ular mazmunan bir-birlariga yaqin bolsa ham, mano qirralariga kora farqlanadi. Ana shu qirralardagi farqlar ularni tanlab ishlatish imkoniyatini beradi. Masalan, aniq, ochiq, yaqqol, ravshan, yorqin, oydin, ayon sinonimlarini olib koraylik. Garchi ular umumiy manoda bir sinonimik qatorni tashkil qilishsa ham, birining ornida ikkinchisini qollash hamma vaqt mumkin bolavermaydi. Aniq eshitdim deyish togri bolgani holda oydin eshitdim deyish mumkin emas, hamma narsa ayon, hamma narsa ravshan, hamma narsa aniq , hamma narsa oydin deyish mumkin bolgani holda hamma narsa yorqin deb bolmaydi. Chunki asosan aniq eshitishga, ochiq va oydin tushunishga, yaqqol va yorqin korish va eshitishga, ravshan korish va tushunishga xos35.
Bu kabi mano nozikliklarini payqamaslik ifodada galizlikni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, katta va uzun, qadam qoymoq va qadam tashlamoq juftliklarini olib qaraylik: Boyi mendan kattaroq, ozi sap-sariq (O.Hoshimov). Uzun-qisqalik va katta-kichiklik ikki xil olchov sanaladi, Birida ikki nuqta orasidagi masofa, ikkinchisida hajm olchanadi. Shuning uchun boyni katta deb bolmaydi. Uni baland yoki uzun deyish maqul. Yana: Mustaqil hayotga qadam tashlayotgan yoshlarimiz nikohdan otishganlaridan keyin qishloq markazidagi yodgorlik poyiga hurmat-ehtirom bilan gulchambarlar qoyadilar («Sharq tongi» gazetasi). Oqiganda manodagi noziklik goyo sezilmayotgandek tuyulsa ham, bu orinda qadam qoymoq iborasini qollash maqsadga muvofiq bolar edi. Chunki qadam qoymoq da harakatni endi boshlash manosi mavjud, qadam tashlamoq esa harakatdagi bu chegarani korsata olmaydi. Mana bu Meni yangi ishga yorgaklagan hamqishloqlarim, shuningdek, ustoz Marifat Rofiyevalar foydali maslahat va amaliy yordamlarini mendan ayamay, kasbni ozlashtirib olgunimcha madadkor bolib turdilar misolidagi yorgaklamoq sozi umuman notogri qollanilgan. U orgatmoq, jalb qilmoq manolarini ham bera olmaydi, ishga yorgaklamoq deb ibora tuzib ham bolmaydi.
Kop manoli sozlardagi mano nozikliklarini payqash ham nutq jarayonida aniqlikka xizmat qiladi. Zulfiya ijodidan misol keltiramiz. Shoira simob sozining quyidagi mano ottenkalarini farqlagan: a) yaltiroqlik: Simob tolqinlari tutib osmonni, / Muttasil yomgirlar zeriktirsa ham; b) tozalik, musaffolik: Kuyni tinglab simobday chashma / Jilvalanib qildi karashma; v) belgini kuchaytirish: Oq simob rang bulutday siljib / Biz tomonga kelar qoylar galasi kabi.
Kop manoli sozlardagi ana shu nozikliklarni payqamaslik fikrning noaniq, bazan notogri ifodalanishiga olib kelishi mumkin. Shahar bilan qishloq ortasidagi tafovut tobora qisqarayotir («Guliston» jurnali) misolida qisqarayotir sozi maqsadni aniq ifoda eta olmaydi. Chunki bu soz odatda uzunlik, miqdor va hajm olchoviga aloqador. Tafovut esa mavhum tushuncha bolib, unga nisbatan kamaymoq sozini qollash maquldir.
Aniqlikni vazifaviy uslublar doirasida tushunish ham oziga xos. Masalan u sozlashuv uslubida vaziyatga bogliq boladi. Rasmiy uslubda esa u tildagi tayyor, shtamp holidagi soz va iboralardan foydalanishni taqozo qiladi. Ilmiy uslubda atama va uning ifodalanish aniqligi asosiy orinda turadi. Ommabop va badiiy uslublarda esa soz va iboralar faqatgina badiiy-estetik vazifani bajarishdan tashqari yozuvchining maslagi, goyaviy maqsadiga mos bolishi va shunga xizmat qilishi lozim boladi.
Ana shu sabablarga kora soz qollash aniqligining chegarasini belgilash birmuncha murakkab ish bolib, u tilni yaxshi bilishni va uning vazifaviy uslublar doirasida qollanish imkoniyatlarini organishni taqozo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |