Nutqning mantiqiyligi. Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari togrilik va aniqlik bilan chambarchas boglangandir. Chunki grammatik jihatdan togri tuzilmagan nutq ham, fikrni ifoda etish uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan leksik birlik ham mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va oquvchiga ifodalanayotgan fikrning toliq borib yetmasligiga, bazan umuman anglashilmasligiga sabab bolishi mumkin. Nutqni shakllantirishdagi etiborsizlik oqibatida bazan mantiqsizlik ham yuz beradi. Quyidagi misolga diqqat qilaylik: Ferma jonkuyarlari olti oylik davlatga sut sotish planlarini muddatdan oldin bajardilar (gazetadan). Gapda sozlarning tartibi togri bolmaganligi, olti oylik birikmasining davlat sozidan keyin kelmaganligi tufayli mantiqqa putur yetayapti, fikrni bayon qilishda xatolik yuz berayapti.
Nutqning mantiqiy bolishi sozlovchi yoki yozuvchining tafakkur qobiliyati bilan bogliq. Shuning uchun mantiqiylik faqatgina til hodisasi sanalmasdan, tildan tashqarida bolgan omil sifatida ham qaraladi. Yani bunda notiqdan faqatgina tilni yaxshi bilish emas, ozi mulohaza yuritayotgan mavzu atrofida keng bilimga ega bolish ham talab qilinadi.
«Nutq madaniyati asoslari» asarining muallifi B.N.Golovin mantiqiylikni ikki guruhga bolib predmet va tushuncha mantiqiyligi tarzida organishni tavsiya etgan edi. Predmet mantiqiyligi nutqdagi til elementlari bilan real voqyelikdagi predmet va hodisalarning mazmuniy aloqasi hamda munosabatidir. Tushuncha mantiqiyligi esa nutqda mantiqiy tafakkur qurilishi va uning til elementlari semantik aloqadorligida mantiqiy rivojlanishning aks etishidir, deydi u36.
Korinadiki, sozlarning ozi ifodalayotgan predmet va hodisalarga mos ravishda fikrni aniq ifodalashi predmet mantiqiyligi bolsa, soz birikmalarining, gaplarning, abzaslarning, hatto butun-butun matnlarning bir-biriga mosligi, fikrni izchil davom ettirishga boysundirilishi tushuncha mantiqiyligidir.
Tushuncha mantiqiyligi haqida aytilgan fikrdan xulosa chiqarish mumkinki, nutq mantiqiyligining asosiy lingvistik sharti leksik-semantik va sintaktik meyorga amal qilishdir.
Sozlarni bir-biriga mazmunan boglash, ular ortasidagi grammatik aloqani togri shakllantirish sintaktik meyorga amal qilishning asosiy sharti bolib hisoblanadi. Mana bu misolda kuy va raqs sozlarining diktor tomonidan uygun tarzda qollanib yuborilishi mantiqning buzilishiga olib kelgan: Endi kuy va raqslar tinglab, dam oling (Televideniyedan). Kuyni tinglash mumkin, ammo raqsni-chi? Hammomda qatiq va shisha idishlar istemol qilish man etiladi («Mushtum» jurnali) misoli togrisida ham shu gapni aytish mumkin.
Bazan esa sozlar tushirib qoldiriladi: 22-maktab bufetchisi Toji Ibrohimov bir kitobga 5 tiyindan qoyib sotmoqda («Mushtum» jurnali). Kitobgami yoki kitobning narxigami? Sozlarni bunday tushirib qoldirishlar natijasida yuz beradigan metonimiya hodisasi hamma vaqt ham togri tushunilavermasligi mumkin: Oyposh xola gorchechnik qoyib bolib, ketmoqchi edi, Davron uni qoyarda-qoymay choyga otqazdi (M.Jaloliddinova).
Gapda sozlar va birikmalar tartibining ham nutq mantiqiyligida ahamiyati katta. Masalan, Suratga olingan akula quruqlikdagi sut emizuvchilarga oxshab, tuxum qoymaydi, balki tirik bola tugadi. Ifoda aniqligi nuqtai nazaridan gap Suratga olingan akula tuxum qoymaydi, balki quruqlikdagi sut emizuvchilarga oxshab tirik bola tugadi tarzida tuzilishi maqsadga muvofiq bolar edi.
Kor-korona qilingan tarjimalar ham kulgili holatni yuzaga keltiradi: Erkak paypoqlar narxi 30 foizga arzonlashdi («Mushtum» jurnali). Paypoqning erkak-urgochisi bolmasligini hamma biladi. Bunday qollanishni esa faqat nutqdagi etiborsizlik natijasi deb tushunish kerak. Quyidagi misol ham bu fikrni qollab-quvvatlaydi: Bugun Toshkentda nol daraja issiq boladi («Mushtum» jurnali).
Mantiq talabiga kora nutqda gaplar ortasida izchillik bolishi, ularning birida bayon etilgan fikr ikkinchisida davom ettirilishi lozim boladi. Bu hol malum bir fikrning tugashiga qadar davom etishi kerak. Gaplar ortasida fikriy izchillik yoqolishi bilan mantiqiylikka ham putur yetishi mumkin. Misollar: Redaksiyaga kelgan sherlarni oqib, bunisi yaxshi, bunisi yomon deyishga tilimiz bormaydi. Ularda avtorlarning nimadir demoqchi bolishayotgani sezilib turadi («Ozbekiston adabiyoti va sanati» gazetasi), Visolingga yetishni azaldan jazm etardim, / Joziba yarashmish sizga shunchalar (P.Momin).
A.Qahhorning «Adabiyot muallimi» hikoyasidagi qahramon «nafis adabiyot muallimi» Boqijon Baqoyevning nutqi bu orinda xarakterli misol bola oladi: - Chexovmi? Himm
burjuaziya realizmi togrisida sozlaganda eng avval uning obyektiga diqqat qilish kerak. Burjuaziya realistlari tushungan, ular aks ettirgan obyektiv voqyelikni anglash lozim boladi. Turgan gapki, Chexovning ijodi boshdan-oyoq, butun mohiyati bilan ilk burjuaziya realizmi, yani
himm. Mukarram, tovuqqa moyak qoydingmi? Qoyish kerak, bolmasa daydi bolib ketadi
Tavba, tovuqdan ahmoq jonivor yoq moyak qoysang tugadi! Nima uchun moyak qoysang tugadi? Xoroz nima uchun saharda qichqiradi? Ajoyib psixologiya! Biologiya oqiysizlarmi?
Yozuvchi ana shunday nutq yordamida badiiy xarakter yaratadi. Shu orinda A.Qahhorning «Palagda gaplar» maqolasida aytilgan fikrlarni eslash orinli boladi: «Uslubni buzadigan narsalardan biri mubolagani ishlata bilmaslikdir, mubolaga qilishda jiddiy asarlarda qancha ehtiyot kerak bolsa, hajvda ham shunday bolishi kerak. Bir narsani anglatishda bolganidan bir oz borttirib korsatish mubolaga boladi. Biroq mubolagani qolipdan chiqarib yuborish har qanday asarni sovuq qilib yuboradi. «Qayguli kechalar»da
«Kokda qizargan bulutni korgach, bu mening kozimdan oqqan qonning aksidir», «Ikki ogaynimni qoltiqqa qistirib yorgalab qoldim» (juda tez demoqchi bolsa kerak), «Novvoydan bir qadoq non olsam ichidan bir kurak mix bilan ikkita olti gazlik arqon chiqdi
». Mana bular juda qalbsiz mubolagalar».
Yuqorida bir orinda takidlab otganimizdek, matndagi abzaslar ortasida ham mantiqiy boglanish bolishi zarur. Odatda malum bir fikr tugab, ikkinchisi boshlangan joyda ular abzas bilan ajratiladi. Bu yerda fikr tugalligi deganda yaxlit fikr nazarda tutiladi va abzas umumiy matn mazmunining bir qismi sanaladi. Tilda abzaslarni bir-biriga boglaydigan korinadiki, demak, xulosa qilganimizda, shuni alohida takidlash kerakki, yuqoridagilarga asoslanib aytish mumkinki, boshqacha qilib aytganda, xullas singari soz va birikmalar mavjud. Xuddi ana shu til birliklari bir abzas ichida ham fikrlarni bir-biriga boglashga, izchillikka xizmat qilishi mumkin. Misol: Demak, adabiyot nazariyasi adabiy jarayonning tarixiy taraqqiyoti qonuniyatlari, adabiy-badiiy tafakkur va uning muhim sohalari, chunonchi, obraz va obrazlilik, xarakter va tip, adabiy metodlar va janrlar, badiiy nutq uslub rang-barangligi
kabi qator masalalarni atroflicha organishga yordam beradi. Bugina emas. Adabiyot nazariyasi adabiyotning ijtimoiy ahamiyati, yani jamiyat hayotida oynagan, oynayotgan va oynashi kerak bolgan roli, unga obyekt bolgan narsalarning sosial mohiyati haqidagi, shuningdek, badiiy asarlarni tahlil qilish metodikasi va prinsiplari haqidagi fan hisoblanadi (J.Hojimatov).
Tushuncha mantiqiyligi alohida olingan matnda fikriy ketma-ketlik, mantiqiy izchillik bolishini taqozo qiladi. Ammo bu talabni nutqiy jarayonning hamma korinishlarida ham ortaga qoyib bolmaydi. Masalan, vazifaviy uslublarda, xususan ilmiy va badiiy nutq uslublarida bu talabga qanday amal qilinishini olib koraylik. Ilmiy uslubda yozilgan asarlar yaxlit bir qurilishga ega. Unda kirish, asosiy qism va xulosa mavjud bolib, ular yagona bir halqaga birlashadi. Matnda bayon qilinayotgan fikrlar qatiy izchillikda bayon qilinadi. Badiiy nutq qurilishi esa biroz boshqacha. Aytaylik, fikrlar bir maromda bayon etib kelinadiyu, birdaniga uzilish yuz beradi va endi boshqa voqyealar hikoya qilinib ketiladi. Bu narsa goyo mantiqiy izchillikka putur yetkazganday korinsa-da, aslida unday emas. Badiiy asarlarda, xususan, qissa, roman kabi janrlardagi keng kolamlilik tasvir kompozisiyasini ana shunday tuzishni taqozo qiladi. Mantiqqa putur yetmaganligi bunday asarlarning oxirida malum boladi.
Badiiy asarlarning qurilishidagina emas, balki alohida olingan sozlar ortasidagi logik-grammatik munosabatda ham izchillik buzilganday bolishi mumkin: qayguli quvonch, ojiz jasorat, totli azob, buyuk ahmoqlik kabi. Birikma tarkibidagi manosi zid sozlarning har birining manosi saqlab qolingan holda yangi bir matniy mano kelib chiqadi va ular badiiy sanatlar doirasida oksyumoron deb ataladi. Yana:
Men-chi, u kun, ne soz bilan bayon etayki,
Oz qabrimning tepasida ozim turardim.
Dedim, falak nega meni shu holga solding,
Haddu poyon bormi alam, dardu sabrimga.
Ozim tirik mozor bolib kelib turibman
Menga nasib etmagan shu sovuq qabrimga
(E.Vohidov.)
Xulosa qilganimizda, mantiqiy nutq deganda yaxlit bir tizim asosida shakllangan, fikrlar rivoji izchil bolgan, har bir soz, ibora aniq, maqsadga muvofiq ravishda yuzaga keladigan nutqni tushunamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |