jadval
Hosil beradigan mevali bog’larga mineral o’g’itlar berish me’yorlari
Meva ekinlari
|
Sug’oriladigan bo’z tuproqlarda, kg/ga ta’sir etuvchi modda hisobida
|
N
|
P2O5
|
K2O
|
Go’ng, t
|
Olma
|
120
|
60
|
30
|
20
|
Nok
|
120
|
60
|
30
|
20
|
O’rik
|
120
|
60
|
30
|
20
|
Shaftoli
|
120
|
60
|
30
|
20
|
Qulupnay
|
120
|
125
|
-
|
40
|
Malina
|
120
|
125
|
-
|
40
|
Smorodina
|
90
|
75
|
35
|
40
|
Anor
|
180
|
135
|
90
|
20
|
Anjir
|
180
|
120
|
90
|
20
|
Xurmo
|
120
|
120
|
60
|
25
|
Yong’oq
|
100
|
90
|
-
|
35-40
|
Suv bilan yaxshi ta’minlangan bog’larga o’g’it ko’p miqdorda berilsa, yuqori samara beradi.
Agar bog’ning qator oralari ekinlar bilan band bo’lsa, o’g’it miqdori, shuningdek sug’orishlar soni ham ko’paytiriladi. Bunda shuni hisobga olish kerakki, sideratlar ekilganda, tuproq organik birikmalariga va azotga boyiydi.
Agar meva daraxtlarining novdalari nimjon, barglari rangsiz bo’lsa, unda azotli o’g’itlarning juda tez ta’sir etadiganlari – mineral o’g’itlar, organik o’g’itlardan najas, go’ng shaltog’i bilan birga solinadi.
O’zbekiston bo’z tuproqlar sharoitidagi bog’lariga solinadigan oziq elementlarining eng yaxshi nisbati quyidagicha: N:R2O5:K2O = 1:0,5:0,13-0,25.
Tuproqqa organik va mineral o’g’itlarni aralashtirib solinganda tuproq oziq moddalar bilan boyibgina qolmay, balki organik moddalar tuproq strukturasini hosil qiladi va saqlaydi va uning fizik xossalari yaxshilanadi. Go’ng bilan bir vaqtda mikroorganizmlar va mikroelementlar ham tushadi, bular tuproq sharoitini faollashtiradi.
O’zbekiston tuproqlarining ko’pchiligi ishqoriy reaksiyaga ega. Bunday tuproqlarga azotning ammiakli shaklini bergan foydaliroq, chunki, ular tuproq reaksiyasini normallashtiradi.
Ilmiy ishlar, shuningdek ishlab chiqarish tajribalari bog’larga beriladigan o’g’itlarning miqdorini quyidagicha tavsiya etadi:
Yangi bog’larda ularning holati va bir yillik novdalarning o’sishiga qarab to’rt yilgacha o’g’itlash kerak. Agar novdalarning o’sishi kam bo’lsa (10-15 sm), bunda bog’ gektariga 60 kg fosfor va 15 kg kaliy (sof oziq modda) 20-25 sm chuqurlikka solinishi kerak.
Agar xo’jalikda go’ng bo’lsa, uni kuzgi shudgor oldidan gektariga 10-20 tonnadan, asosan ildizlar joylashgan qatlamga solish kerak. Bu har yili yoki yil oralatib beriladi. O’g’it daraxt tanasi atrofiga shox-shabbalar tarqalgan kenglikka qarab solinadi. Quvvatsizroq daraxtlar tagiga o’g’itlar ko’proq normada, yaxshi rivojlangan ko’chatlariga esa kamroq normada beriladi.
Hosilga kirgan bog’larda gektaridan 10 t hosil olinganda gektariga 120 kg azot, 69 kg fosfor, 15-30 kg kaliy va uch yilda bir marta 20-40 tonna go’ng solish tavsiya etiladi. Go’ng berilmagan takdirda daraxtlar yaxshi o’smasa, azot va fosforning normasi bir yarim, ikki barovar ko’paytiriladi.
Meva daraxtlarning turi, hosildorligi, yoshi va tuproq tipiga qarab o’g’itlash normasi har bir xo’jalik va hudud uchun alohida belgilanishi mumkin.
Meva daraxtlariga shakl berish bilan daraxtning hosilga kirish muddatlarini o’zgartiradi, uning mahsuldorlik davrini uzaytirish, mustahkam, yoritilgan shox-shabba tuzish, bog’larni parvarish qilishni qulaylashtirish, yildan-yilga meva berishini tartibga solish, daraxt hosildorligini oshirish mumkin va hokazo. Shakl berish va kesish orqali gektariga ko’proq daraxt joylashtirishga imkon beradigan ixcham (kompakt) shox-shabbalar tuzish, shu bilan bir vaqtda kesishda, mevalarni terishda mehnat unumdorligini oshirish mumkin. Ixcham shox-shabbalar bog’ ishlarini mexanizasiyalashga yordam beradi. Kam shox-shabbasi va yassi shakllar birmuncha afzalikllarga ega, ularda asosiy shoxlar kam, o’suvchi shoxlar esa ko’p bo’ladi. Ular juda serbarg bo’lganda, hosil shoxlari ko’p bo’ladi. Bu shakllar daraxtlarni zichlashtirish va yuqori meva hosili olishga imkon beradi.
Kesish. Meva daraxtlariga ta’sir etadigan eng faol agrotexnik usullardan biri bo’lib, ularni parvarish qilish kompleksida muhim element hisoblanadi. Meva daraxtlarni tizimli kesish orqali hosilni uch barovarga oshirish mumkin.
Daraxtlarni kesish mevalarni 20,4 % gacha yiriklashtiradi, ularning tovar sifatini ham yaxshilaydi. Butalgan daraxtlarning mevalari tarkibida butalmagan daraxtlarnikiga qaraganda shakar va kislotalar ko’p bo’ladi. Kesish, ya’ni butash bilan daraxtlarni yoshartirib, bog’ning mahsuldorlik yoshini uzaytirish mumkin.
Kesish daraxtlarning sovuqqa chidamliligini ham oshiradi, ya’ni kesilgan daraxtlar yaxshiroq barg chiqaradi va qishki tinim davri uchun ko’p oziq moddalar to’playdi. Bu moddalar o’simlikni sovuqdan himoya qilish quvvatiga ega bo’ladi.
Meva daraxtlari uzoq asrlardan buyon kesib kelinadi. U bizning eramizdan uch yuz yil oldin Gresiyada va qadimgi Rimda qo’llanilgan. XIX asrning oxirlaridan boshlab mamlakatimizda ham meva daraxtlari kesila boshlangan.
Shakl berishda kesish orqali shox-shabba skletiga ta’sir etish va uni istalgan yo’nalishda tuzish nazarda tutiladi. Shakl berish shox-shabbaning mustahkamligini, uning kompaktligini, daraxtlarning uzoq yashashini, ularning bog’dagi havo, yorug’lik bo’shlig’idan yaxshiroq foydalanishni, meva novdalarini uni to’laroq qoplashini, barg qoplamini shoxlar asosida yaqinlashtirishni ta’minlashi kerak.
Ixtiyoriy kesish shakl beriladigan va shakl berilgan tanasini, ayrim qismlarining o’sish va meva berishini tartibga solish jarayonida ularning tarvaqaylab ketishini oldini olish va meva sifatini yaxshilash, daraxtning hosil berish davrini uzaytirish, meva berish uchun shox-shabbaga qulayrok sharoit yaratish (yorug’lik, havo va boshqalar), daraxtning tashqi muhitning noqulay sharoitlariga (sovuq, shamol va boshqalar) qarshi chidamligini oshirishdan iborat.
Shakl berish bilan ixtiyoriy kesish o’rtasidagi chegara shartlidir. Masalan, ko’p kesish daraxtning shaklini o’zgartiradi, shakl berish esa doim ixtiyoriy kesish bilan birga olib boriladi.
Daraxt o’sishidagi quyidagi qonuniyatlar kesishning biologik asosi hisoblanadi:
ularda bitta yoki bir necha tana va asosiy (sklet) shoxlar bo’lishi va bu shoxlar o’simlikning boshqa yer ustki qismlaridan ustunlik qilishi va to’g’ri o’sishini uzoq vaqt saqlashi;
shoxlarning joylashishidagi yaruslilik (qutblilik) va morfologik parallelizm;
ayrim asosiy va o’sib ketgan shoxlarning turli yoshidagi va kurtak hamda to’qimalarning turli sifatliligi;
daraxtning barcha hayoti davomida o’sishi va meva berishida yoshiga bog’liq o’zgarishlari;
shox-shabbadagi asosiy va o’sib ketgan shoxlarning siklik almashinuvi, ularning qurib qolishi va tiklanishi;
meva o’simliklari barcha qismlarining o’zaro bir-biriga bog’liq bo’lishi va bir-birini taqozo qilishi, ularning tashqi muhit bilan qonuniy o’zaro ta’siri;
kurtaklarning tez yetilishi va uyg’onishidagi farqlar, ayrim meva turlari va navlarida yosh novdalarni tiklash (regenerasiya) qobiliyati.
O’simliklarda suv va azot – uglevod almashinuvining o’zgarishi kesishning biokimyoviy asosi hisoblanadi. Shox-shabbalarni kesishdan hosil bo’lgan yorug’lik rejimi katta o’rin tutadi. U o’simliklardagi va har yili yuqori hosil olish uchun uglevodlar to’planishiga olib keluvchi fotosintez jarayoniga bevosita ta’sir etadi. Masalan, kesish orqali bahorda novdalar tarkibida qand miqdori ko’payadi. Yozning ikkinchi yarmida va kuzda butalgan shoxlar hamda ildizlarda kesilmagan daraxtlardagiga qaraganda kraxmal ko’p to’planadi. Kesish shoxlardagi va meva shoxlaridagi nam miqdorini ko’paytiradi. Meva bermaydigan shoxlar kesilganda tarkibida oqsil azoti ko’payadi, bu esa gul kurtaklar hosil bo’lishi uchun zarurdir.
Meva daraxtlarida, asosan bir yillik novdalar kesiladi. Novdalarning har yilgi uzunligi daraxt holatining ko’rsatkichi hisoblanadi. Daraxtning asosiy shoxlari har yili qancha uzaysa, daraxt shuncha uzoq yashaydi va mo’l hosil beradi. Bu eski va meva berib bo’lgan novdalar o’rnini bosadigan yosh novdalardagina hosil shakllanishi bilan bog’liqdir.
Yosh daraxtlar kuchli novdalar chiqaradi, daraxtning yoshiga qarab va ayniqsa yuqori hosil berganda, novdalar soni kamayadi. Daraxtni tegishlicha kesib, suv va oziq moddalar bilan ta’minlab uzun (50 sm va undan ortiq) va pishiq novdalar olish mumkin.
Ko’p yillik, ikki-uch yillik va undan katta yoshdagi daraxtlar shuningdek, qari halqali shoxchalar kam butaladi. Ayniqsa, o’sishning beshinchi va oltinchi davrlardagi, ya’ni o’sishi pasayib va hosili kamayib ketgan daraxtlarni kesish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |