Meva daraxtlarida shox – shabbalarini pasaytirish va shoxlarni yonga egish
Mevali ekinning hosildorligini oshirishda daraxt shoxlarining quyosh nuridan to’liq foydalanishi muhim ahamiyatga ega. Meva daraxtlariga shakl berishning mavjud tizimi bu talabga hali to’liq javob bermaydi, chunki shox – shabbaning ichki tomoni soyalanib qoladi, natijada soyadagi barglarning faolligi va fotosintez intensivligi, daraxtning uzoq yashashini va mahsuldorligining pasayishiga, meva organlar shakllanishining kamayishiga olib keladi.
Shox – shabbalarning ichki qismlariga quyoshning tik yorug’ligi erkin tushishi uchun har yili shox-shabbalarni siyraklatish va bir yillik novdalarni qisqartirish zarur. Daraxtning juda baland bo’lishi, bundan tashqari, butashga, tirgovuch qo’yishga, mevalarini terib olishga ko’p mehnat sarflanadi, daraxtlarga purkalganda zaharli ximikatlar ko’p sarf bo’ladi, ko’p va katta asbob – uskunalar, tirgovuchlar talab etadi.
Bundan yuqori mahsuldor daraxtlar yetishtirish uchun iloji boricha daraxtlarning balandligini cheklash kerak degan ikkinchi masala kelib chiqadi. Shu bois olimlar bog’ barpo qilishda bo’yi 4 metrdan baland bo’lmagan yaxshi yoritilgan shox-shabbalar bilan ta’minlash shox-shabbaning ichki qismlarini yoritish uchun ular markazida yorug’lik qudug’ini doimiy yaratish va saqlash kerak, degan yagona fikrdalar. Bundan tashqari, meva daraxtlarning hosilga kirishini tezlashtirish, hosildorlikni oshirish va mevalar sifatini yaxshilash lozim. Buning uchun asosiy shoxlarni 50-600 ga egish (qiyshaytirish) va asosiy butoqlar sonini kamaytirish kerak.
Kuchli o’sadigan yosh daraxtlarda shox-shabbalar balandligini cheklash birinchi tartib asosiy shoxlarni va pastki yarusdagi oraliq shoxlarni 40-450 gacha, yuqoridagilarini esa 80-900 gacha egishdan boshlanadi.
Qiyshaytirish uchun deformasiyadan (egishdan) foydalaniladi. Bundan asosiy maqsad, daraxtlarning hosilga kirishini tezlashtirish, hosilni oshirish va o’sishni to’xtatishdir. Shoxlar asosidan yog’ochlik tolalari qisman uzilib, bir oz qirsillash eshitilgunch egilaveradi. Agar shox kerakli egilish burchagiga ega bo’lmasa, deformasiya biroz kuchaytiriladi. Bu ishlarni shoxlarni sindirib yubormasdan ehtiyotlik bilan amalga oshirish kerak. Uch yoshli yog’ochlik yaxshi, ikki yoshlisi o’rtacha, bir yoshligi esa yomon egiladi. Besh yoshdan yuqori shoxlar yaxshi deformasiyalanmaydi, bunda ularni egib qoziqchalarga tortib chiqib bog’lab qo’yish kerak.
Olma va nok daraxtlari shoxlari deformasiyasining eng yaxshi vaqti – may va iyun hisoblanib, bu paytda yog’ochlik bir muncha egiluvchan bo’ladi, bahorda kurtaklar yozilgunga qadar bu ishni amalga oshirish kam samara beradi. Deformasiya 3-4 yoshli bog’larda boshlansa eng yaxshi samara olinadi.
Yana bir muhim usul – markaziy o’tkazgichni gorizontal yoki yoysimon shaklga keltirishdir. Ko’pchilik tez hosilga kiruvchi navlarda 6-7 ta butoqlar hosil qilgandan so’ng egishga kirishiladi. Shox-shabbalari yuqori bo’lgan kechpishar navlarda, kuchli darajada vertikal o’stirib yubormaslik uchun bu tadbir kechroq amalga oshiriladi. Daraxtlar hosilga kirgandan keyingina markaziy o’tkazgichni olib tashlash mumkin, bunda bittalik yuqori shoxlar uzunligi 1,2-1,5 m dan kam bo’lmasligi kerak.
Shoxlar deformasiyasi to’g’ri bajarilgan va shox-shabbalar markazidagi o’tkazgich egilgandan keyin “yorug’lik qudug’i” hosil bo’ladi. Shox-shabba yaxshi yoritiladigan bir muncha kosasimon shaklni eslatadi.
Shox-shabbalar balandligini cheklash uchun yordamchi usul vertikal g’ovlagan novdalar sindirib tashlanadi, ular butoq va o’tkazgich novdalar egilgan joylarda paydo bo’lib, butoqlardan bo’sh bo’lgan joylarga egiladi. Asosidan sindirilgan va gorizontal holatgacha egilgan novdalar birorta yon shoxga suyanishi lozim.
Bugungi kunda intensiv meva bog’larida ham shoxlar deformasiyasi keng qo’llanilib kelinmoqda. Bu bog’larda mazkur tadbirni qo’llash orqali ertaroq hosilga kirishni ta’minlash, hosilni sifatini yaxshilash, hosilni terish unumdorligini oshirish imkoniyatlari ancha yuqori.
Shox – shabbaning yaxshi yoritilishi mikroiqlimni yaxshilab, barglarda fotosintezni, shoxlarda uglevodlar to’planishini, hosil kurtaklari tugishni qulay tomonga o’zgartiradi. Bu yuqori sifatli meva olishni, daraxtning ertaroq (2-3 yil) hosilga kirishini, hosildorlikni (2-4 martagacha) oshirishni va mahsulot tannarxini arzonlashtirishni ta’minlaydi.
O’zbekistonda rezavor meva ekinlardan qulupnay, malina, qora smorodina va krijovnik ekiladi. Bular orasida asosan qulupnay ko’proq tarqalgan.
Rezavor meva ekinlari mevali daraxtlardan keskin farq qiladi. Ular ekilgandan keyin barvaqt, 2-3 yili hosilga kiradi va ekish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni tezda qoplaydi. Rezavor mevalar erta pishadi, bu esa ularni iste’mol qilish muddatini uzaytirishga, mevasidan yangiligida foydalanishga va hali boshqa mevalar pishib yetilmagan vaqtda qayta ishlash sanoatini xom-ashyo bilan ta’minlashga imkon beradi. Masalan, qulupnay may oyida bozorga chiqariladi va shu oyni o’zida qayta ishlash korxonalariga topshiriladi.
Rezavor mevalarda solkashlik bo’lmaydi, ular yuqori agrotexnika asosida parvarish qilinsa, har yili mo’l va sifatli hosil olish mumkin.
Rezavor meva ekinlari meva daraxtlariga nisbatan juda oson va qulay-vegetativ yo’l bilan (payvand qilmasdan) ko’paytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |