5. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish yo‘llari
Mehnat resurslari qanday shakllanishini aniqlash uchun biz birinchidan,
mehnat resurslarini uchta yirik yosh guruhlari bo‘yicha – mehnatga layoqatli
kishilar, mehnatga layoqatli kishilardan yoshroq va mehnatga layoqatli yoshdan
kattaroq kishilar, ikkinchidan, har bir guruh aholi soni va uning o‘zgarishi ta’sir
qiluvchi omillar, uchinchidan, mehnat resurslari va aholining o‘zgarishdagi tabiiy
va mexanik o‘zgarishdagi umumiy va o‘ziga xos tomonlarni ko‘rib chiqishimiz
lozim.
Mehnat resurslarining aksariyat ko‘pchilik qismini mehnatga layoqatli
yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi tashkil etadi. Mehnat qilishga layoqatli yoshdan
katta kishilar, ishlovsi pensionerlar va amalda «nol» vazifasini bajaruvchi shaxslar,
mehnatga layoqatli yoshdan kichik kishilar, ishlovchi o‘smirlar mehnat
resurslarining salmog‘ida u darajada sezilarli rol o‘ynamaydi.
Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi. Mehnat resurslari
tarkibiga I va II guruhdagi ishlamaydigan nogironlar kirmasligini esda tutgan holda
dastlab biz mehnat qilishga layoqatli yoshdagi aholini, so‘ngra uning mehnat
kilishga qobiliyatli qismini ko‘rib chiqamiz.
Mehnatga layoqatli yoshdagi kishilarning ma’lum qismini sira ishlamagan yoki
sog‘ligi yomon bo‘lganligi uchun ishlashdan to‘xtagan kishilar tashkil etadi. Bu
o‘rinda gap I va II guruh nogironlari haqida bormoqda, davlat ularni pensiya bilan
ta’minlab turadi. Bu kishilar mehnat resurslari tarkibiga kiritilmaydi. Biroq I va II
guruh nogironlarining ayrimlari (agar ishlab chiqarishda qulay sharoitlar yaratilsa)
ishlashlari mumkin. SHuning uchun ham mehnatga layoqatli yoshdagi ishlashi
mumkin bo‘lgan davlat tomonidan pensiya yoshi belgilangan yoshgacha fuqarolar
mehnat resurslariga kiradi (I va II guruh nogironlaridan ishlamaydiganlari bundan
mustasnodir). Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi orasida ishlamaydigan
nogironlarning soni nisbatan kamroq va nisbatan barqarordir.
Mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolar butun aholining bir qismi bo‘lib,
ularning soni demografik omil ta’sirida o‘zgarib turadi. Ularning qancha bo‘lishi
tegishli yoshlardagi o‘lim darajasiga bog‘liq. Bu, jumladan, mehnat qilish yoshiga
etgan yoshlar bilan pensiya yoshiga etgan fuqarolar soni o‘rtasidagi nisbatga ham
bog‘liq. O‘lim qanchalik kam bo‘lsa va mehnat qilish yoshiga etgan fuqarolar bu
yoshdan chiqqan kishilarning o‘rtasidagi farq qanchalik yuqori bo‘lsa, mehnat qilish
qobiliyatiga etgan kishilar soni shunchalik ko‘p bo‘ladi yoki aksincha.
Do'stlaringiz bilan baham: |