Ayni paytda о‗qituvchi oldida mas‘uliyatli va mashaqqatli vazifa –
о‗quvchilarni erkin fikrlashga о‗rgatish hamda ijodiy fikrlashni shakllantirish
turibdi.
Innovatsiya biror yangi narsani, yangi tartib qoidani kiritishni anglatadi.
Yangilik kо‗pincha yangi metodlar, vositalar, yangi konsepsiyalar, yangi о‗quv
dasturlari kiritishni hamda qо‗llanishga xosdir.
Innovatsiyaning turli ta‘riflari mavjud: innovatsiya (lotincha inovatis)-bu
yangilik, yangi tartib qoida, о‗zgarish degan ma‘noni anglatadi.
Yangilik va о‗zgarish?
Yunesko hujjatlaridan birida «... Yangilik albatta yangi bо‗lishi shart emas,
biroq u albatta nimasi bilandir yaxshiroq va о‗z-о‗zidan namoyon etilishi mumkin
bо‗ladi»-deb kо‗rsatilgan.
Innovatsion muammolari bilan bog‗liq bir qator tadqiqotlarda о‗zgarishlar
yangilik bо‗lishi, biroq har doim butunlay yangi g‗oyalar yoki shakllar bо‗lmaslik
mumkinligi faraz qilinadi.
Shunday qilib, innovatsiya tushunchasi orqali о‗quv - tarbiya jarayonini
yaxshilash va takomillashtirishga yо‗naltirilgan didaktik, metodik, tashkiliy-texnik
о‗zgarishlarni tushunamiz.
Pedagogikada innovatsion muammolarni hal etishda о‗qituvchining ijodiy
faoliyati eng dolzarb muammo bо‗lib qolmoqda. (yeng zarur pedagogik texnikani
egallash, tarkibiy qismlari).
Shu boisdan о‗qituvchi mahoratiga kо‗p narsa bog‗liqligi uning pedagogik
tizimda tutgan о‗rni haqida batafsil tо‗xtalamiz.
1.
О‗qituvchi davlat buyurtmasiga mos keladigan ta‘lim-tarbiya maqsadini
aniq va ravshan belgilashi kerakki, natijada ma‘lum vaqt ichida unga erishish
uchun ta‘minlaydigan didaktik jarayonni tuzish va joriy etish tо‗g‗risida xulosa
qilish mumkin bо‗lsin.
2.
О‗qituvchi pedagogik tizimida belgilangan maqsadga tо‗g‗ri keladigan
о‗quv-tarbiyaviy jarayon mazmunini о‗quv dasturi bо‗yicha chuqur egallashi,
muntazam ravishda о‗z pedagogik mahoratini ilmiy-texnikaviy taraqqiyot
talablariga mos xolda mustaqil ravishda kengaytirib borishi zarur.
3.
О‗qituvchi pedagogik tizimning tarkibiy elementi sifatida didaktik
jarayonni amalga oshirish bilan tanish bо‗lishi kerak: bu-jadallashtirish va tabiatan
monandlik talabidir. Jadallashtirish didaktik masalalarni ma‘lum vaqt doirasida
birmuncha tez va yuqori saviyada hal eta oladigan didaktik jarayonni qо‗llashni
talab etadi. Ta‘lim va tarbiyaga bu talabni aniqlab beruvchi omil - talablarning
ma‘lum faoliyatini о‗zlashtirish tezligi hisoblanadi. Ikkinchisi о‗quv-tarbiyaviy
jarayonni shunday tashkil etishga asoslanganki, bunda mumkin qadar
magistrlarning keng doirada tajriba egallashiga imkon tug‗diradigan va ularning
aqliy malakasini rivojlantira oladigan mexanizmi vujudga kelsin! Bu talabni
aniqlab beruvchi omillar: magistrlarning о‗qishga bо‗lgan xoxishi, о‗quv
mehnatiga munosabati.
4.
О‗qituvchi didaktik jarayonni amalga oshirishga о‗qitishning samarali
shakllaridan foydalana olishi kerak. О‗qitishning tashkiliy shakllari tо‗g‗ri
tanlanishi pedagogik tizim elementlarining ma‘lum qonuniyat asosida bir-birlari
bilan bog‗liq ekanligini bildiradi. Bu bog‗lanishlardan foydalanish va eng maqbul
bо‗lgan tashkiliy shakllar topish ta‘limda rasmiyatchilikni yо‗qotishga yо‗l ochadi.
5.
О‗qituvchi pedagogik tizimning ishtirokchisi bо‗lgan magistrning ta‘lim
mazmuni va tarbiya ta‘sirini qay darajada egallayotganligini eng maqbul usullar
yordamida doimo nazorat qilib borishi lozim. Bu tо‗g‗rida olingan axborotlar esa
pedagogik tizimni maqsadga muvofiq tarzda boshqalar imkoniyatini beradi yoki
tizimdagi qaysi elementning mazmuniga tuzatish kiritish kerak ekanligini
aniqlaydi.
Shunday qilib, pedagogikaga xos bо‗lgan texnologik jarayonni amaliyotga
tadbiq qilishdan pedagog mahoratining ta‘zi qirralari tо‗g‗risida tо‗xtaldik. Ptning
ilmiy xarakterga ega ekanligiga e‘tiboran qaratgan holda, uning amaliy yо‗nalishga
xosligini, uni aniq masalalarni hal qilishda qо‗llash mumkinligini e‘tirof etish
kerak.
Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari,
о‗tkazish metodlariga kо‗ra nutqida kamchiligi bо‗lgan bola ehtiyojiga mos
tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bо‗ladi.
О‗quvchilarning о‗quv materiallarini о‗zlashtirishga bо‗lgan qiziqish, xohish va
istaklarini qо‗zg‗atish asosida maqsadga erishish motivasiya bо‗lib, bu о‗qituvchi
va о‗quvchilarning о‗zaro ichki yaqinlashuvidir.
Bolalarni logopedik о‗qitishda ichki imkoniyatlarini ishga solish, u yoki bu
bilimni olishga undash va qiziqishlarni uyg‗otish demakdir. Ammo bu jarayon
nutqida kamchiligi bо‗lgan bolalarda qiyinchilik bilan kechadi, kо‗rishida nuqsoni
bor bolalarda esa jismoniy kamchiliklari xalaqit beradi.
Bolalarni logopedik о‗qitishda nutqida kamchiligi bо‗lgan bolalar faolligi
oshib boradi va uni quyidagi omillar ta‘minlaydi:
- О‗quv materialini ongli ravishla о‗zlashtirib olishga tayyorligi;
- Mustaqil faoliyat yuritishga tayyorligi;
- Faoliyatni yuritishga tayyorligi;
- О‗zining shaxsiy darajasini oshirishga moyilligi;
О‗quv jarayonining samarali kechishida nutqida kamchiligi bо‗lgan
bolalarning mustaqil faoliyat yuritishi dars samaradorligini ta‘minlaydidi.
Quyidagi motivlar darsda о‗quvchi faolligini oshiradi:
- О‗z fikrini himoya etish;
- Munozara, muhokamada faol faol ishtirok etish;
- О‗rtoqlari javoblariga tanqidiy qaray olish javoblariga tanqidiy qaray olish;
- Qoloq, о‗zlashtirishi qiyin, bо‗sh о‗quvchilarga yordam berish;
- О‗ziga ijodiy faoliyat nazoratidan topshiriqlarni tanlay olish;
- О‗z qiziqishlari asosida mustaqil mashq, masalalar echish.
О‗qituvchining о‗z ishiga fidoyiligi, о‗quv materialida yangiliklarning
mavjudligi, zamonaviy darslarni tashkil etishi, dars shakllarini yangilash,
ommalashtirib borish, muammoli, evristik, komnyuterli darslarni tashkil etish,
darslarda multimedia tizimidan foydalanish, о‗zaro bir-birini о‗qituvni yо‗lga
qо‗yish. olgan bilim va kо‗nikmalari yuzasidan test-sinovlarini «tashkil etish,
musobaqalar tashkil etish, pedagogik takt va о‗qituvchining mahorati,
о‗qituvchining о‗z о‗quv predmetiga munosabati, bolaga dо‗stona munosabatda
bо‗lish о‗quvchilarning darsga qiziqishlarini oshirishdagi asosiy motivlardir.
Yuqoridagi omillar о‗quvchining о‗quv mehnatiga bо‗lgan ijobiy
munosabatini shakllantiradi va о‗z navbatida, dars samaradorligini oshirib
о‗zlashtirishni kafolatlaydi.
Xulosa qilib aytganda, bolalarni logopedik о‗qitishda о‗quvchining faol
ishtiroki darsning samarali kechishga yordam beradi. Maxsus ta‘lim jarayonida
yoshlarni о‗qish va о‗qitishga bо‗lgan qiziqishlarini shakllantirishda ta‘lim
texnologiyalaridan bо‗lgan о‗yin usullaridan foydalanish ham muhim ahamiyatga
egadir. Pedagogik о‗yinlarni ta‘lim jarayoniga tatbiq etishda ular fanning maqsadi,
vazifasi va xususiyatiga qarab tanlab olinadi.
Pedagogik о‗yinlar quyidagi asosiy yо‗nalishlarda bо‗lishi mumkin:
a) didaktik maqsad о‗yinli vazifa shaklida qо‗yiladi;
b) о‗quv faoliyati о‗yin qoidalariga bо‗ysunadi;
v) о‗quv materialidan о‗yin vositasi sifatida foyodalaniladi;
g) о‗quv jarayoniga qо‗yilgan didaktik vazifaga о‗yinga aylantirilgan tarzdagi
musobaqalashtirish unsurlari kiritiladi.
Bu didaktik vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi о‗yin natijalari bilan
bog‗lanadi Pedagogik о‗yinlar faoliyat turlari, pedagogik jarayon xarakteri, о‗yin
metodikasi, soha xususiyati, о‗yin muhiti kabi omillar bо‗yicha tasnif qilingan.
Bunda didaktik maqsadlar quyidagicha qо‗yilishi ham mumkin:
pedagogik о‗yinli mashg‗ulotlar orqali bilimlar tizimini mustahkamlash;
pedagogik о‗yinli mashg‗ulotlarni ishlab chiqish va ularni amalga
oshirish bо‗yicha uslubiy malakalarni shakllantirish;
pedagogik о‗yinli mashg‗ulotlarni ishlab chiqish borasida tajriba
almashish;
guruh bо‗lib qarorlar qabul qilish malakasini takomillashtirish.
har xil masalalarni tashkil qilish. Masalan, tarbiyalanuvchilarni ijodiy
fikrlashga о‗rgatish;
pedagogik о‗yinli mashg‗ulotlarni amalda qо‗llash bо‗yicha kо‗rsatmalar
berish;
odamlar bilan о‗zaro aloqada bо‗lish jarayonida о‗zini tuta bilish
kо‗nikmalarini shakllantirish.
Pedagogik mashg‗ulotlarni ishlab chiqishda quyidagilar e‘tiborga olinadi:
о‗yinli mashg‗ulotlarning pedagogik faoliyatni shakllantirishi; ishlab
chikuvchi tomonidan о‗yinlarni yaratish usullarini namoyish etish.
Pedagogik о‗yinli mashg‗ulotlar hozirgi kundagi о‗quv- tarbiyaviy jarayonga
quyidagi yangi sifatlarni olib kiradi:
о‗quv jarayonini namoyon etuvchi taqlidli modelning, ya‘ni о‗quv
materialining mazmunini;
о‗rgatuvchi о‗yinli modelda bо‗lg‗usi kasbiy faoliyat shakli va vazifalari
bо‗limlarini;
ta‘lim va tarbiya berish jarayonining birligini faoliyatni logoped
tomonidan tashkil etilishi va boshqarilishi
mashg‗ulotlardan keng miqyosda foydalanishni.
Pedagogik о‗yinli mashg‗ulotlarning an‘anaviy usullardan sifat jihatidan farqi
shundaki, bunda о‗quv jarayoni nutqida kamchiligi bо‗lgan bolalarning birgalikda
bor muammoni yechishga kelishi natijasida kasbiy faoliyat qonuniyati hosil
bо‗ladi, lekin bu kasbiy faoliyat va kasbiy tafakkur harakatlari didaktik asoslangan,
uslubiy tomondan ta‘minlangan va xujjatlar bilan isbotlangan bо‗lishi kerak Buni
shunday
amalga
oshirish
kerakki,
pedagogik
о‗yinli mashg‗ulotlarda
qatnashuvchilar shu davrgacha egallagan jami bilimlarini namoyon eta bilsin.
Ta‘lim mazmunini xalqimizning milliy qadriyatlari, tarixiy obidalari
xususidagi ma‘lumotlar bilan boyitish, ilg‗or pedagogik texnologiya va
axborotlarni kiritish kabi bir qator chora-tadbirlarnn bosqichma-bosqich amalga
oshirish davr talabi ekanligi davlatimiz tomonidan aniq belgilandi. О‗tgan qisqa
vaqt mobaynida mamlakatimizning barcha jabhalarida ta‘lim islohotlari izchil va
tezlik bilan amalga oshirilib, kо‗plab ijobiy natijalarga erishildi. Bu о‗rinda
jamiyatimizning bir qismi bо‗lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj imkoniyati
cheklangan
bolalarni
ta‘lim-tarbiya olishi uchun qulayliklar yaratish
davlatimizning alohida e‘tiborida bо‗lib kelmoqda. «Ta‘lim tо‗g‗risida»gi
Qonunning 23-moddasiga binoan psixik va jismoniy muammolari bо‗lgan bolalar
va о‗smirlarni ta‘lim olishi va sog‗ligini muhofaza qilish uchun qulay shart-sharoit
yaratish maqsadida maxsus ta‘lim muassasalari tashkil qilingan.
Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalar va
о‗smirlar ta‘limi, ularning nuqson turlari va uning darajalarini inobatga olgan holda
maxsus ta‘limning 8 yо‗nalishi (aqli zaif, ruhiy rivojlanishi sustlashgan, nutqida,
kо‗rishida va eshitishida nuqsoni bо‗lgan bolalar) bо‗yicha korreksion ta‘lim
tashkil etilgan. Maxsus ta‘lim tizimi va mazmunini takomillashtirish, moddiy-
texnik bazasini rivojlantirish, maxsus ta‘lim jarayonida yangi pedagogik
texnologiya, axborot vositalarini qо‗llash, о‗quv-metodik asoslarini yaratish, dastur
va darsliklar bilan ta‘minlash borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.
Qonunchilik tomonidan ma‘lum toifadagi bolalar uchun о‗rta maxsus, kasb-hunar
va oliy о‗quv yurtlariga о‗qishga kirishda imtiyozlar belgilangan. Shuningdek
xalqaro miqyosda ta‘lim islohotini demokratlashtirish va diskriminatsiyaga qarshi
kurashish natijasida jamiyatning dunyoharashi о‗zgarib, har xil toifadagi kishilar
orasida yangicha yondashuv, о‗zaro hurmat, ijobiy munosabat shakllandi. Maxsus
ta‘lim sohasining rivojlanishini qayta kо‗rib chiqish siyosati amalga oshirila
boshlandi. Keyingi 10-15 yil davomida О‗zbekistonda imkoniyati cheklangan
bolalarni umumta‘lim tizimiga kiritish integratsiya usulida о‗qitish, tarbiyalash
masalasi ham amalga oshirib kelinmoqda.
О‗zbekistonda ta‘lim islohotlarining ustuvor yо‗nalishi barcha sog‗lom
bolalar qatori imkoniyati cheklangan bolalar ta‘limiga demokratii yondashuv
asosida tarbiyalash, ta‘lim berish, ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga optimal
darajada sharoit yaratish, kasbiy maxoratini rivojlantirish, shuningdek iqtidorini
ruyobga chiqarishdan iborat. Vigotskiyning muhit va shaxsning uyg‗unligi
tо‗g‗risidagi ta‘limotiga kо‗ra, ijtimoiy muhit imkoniyati cheklangan bolalar uchun
birinchi darajali ahamiyatga egadir.
Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarning
rivojlanish darajasi, imkoniyati, nuqson xususiyatlari va qobiliyatlariga kо‗ra
maxsus yoki umumta‘lim tizimida о‗qitish, tarbiyalash masalalariga katta e‘tibor
qaratilmokda.
Shuningdek
jahon
miqyosida
qо‗llanib, targ‗ibot-tashviqot qilinib
kelinayotgan integratsiya va inklyuziv ta‘lim О‗zbekistonda ham xalqaro
tashkilotlarning hamkorlik loyihalari asosida bosqichma-bosqich amalga tatbiq
etilmoqda. Imkoniyati cheklangan bolalarni umumta‘lim muassasalarida о‗qitish
va ular uchun qulay sharoitlar yaratish masalasi О‗zbekiston Respublikasi
Konstitusiyasi va «Bola huquqlarini kafolati tо‗g‗risida»gi Qonunning 29-
moddasida alohida qayd etilgan.
Tajriba shuni kо‗rsatdiki, mamlakatimizda inklyuziv ta‘limni joriy qilishning
о‗ziga xos xususiyatlari mavjud. Respublikamizni ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishini,
milliy qadriyatlarimizni e‘tiborga olgan holda hamda tarixiy shakllangan maxsus
ta‘lim tizimidan voz kechmasdan, qishartirmasdan, aksincha umumta‘lim bilan
uzviy bog‗lanib hamkorlikda inklyuziv integratsiya ta‘limiga bosqichma-bosqich
о‗tib borishning milliy modulini yaratish maqsadga muvofiqdir. Kelajakda maxsus
ta‘lim muassasalari umumta‘lim muassasalari uchun korreksion fanlar uslublari
bо‗yicha maslahat beruvchi markaz vazifasini bajarishi lozim. Maxsus ta‘lim
pedagoglari va defektologlari umumta‘lim muassasalarida ta‘lim oluvchi
imkoniyati cheklangan bolalarni о‗qitish bо‗yicha umumta‘lim fan о‗qituvchisiga
zaruriyat tug‗ilganda korreksion ta‘lim metodikasidan maslahat beruvchi resurs
pedagog vazifasini о‗taydi. Bunday yordamlar maxsus ta‘lim muassasalarining
tibbiyot xodimlari, psixologlari tomonidan ham kо‗rsatiladi.
Hozirgi kunda Respublikamiz miqyosida imkoniyati cheklangan bolalar va
о‗smirlarni inklyuziv ta‘limga jalb etishning huquqiy asosini mustahkamlash bilan
bir qatorda kо‗plab ilmiy- amaliy tajriblar olib borilmoqda.
Respublikamizda olib borilayotga barcha islohotlarning maqsadi davlatimz
kelajagiga mustaxkam poydevor qurishdan iborat. Bu poydevor sog‗lom, yetuk va
barkamol shaxslarni tarbiyalab voyaga yetkazish natijasida yaratiladi. Shuning
uchun ham «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta‘lim tо‗g‗risida»gi Qonun
qabul qilindi. Ta‘lim sohasidagi bu islohotlar bugungi kunda о‗z samarasini
bermoqda. Mazkur huquqiy meyoriy hujjatlar doirasi maxsus ehtiyojli bolar ta‘lim-
tarbiyasini ham qamrab olgan.
Inklyuziv ta‘lim joriy qilishda ijtimoiy integratsiya ijtimoiy tafovutni
kamaytirishga, nogiron va sog‗lom bolalarnn о‗zaro dо‗stlashishga, birbiriga
xurmat bilan qarashga undaydi, sog‗lom bolalarni muruvnatln bо‗lishga о‗rgagadi.
Jamiyat
nogiron
kishilarga
tо‗g‗ri
munosabatda
bо‗lishi
kerak,
Konstitusiyamizdagi barcha bandlar ular uchun xam taalluqli. Har kanday ta‘lim
integratsiyasi inklyuziv ta‘lim sifatini oshiradi. Inklyuziv ta‘lim markazida
jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bola turadi, unga xar tomonlama
g‗amxо‗rlik kо‗rsatiladi.
Integral — mujassam, ajratib bо‗lmaydigan kism degan ma‘noni bildiradi.
Har bir bola ta‘limga jalb etilishi lozim. Integratsiyalashgan jamiyatda barcha teng
xuquqka ega, bu yaxlit jamiyatdir. Inklyuziv ta‘lim tufayli jamiyat
integratsiyalashgan jamiyatga aylanadi. 2001 yilda YUNESKO "Hamma uchun
ta‘lim" dasturini qabul qiladi. О‗zbekiston Respublikasi ushbu dasturga imzo
chekdi. Keng miqyosda "Hamma uchun ta‘lim"(Obucheniye dlya vsex) joriy
etilishi YUNESKO tomonidan boshlab yuborildi.
2001 yildan boshlab О‗zbekiston Salomon deklaratsiyasiga binoan yaratiltan
(Ta‘lim tizimi anomal bolalarni qabul etib, ularning ta‘limtarbiyasi uchun zarur
shartsharoitlarni yaratishi lozimligi haqida) ("Obucheniye dlya vsex") "Hamma
uchun ta‘lim" dasturini amalga oshirishga imzo chekkan ekan, barcha ta‘lim
xodimlari bu ishga о‗z xissalarini kо‗shib, inklyuziv ta‘limni takomillashtirishda
qatnashishlari lozim.
Anomal bolalar sog‗lom tengdoshlari orasida inklyuziv ta‘limda yoki maxsus
ta‘lim tarbiya muassasalarida tarbiyalanishi va о‗qitilishi kerak.
Maxsus ehtiyojli bolalar ta‘lim tarbiyasi masalasi bugungi kunda eng dolzarb
masalalar sirasiga aylanib bormoqda.
Maxsus ta‘lim imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta‘lim tizimi sifatida
rivojlangan. Ushbu ta‘lim imkoniyati cheklangan bolalarning ehtiyojlarini
umumta‘lim muassasalarida qondirib bulmaydi degan taxminlar asosida qurilgan.
Maxsus ta‘lim butun dunyoda maktab yoki internat shaklida, shuningdek
umumta‘lim maktablarining katta bо‗lmagan qismlari sifatida faoliyat yuritadi.
Maxsus ehtiyojli bolalarning maxsus ta‘lim tizimda о‗qitilishi ularning
maktabni tugatgach ijtimoiy jamiyatga moslashib ketishlarini qiyinlashtiradi.
Shuningdek, ularning о‗z oilasidan uzoqda bо‗lishlariga majbur qiladi. Bu toifa
bolalar boqimandalikka о‗rganib qoladilar, о‗z-о‗ziga xizmat qilishlarida
qiyinchiliklarga duch keladilar. Bundan tashqari juda kо‗plab maxsus ehtiyojli
bolalar ta‘limdan chetda qolib ketmoqdalar.
Nogiron bolani oddiy sharoitga joylashtirish integratsiyaga qarab qо‗yilgan
birinchi qadamdir.
Integratsiyalashgan ta‘lim bu-diqqat markazida bolaning aynan maktabga
kelib ketish muammosi turgan, maxsus ehtiyojli bolaning maktabga qatnash
jarayonidir.
Integratsiyalashgan ta‘limda bolaga muammo sifatida qaraladi. Bu ta‘lim
tizimining quyidagicha shakllari mavjud:
A) Jismoniy integratsiY. Integratsiyaning bu shakli nogiron va nogiron
bо‗lmagan bolalar о‗rtasidagi jismoniy farqni kamaytirishga qaratilgan. Oddiy
maktab bilan yonma-yon joyda nogiron bolalar uchun maxsus bо‗lim yoki sinf
tashkil qilish mumkin.
B) Funksional integratsiY. Bu shakl nogiron va nogiron bо‗lmagan bolalar
о‗rtasidagi funksional muammolarni kamaytirishga qaratilgan.
V) Ijtimoiy integratsiY. Itegratsiyaning bu shakli ijtimoiy muammolarni
kamaytirishga qaratilgan va u nogiron hamda nogiron bо‗lmagan bolalar
о‗rtasidagi о‗zaro aloqani qо‗llab – quvvatlaydi.
G) Jamiyatga integratsiya qilish kabilar.
Integratsilashgan talim tizimining bir qator quyidagicha chegaralangan
tomonlari mavjud:
Umumta‘lim muassasalarda kompleks tibbiy-pedagogik yordam olish
imkoniyati bо‗lmaydi.
Umumta‘lim maktab pedagogi maxsus metodikani bilmaganligi sababli
imkoniyati cheklangan bolalarning maxsus ehtiyojlarini qondirmaydi. Umumta‘lim
maktablarida tiflo, surdotexnik vositalar, maxsus tibbiyot uskunalar bо‗lmaydi.
Sinfda о‗quvchilar soni 25 tadan-35 gacha yetadi va oqibatda ularning
barchasiga kо‗p vaqt ajrata olmaydi.
Umumta‘lim maktablarda о‗quvchilarda maxsus malaka va kо‗nikmalarni
shakllantirish uchun mutaxassislar bо‗lmaganligi sababli, imkoniyat topish qiyin.
Har qanday jamiyatda kelajak vorislari bо‗lmish farzandlarni mas‘ulayatni his
etadigan, ularni davlat taraqqiyoti va gullab-yashnashiga salmoqli ulush
qо‗shadigan munosib fuqarolar bо‗lib etishishlariga katta umid bilan qaraladi.
Dunyoga ―О‗zbek modeli‖ deb nom olgan rivojlanish yо‗li bilan tobora kо‗proq
tanilayotgan О‗zbekistonda ham bolalar huquqlarini himoya qilishga juda katta
e‘tibor berilmoqda. Mamlakatimizda maktab, litsey, gimnaziya, kollej kabi bilim
dargohlari bilan birgalikda turli maxsus maktab internatlar, mehribonlik uylari
faoliyat kо‗rsatayotganligi ham fikrimizning isbotidir. Kо‗plab davlatlarda
bо‗lgani kabi О‗zbekistonda ham imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus
tashkillangan maktablar bor. Ularning vazifasi bolalarni maxsus о‗quv yurtlariga
tayyorlashdir.
Maktab darajasida integratsiyani muvaffaqiyatli kiritishga bir necha о‗zaro
bog‗liq omillar ta‘sir kо‗rsatadi. Markaziy omil о‗quv dasturiga kiritish
imkoniyatidir. Shuningdek, binolarning jismoniy joylashuvi, о‗qish uchun
imkoniyat va moliyalashgan imkon ham asosiy omilllardandir.
Maktabdagi jismoniy sharoit ham katta о‗rin tutadi. Oddiy qilib aytadigan
bо‗lsak, barcha maktablar eshigiga о‗quvchilar zinapoyalar orqali kirib boradilar.
Lekin bu zinapoyalardan maxsus aravachalarda yuradigan nogiron bolalar kо‗tarila
olmaydilar, hatto qо‗ltiqtayoqda yuradigan bolalar ham, qiynalishlari mumkin.
Demak, zinapoyalardan ham eshiklardan ham sog‗lom bolalar bilan birga nogiron
bolalar ham bemalol о‗tishlari uchun qulay sharoit yaratilishi shart. Bundan
tashqari, sinf xonalari va laboratoriyalardagi maxsus о‗rindiq hamda moslamalar
ham nogiron bolalarga mos bо‗lishi kerak.
О‗qishga imkon yaratish ham juda muhimdir. Yozish qobiliyatlarida buzilish
mavjud bо‗lgan bolalarga tovush va tasvirni kattalashtirish etarli bо‗lmaydi. Bunda
о‗quvchilar imo-ishora yoki Brayl xatini puxta о‗rganishlari kerak.
Aqliy nuqsoni bor bolalar soddalashtirilgan yozma yoki og‗zaki
informatsiyani
olishlari
kerak.
О‗quv rejasini bunday differensiyalash
о‗qituvchilarda о‗z ishlariga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Maktab ma‘muriyati
buning uchun о‗qituvchilarga imkon yaratib berishi kerak. Bunday ijodiy
yondashuv о‗quv rejasiga qattiq talab qо‗yilgan joylarda birmuncha qiyinchilik
tug‗dirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |