sо‗zlarning
tuzilishini, tovush tarkibini farqlay olish qobiliyati bilan ham
harakterlanadi. Sо‗z tarkibini anglab olishdan iborat bu qobiliyat grammatik va
leksik komponentlarning rivojlanishida ham muxum ahamiyatga ega. Ikkala signal
tizimi, shuningdek, idrok bilan sо‗zning о‗zaro aloqada bо‗lishi aqliy
rivojlanishning asosini tashkil etadi Defektologlarning (T.A. Vlasova, R.M.
Boskis, D.V. Neyman va boshqalarning) bergan ma‘lumotlariga kо‗ra, eshitishida
nuqsonlari bor bolalarning rivojlanish darajasi shu nuqsonning bola hayotining
qaysi
davrda
paydo
bо‗lganligiga
va
og‗ir – yengilligiga bog‗liq.
Surdopedagogikada eshitishda nuqsonlari bor bolalar kar, zaif eshituvchi,
keyinchalik zaif eshituvchi bо‗lib qolgan bolalar Guruhiga bо‗lib о‗rganiladi.
Tug‗ma hali tili chiqmagan gudaklik davrida ikkala quloqning mutlaqo
eshitmasligi kar - soqovlikka olib keladi. Eshitish qobiliyatining
qisman buzilishi
natijasida nutqiy nuqsonga uchragan bolalar zaif eshituvchi bolalar Guruhiga
kiritiladi. Nutqiy rivojlanib, shakllanib olgandan sо‗ng yaxshi eshitmaydigan
bо‗lib qolgan bolalar keyinchalik zaif eshituvchi bо‗lib qolganlar Guruhiga kiradi.
Bu nuqson nutq tarkib topganidan sо‗ng vujudga kelsa ham, quloqdagi nuqson
tufayli eshitishda xos kamchiliklar bо‗laveradi.
Turg‗un eshitish nuqsonlari kelib chiqish sabablariga kо‗ra tug‗ma va
ottirilgan bо‗lishi mumkin. Kar - soqov bolalarning 25% - 30% da eshitish
nuqsonlari tug‗ma bо‗ladi. Bunga sabab: onaning xomiladorlik davrida turli
kasalliklar, masalan, gripp bilan kasallanishi, ota
- onalarning ichkilik ichib
turishlari, onaning xomiladorlik davrida bilar - bilmas dori - darmonlarni iste‘mol
qilishlari
(ayniqsa
steptomitsin,
xinin
singari
dorilarni),
xomilaning
shikaslanishlari; irsiyat, genetik faktorlar (quloq tuzilishlaridagi patologik
о‗zgarishlar bо‗lishi, masalan, eshitish yо‗li atrofiyasining bituvi). Eshitishdagi
orttirilgan nuqsonlar quloq yoki eshitish anolizatorlarining tuzilishidagi
kamchiliklardan kelib chiqishi mumkin. Bunga oliy nerv markazi, о‗tkazuvchi
yо‗llar yoki quloqning о‗zidagi о‗zgarishlar sabab bо‗ladi. Bolaning ilk yoshida
otit, paraotit (tepki), meningit, meningoinsifalit, qizamiq, qizilcha,
gripp
kasalliklari bilan kasallanishi ba‘zi xollarda kar- soqov yoki turli darajalardagi zaif
eshitishga olib kelishi mumkin. Xozirgi kunda ekologiya masalalarining keng
о‗rganilishi eshitish nuqsonlarining oldini olishda ham katta ahamiyatga ega.
Eshitish analizatorlariga turli zaxarli kimyoviy dorilar juda kuchli ta‘sir etib
ayniqsa analizatorning о‗tkazuvchi nervlarini ishdan chiqaradi, natijada bola
yaxshi eshita olmaydigan bо‗lib qoladi..
Zaif eshtuvchi bolalar uchun maxsus tashkil etilgan maktabgacha tarbiya
muassasasi hamda maktab-internatda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Maxsus
muassasalardagi tarbiyachi va о‗qituvchilar bunday bolalarning tegishli ta‘lim –
tarbiya olishlariga yordam berishlari kerak. Yuqorida qayd etilganidek,
surdopedagogikada eshitish qobiliyati zaif bolalarga kar – soqov, tug‗ma hamda
keyinchalik zaif eshituvchi bо‗lib qolgan bolalar kiradi. Zaif eshituvchi bolalar о‗z
navbatida eshitish qobiliyatining nechog‗lik buzilganiga qarab yengil, о‗rtacha va
og‗ir darajali kamchiligi bor bolalarga bо‗linadi. Yengil darajadagi zaif eshituvchi
bolalar ovozi bilan gapirilgan nutqni 6 – 8 metr masofadan ovoz chiqarmay,
shivirlab gapirilgan gapni quloq suprasidan 3 – 6 metrmasofadan eshitadi. О‗rta
darajadagi qulog‗i og‗ir bolalar ovoz chiqarib gapirilgan gapni 4 – 6 metr, ovozsiz
shivirlab gapirilgan gapni 1-3 metrmasofadan eshitadi. Og‗ir darajadagi zaif
eshituvchi bolalar о‗rta meyorda ovoz bilan gapirilgan gapni quloq suprasidan 2
metr, shivirlab gapirilgan gapni 0,5 metrmasofadan eshitadi xolos.
Qulog‗i og‗irlik natijasida bola nutqida bir qator kamchiliklar kuzatiladi:
lug‗atining kambag‗al bо‗lishi, grammatik komponent rivojlanmagan – gap ichida
sо‗zlarni tashlab ketish, sо‗zlarni notо‗g‗ri eshitish, ularni о‗zaro bog‗lay olmaslik,
kelishik, sо‗z
yasovchi, sо‗z о‗zgartiruvchi qо‗shimchalarni ishlata olmaslik;
tovushlarni notо‗g‗ri talaffuz qilish – о‗xshash, jarangli-jarangsiz undoshlarni bir
biri bilan adashtirish, tushirib ketish va boshqalar shular jumlasidandir. Bola
nutqidagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini bilmaslik orqasida ayrim
tarbiyachi va о‗qituvchilar bolani dangasa, ma‘suliyatsiz, bezori deb, unga
notо‗g‗ri munosabatda bо‗ladilar, natijada bola injiq, yig‗loqi, serjaxl, gap о‗tmas
bо‗lib qoladi, ya‘ni unda ikkilamchi ruxiy о‗zgarishlar paydo bо‗ladi.
Engil darajadagi zaif eshituvchi bolalar sog‗lom tengdoshlari qatorida
ommaviy maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktabda ta‘lim – tarbiya olishi
mumkin. Biroq unga aloxida munosabatda bо‗lish, ular uchun qulay shart –
sharoitlar yaratish talab etiladi. Uzluksiz ta‘lim tizimida О‗zbekistonda eshitishda
nuqsoni bо‗lgan bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab va kasb
– xunar kollejlarida maxsus Guruhlar faoliyat kо‗rsatib kelmoqda. Ushbu toifadagi
bolalar uchun tashkil etilgan maktab – internatlarda maktabgacha tarbiya bо‗limi
hamda umumta‘lim maktab bо‗limi mavjud. Ushbu muassasalarda ta‘lim
umumta‘lim 9 yillik ta‘limning davlat talablari va
dasturlari asosida amalga
oshirilidadi. Eshitish qobiliyati zaiflashgan bolalar bilan ishlashda surdopedagoglar
katta yutuqlarga erishmoqdalar. Ushbu toifadagi anomal bolalar maxsus kechki
maktablarda ta‘lim olganlaridan keyin oliy о‗quv yurtlarini ham muvaffaqiyatli
bitirib chiqmoqdalar, mamlakatimizning turli korxonalarida hamma bilan barobar
mexnat qilmoqdalar. Demak, eshitish nuqsonlarini bartaraf etish, tо‗la
kompensatsiyalash, mumkin. Tarbiyachi va о‗qituvchilarning asosiy vazifalari –
sog‗lom bolalarni zaif eshituvchi bolalardan ajratib, ularga aloxida yondashish,
zarur bо‗lsa, ularning ―maxsus muassasalar‖ da ta‘lim – tarbiya olishini yoki
integratsiyalashgan ta‘limga jalb etishni taminlashdan iborat.
Kar va zaif
eshituvchi о‗quvchilarda sо‗zlashuv (og‗zaki, yozma) nutqni shakillantirish
yuzasidan dars va mashg‗ulotlarda muayyan tizimdagi mashqlar asosida о‗qituvchi
va о‗quvchi faoliyati tashkil etiladi, didaktik vositalarni barcha turlarini nutqiy
jarayonga moslay olish talab etadi.
Nutqiy materiallarning amaliy egallanishi ta‘minlash uchun maxsus sodir
etilgan muammoli nutuqga (gapirish, yozip tushuntirishga) extiyojini tug‗duruvchi
vaziyatlar oldindan rejalashtiriladi. Bunda nutqiy materiallar fanlar bо‗yicha о‗quv
dasturlarida, rejalashtirishlarda oldindan belgilangan bо‗ladi, ya‘ni korreksion –
pedagogik jarayon muayyaan tizim asosida amalga oshiriladi. Xozirgi kunda
surdopedagogikada kar va zaif eshituvchi bolalarning maxsus ta‘lim bilan erta
qamrab olinishi, rivojlanishi, korreksiya – kompensatsiya
qilinishi masalalari
dolzarbdir.
Do'stlaringiz bilan baham: