1-mavzu: konstitutsiya va inson harakatlari erkinligi. Darsning maqsadi



Download 120,14 Kb.
bet16/40
Sana21.04.2022
Hajmi120,14 Kb.
#570778
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40
Bog'liq
7-sinf kons dars ishlanma . . .(1)

Dars o’tish uslubi; mustaqil ishlash va mavzu bo`yicha amaliy tushuncha berish.
Dars turi; yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars tipi; aralash,ananaviy.
Darsda foydalanadigan jihozlar; 7- sinf darsligi, tarqatma materiallar, qo`shimcha ma`lumotlar, internet ma`lumotlari qog’ozlar va marker.
Darsning borishi;
I Tashkiliy qisim. Salomlashish, sinf davomatini aniqlash, psixologik muhit yaratish.
II O’tilgan mavzuni so`rash.
O’tilgan mavzuni so`rashda foydalanishda interfaol usullar.
III Yangi mavzu bayoni.

Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida 15-mart Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni sifatida nishonlanadi. Yurtimizda ham mazkur sanaga katta e’tibor qaratiladi. Chunki O‘zbekistonda iste’molchilar huquqlari ustuvorligi e’tiborga olingan turli mulkchilik, erkin tadbirkorlik va mehnat asosidagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit shakllangan.


Mamlakatimizda iste’molchilar va mahsulot ishlab chiqaruvchilar, turli xizmatlar ko‘rsatadigan ijrochilar o‘rtasidagi ko‘p qirrali o‘zaro munosabatlarga doir qonunchilik aktlari va me’yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi iste’molchilar huquqlariga oid qonunchilik shakllanishining mantiqiy boshlanishi bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni iste’molchilarni himoya qilishda huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Unda xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan iste’molchilarning huquqlari va ularni amalga oshirish kafolatlari mustahkamlangan, fuqarolar hayoti, salomatligi yoki mulkiga ziyon yetkazilgan taqdirda, ularni himoya qilish kafolatlari belgilangan.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 13-noyabrdagi farmoniga asosan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, iste’molchilarning reklama huquqlari himoya qilinishida qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish, iste’mol tovarlari narxlari va xizmatlar tariflari ustidan monitoring o‘tkazish, bozorda sifatsiz iste’mol tovarlari va xizmatlari paydo bo‘lishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ham mazkur qo‘mita majburiyatlari sirasiga kiradi.
Aholining iste’molchilar huquqini himoya qilishga doir huquqiy madaniyatini yuksaltirishda keng ma’rifiy ishlarni olib borish samarali usullardan biridir. Shu bois, qo‘mita tomonidan fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda muntazam seminarlar tashkil etilmoqda. Buning samarasida fuqarolarimizning iste’mol madaniyati yuksalmoqda va ijtimoiy o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmlari faollashmoqda.
2012-yil yakuniga ko‘ra, mazkur qo‘mita va uning hududiy organlariga iste’molchilardan 6,7 mingdan ziyod shikoyat va ariza kelib tushgan. 2011-yil bilan taqqoslaganda, yozma shaklda, “ishonch telefoni”, www.istemolchi.uz, potrebitel.uz veb-portallari orqali kelib tushgan murojaatlar soni 0,5 foizga ortgan.
Davlat nazoratini amalga oshirish, xo‘jalik sub’ektlari, savdo tashkilotlari, tibbiyot muassasalari, maishiy xizmat ko‘rsatish, kommunal xo‘jalik faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish, iste’mol bozorida qonunchilikka rioya etilishi bo‘yicha olib borilgan ishlarda ham ijobiy natijalarga erishilgan. O‘tgan yilda qo‘mita tomonidan iste’molchilar huquqlariga oid qonunchilikni buzish bo‘yicha 985 holat aniqlangan. Qayta hisob-kitob o‘tkazilib, buning natijasida murojaat qilgan iste’molchilarga 904,8 million so‘m qaytarilgan. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilikni buzganlik bo‘yicha aniqlangan faktlarga ko‘ra, qo‘mitaning hududiy organlari tomonidan 429 xo‘jalik sub’ektiga ko‘rsatma berilgan. Bundan tashqari, tegishli nazorat va huquqni himoya qilish organlari, mahalliy hokimiyat idoralariga tegishli chora ko‘rish uchun turli qonunbuzarliklarga oid 1216 material taqdim etilgan.
Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi. Mazkur notijorat tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrda qabul qilingan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Bu davlatimiz uchun shaxs manfaatlari ustuvorligiga rioya qilish, kishilar tafakkurida demokratik qadriyatlarni yanada mustahkamlash, erkin bozor munosabatlarining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan iste’mol bozorini tartibga solish bo‘yicha ijtimoiy vositalarning nechog‘li muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
Bugungi kunda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakatimizdagi eng barqaror notijorat tashkilotlardan biridir. Uning tarkibida 14 hududiy birlashma, 195 iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tuman (shahar) jamiyatlari, mahalla, tashkilot va korxonalarda joylashgan 9 mingdan ortiq tayanch punktlari faoliyat yuritmoqda.
– Tovar va xizmatlar sifati va xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan turli tashkilotlar bahamjihat ishlagandagina iste’molchilar huquqlari samarali himoya qilinadi, – deydi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Akrom Mirazizov. – Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, aynan fuqarolik jamiyatlari institutlari iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonining tashabbuskori bo‘lishi mumkin. Shu bois, bugun o‘z ishimizda turli tashkilotlar bilan ijtimoiy sheriklik asosida hamkorlik qilishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy birlashmalari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan muntazam asosda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablariga rioya qilish holatlari o‘rganilib, nazorat qilinmoqda. O‘tgan yili federatsiya va uning hududiy organlariga fuqarolardan 9523 murojaat kelib tushgan va ushbu murojaatlarning 93 foizi hal etilgan. Bundan tashqari, o‘tgan yilda “ishonch telefoni” orqali 261 shikoyat kelib tushgan. Mazkur shikoyatlar ko‘rib chiqilib, ijobiy hal qilingan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda iste’molchi o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish imkoniga ega. Bu borada ularga iste’molchilar huquqlari muhofazasi yo‘lida shay turadigan vakolatli davlat tuzilmalari hamda jamoat tashkilotlari yordam beradi. Iste’molchilarning huquqiy muhofazasi huquqiy fuqarolik jamiyati barpo etishning yana bir muhim jihatiga aylanib bormoqda.

Download 120,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish