1-mavzu: konstitutsiya va inson harakatlari erkinligi. Darsning maqsadi


О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasini 45-moddasiga binoan voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir



Download 120,14 Kb.
bet12/40
Sana21.04.2022
Hajmi120,14 Kb.
#570778
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40
Bog'liq
7-sinf kons dars ishlanma . . .(1)

О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasini 45-moddasiga binoan voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir.
Har bir shaxsga shu bilan birga voyaga yetmagan bolalarni о‘z huquq va erkinliklarini himoya qilishga kо‘maklashadi. Shu bilan birga quyidagini nazarga olish lozimki, voyaga yetmagan bolalar о‘zlarini jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishiga kо‘ra hamma vaqt ham u yoki boshqa hayotiy vaziyatni tо‘g‘ri baholay olmaydilar.
Shuning uchun Oila kodeksi 67-moddasining 2-qismiga binoan, bolaning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi (ularning о‘rnini boquvchi shaxslar) amalga oshiradilar.
Ota-ona va bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari va bolalarning alohida hamda umumiy mol-mulki .
Ilgari amalda bо‘lgan О‘zbekiston SSRning Nikoh va oila kodeksida (1969 yil 1 oktabr) bolalarning mulkiy huquqlari tо‘g‘ risida tegishli normalar yо‘q edi. Bolalarning mulkka bо‘lgan hu­quqlarini himoya qilishda ayrim murakkab qiyinchiliklarni vujud ga kelardi. Faqat yangi Oila kodeksini qabul qilinishi bilan bu muammo oila qonunchiligida о‘zining ijobiy yechimini topdi.
Ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari amaldagi Oila kodeksining 13-bobi, 90-95-moddalari bilan tartibga solinadi. Bu qoidalar oila qonunchiligida yangilik bо‘lib hisoblanadi.
Oila kodeksining 90-moddasiga binoan ota-ona hayotligida bolalar ularning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bо‘lish huquqiga ega emas.
Ota-ona ham voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bо‘lish huquqiga ega emas.
Ota-ona va bolalarning ular о‘rtasidagi umumiy mol-mulkka bо‘lgan mulk huquqi О‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 18-bobi 216-227-moddalari bilan tartibga solinadi.
Avvalgi kodeksda umumiy ikki xil: hissalarga bо‘linadigan (hissalik mulk) yoki hissalarga bо‘linmaydigan (birgalikdagi mulk) deb ajratilgan edi (128-moddasining 2-qismi). Yangi kodeksda bunday ajratish saqlab qolindi. Lekin «hissa» - «ulush» degan atama bilan almashtirildi.
Umumiy mulk tushunchasi faqat atamani о‘zgartirish bilan cheklanmadi, mulk egalarining tarkibiy qismi, uning vujudga kelish asoslari, unga nisbatan egalik qilish, undan foydalanish, uni tasarruf qilish huquqlarini belgilashga qaratilgan yangi qoidalar bilan tо‘ldirildi.
Voyaga yetmagan bolalar о‘z ota-onasidan va boshqa shaxslardan qonunda nazarda tutilgan miqdorda va tartibda ta’minot olish huquqiga ega. Voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun olingan mablag‘, pensiya, nafaqa uning otasi yoki onasi tasarrufida bо‘lib, bolaning ta’minoti, tarbiyasi va ta’lim olish uchun sarflanishi kerak.
Voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkini tasarruf etishga doir vakolatlar amalga oshirilayotganda fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan qoidalar qо‘llaniladi.
Voyaga yetmagan bolalar о‘z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish, fan, adabiyot, san’at bobidagi asarlari, ixtirolari yoxud о‘z intellektual faoliyati samaralarini, shuningdek, qonun bilan qо‘riqlanadigan boshqa mualliflik huquqini amalga oshirish, qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar qо‘yish va ularni tasarruf etish hamda qonunda belgilangan (FKning 29-moddasi 2-qismi) mayda maishiy bitimalarni tuzishni mustaqil amalga oshirishlari mumkin[i.
Oila kodeksini 91-moddasiga binoan, ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki bо‘lishi mumkin va birga yashab turganda ular bir-birlarining roziligi bilan bunday mulkka egalik qilishlari va undan foydalanishlari mumkin.
Bolalar mulkdorlik huquqiga ega. Bu holat bolaga bо‘lgan e’tibor uni huquqining mustaqil subyekti ekanligini anglatadi.
Voyaga yetmagan bolalarning mulkka bо‘lgan huquqlari yig‘ma xarakterga ega bо‘lgan huquqlar bо‘lib, ularni har biriga Oila kodeksida alohida e’tibor beriladi. Bularni ichida birinchi navbatda har bir voyaga yetmagan bolalar о‘z ota-onasidan va boshqa shaxslardan qonunda nazarda tutilgan miqdorda va tartibda ta’minot olish huquqiga ega ekanligi yotadi. О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 64-moddasiga binoan, ota-onalar о‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.
Bunday huquqlarni berilishi bolalarni muhim hayotiy ehtiyoji (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy va boshqalar) birinchi navbatda ot-onalari, oilasi yoki uni о‘rnini bosuvchi oila tomonidan bajariladi.


Download 120,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish